13-modda. Imzo huquqi: Mazkur Qonunning 11-moddasiga binoan buxgalteriya hisobi subhektining rahbari, buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish funktsiyalarini mustaqil tarzda yuritish huquqiga ega bo’lganligi uchun, ushbu moddaga agar buxgalteriya hisobi subhektining rahbari buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini o’z zimmasiga olgan bo’lsa, u holda ikkala ro’yxatda ham o’zini ko’rsatishi bo’yicha yangi norma kiritildi.
14-modda. Boshlang’ich hisob hujjatlari: O’zbekiston Respublikasi “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to’g’risida”gi Qonuniga muvofiq, boshlang’ich hisob hujjatlarini tuzish va xo’jalik operatsiyalariga ruxsat berishga mashul bo’lgan shaxslarni identifikatsiya qilish maqsadida boshlang’ich hisob hujjatlarida xo’jalik operatsiyasini bajargan shaxslarning (shaxsning), identifikatsiya qilish uchun zarur bo’lgan familiyasi hamda ismi va otasi ismining bosh harflari yoxud boshqa rekvizitlari ko’rsatilgan holda lavozimlarining nomi va imzolari ko’rsatilishi to’g’risidagi norma bilan boyitildI.
SHuningdek, “Elektron hujjat aylanishi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga muvofiq, zamon talablari va axborot texnologiyalarining rivojlanishini hisobga olgan holda boshlang’ich hisob hujjatlari elektron hujjat tarzida tuzilishi va taqdim etilishi mumkinligi haqida norma kiritildi.
15-modda. Buxgalteriya hisobi registrlari: Qonunning 4 va 14-moddalari bilan muvofiqlashtirildi, shuningdek, “Elektron hujjat aylanishi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga muvofiq zamon talablari va axborot texnologiyalarining rivojlanishini inobatga olgan holda ikkita yangi qism bilan to’ldirildi.
Mazkur qo’shimcha boshlang’ich hisob hujjatlari va buxgalteriya hisobi registrlari o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni belgilash, shuningdek boshlang’ich hujjatlar aylanishi, boshlang’ich hisob hujjatlari va registrlari, shuningdek, analitik mahlumotlarning shakllanish tartiblarini o’z ichiga oladigan ichki nazorat tizimini takomillashtirish maqsadida kiritildi.