KOD — AXBOROTNI IFODALASHDA SHARTLI BELGILAR TIZIMI Kodlash — maxsus belgilar yordamida axborotni bir ko‘rinishdan boshqa qulayroq ko‘rinishga o‘tkazish jarayoni.
Dekodlash — kodlangan axborotning mazmunini qayta tiklash jarayoni.
Kodlashning 3 ta asosiy usuli mavjud:
1 2 3 4 5
I II III IV V
6 7 8 9 10
VI VII VIII IX X
Axborotning maxfiyligini saqlash maqsadida uni kodlash shifrlash, uni qayta dastlabki holatiga keltirish jarayoni esa deshifrlash (qayta
kodlash) deb ataladi. Shifrlash usullari bilan shug‘ullanuvchi maxsus ilmiy yo‘nalishga kriptografiya deyiladi.
Qadimdan odamlar sirlarini yashirish maqsadida shifrlardan foydalanib kelishgan. Eng qadimgi shifrlash tizimi SSITAL hisoblanadi. Undan miloddan avvalgi V asrlarda qadimgi yunonlar foydalangan. Ssital spartanliklar lashkarboshisi Lisandro tomonidan ixtiro qilinib, u orqali agentlar bilan maxfiy yozishmalar olib borishgan.
TARIXIY MA’LUMOTLAR TARIXIY MA’LUMOT Lashkarboshi Yuliy Sezar harbiy sirlarni yashirish maqsadida boshqa usulni qo‘llagan. Bu usul alifboni surish usuli deb ataladi.
Eng sodda kodlash usullaridan biri — harfli-raqamli tartiblangan kodlash. Bunda harflar raqamlar bilan almashtiriladi. Masalan: 21 01 19 01 13 – sonlarni 1-jadvaldagi harflar bilan almashtirsak, VATAN so‘zi kelib chiqadi.