3-bosqich 05-guruh talabasi M. A. Raufovaning Malakaviy amaliyot bo’yicha hisoboti



Yüklə 13,2 Kb.
səhifə1/2
tarix11.06.2022
ölçüsü13,2 Kb.
#61240
  1   2
hisobot




Samarqand davlat chet tillar
instituti ingliz tili-II fakulteti
3-bosqich 05-guruh talabasi
M.A.Raufovaning Malakaviy amaliyot bo’yicha
HISOBOTI
Men, Raufova Mohina Abdurafiqovna, 2022-yil Samarqand tuman 74-o’rta umumta’lim maktabiga fevral oyining 14-sanasidan mart oyining 14-sanasigacha malakaviy o’quv amaliyotni o’tadim. Amaliyotimiz 24 kundan iborat. Amaliyotning dastlabki kuni, 14-fevralda ZOOM orqali barcha amaliyotchi 3-bosqich talabalari uchun pedagogik o’quv amaliyotiga doir yig’ilish o’tkazildi. Yig’ilishda fakultet dekani O.Y.Yusupov, Ingliz tili nazariy aspektlari kafedrasi mudiri S.E.Shodiyev pedagogik amaliyot to’g’risida tushuncha berib o’tdilar va har bir guruhning amaliyot o’tash joyi va biriktirilgan amaliyot rahbarlarini ma’lum qildilar. Shundan so’ng kafedra mudiri S.E.Shodiyev amaliyot kundaligini yuritish to’g’risida tushuntirish olib bordi. 305-guruhning pedagogik amaliyot rahbari S.E.Shodiyev etib belgilandi.
14-fevraldan boshlab men o’zimizga biriktirilgan Samarqand tuman 74-o’rta umumta’lim maktabiga bordim. Mening maktabdagi amaliyot rahbarim Hidoyatova Amiradan pedagogik faoliyati va dars o’tishining sirlarini o’rgandim. Amaliyotning dastlabki haftasida maktab sharoiti, rahbariyat tarkibi, maktab o’qituvchilari va o’quvchilari, maktab ma’muriyati faoliyati va o’qituvchilar kundalik ishlari bilan tanishdim.
Amaliyotning ikkinchi qismida ya’ni asosiy qismida faol amaliyotga kirishib bizga biriktirilgan sinf va sinf murabbiyining maktabdagi faoliyati bilan yaqindan tanishdim. Men asosan bitiruvchi sinflarga biriktirildim. Shu sinflarning chet tili va boshqa fan o’qituvchilarining darslariga kirib kuzatdim, darslarni tahlil qildim. O’quv va tarbiyaviy ish rejalar bilan tanishib, ular asosida o’quv va tarbiyaviy ish rejalar tuzdim. Shuningdek o’quv muassasasidagi mavjud dasturlar, darsliklar, uslubiy qo’llanmalar bilan tanishib, o’rganib chiqdim. Institut tomonidan berilgan kundalikni to’ldirib bordim. O’qituvchilarning amaliy va nazariy darslariga, ochiq tarbiyaviy soat va darsdan tashqari tadbirlar o’tkazishlarida yaqindan yordam berdim. Dars davomida ko’rgazmali qurollar, multimedia vositalari va tarqatma materiallardan foydalanishda fan o’qituvchisiga yordam berdim va dars jarayonida bevosita ishtirok etdim. Shuningdek o’quvchilar bilan individual ishlashga harakat qildim. Sinfda bir nafar yaxshi o’zlashtiruvchi va bir nafar sust o’zlashtiruvchi o’quvchilarning maktabdagi, sinfdagi va sinfdan tashqari faoliyatini o’rgandim.
Amaliyotning uchinchi qismida ya’ni yakunlovchi qismida men shu vaqtgacha pedagog faoliyatini o’rganish jarayonidagi olgan bilimlarim va ko’nikmalarimni amalda sinab ko’rish uchun o’quvchilarga 15 daqiqalik mikro-dars o’tdim. Dars davomida o’rgangan bilimlarimni amalda sinab ko’rdim. Darsga turli adabiyotlardan va tarqatma materiallardan foydalangan holda yondashdim. Shuningdek men maktab o’quvchilarini dars davomida va darsdan tashqari ijtimoiy, ma’naviy va ma’rifiy tadbirlarda qatnashish orqali o’zlarini tutishi, xulq-atvori va ularning tadbirlardagi faolligini kuzatdim. Shu bilan bir qatorda malakaviy amaliyot yuzasidan hisobot hujjatlarimni tayyorladim. Kundalikni o’z vaqtida yozib bordim va maktabdagi amaliyot rahbarimga imzolatib bordim. Amaliyot yuzasidan qilingan hujjatlarimni tasdiqlatdim va portfolio shaklida tayyorlab qo’ydim.
Amaliyot davomida men o’zim ko’zlagan maqsadga, o’qituvchilik kasbini o’rganish maktab faoliyati va hayoti bilan tanishishga erishdim. maktab ma’muriyati tomonidan A’LO baholandim. Amaliyotning oxirgi kuni 14-mart kuni bo’lib o’tdi. Amaliyot davomida men pedagog faoliyatini o’rganish borasidagi o’zimga kerakli bo’lgan bilim va ko’nikmalarni olishga erishdim deb o’ylayman.


Yüklə 13,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin