7-hafta- Korxonaning 5- obyekti faoliyati bilan tanishuv.
Ishlab chiqarishni tashkil etish deyilganda — mehnat jarayonida ishlab chiqarish resurslari va mehnat qurollaridan oqilona foydalanib, belgilangan vazifani bajarish va yuqori samaradorlikka erishishga qaratilgan chora-tadbirlar majmui. Ishlab chiqarishni tashkil etish eng maʼqul usullarni, zarur asbob-uskunalarni tanlash, turli ishlab chiqarish sohalarining mutanosib va uzluksiz ishlashini taʼminlash, ishlab chikarish grafiginit bu-zilishiga yoʻl qoʻymaslik, korxona va sexlarda ishlab chiqarish estetikasi, sanitariyasi, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi talablariga mos keladigan sharoitlarni yaratish va boshqalarda namoyon boʻladi. Ishlab chiqarishni tashkil etish dan maqsad korxona uchun ajratilgan moddiy, moliyaviy va mehnat imkoniyatlaridan mumkin qadar yaxshiroq foydalanish, eng yuqori moliyaviy natijalarga erishishdir.
Ishlab chiqarishni tashkil etish xalq xoʻjaligi uchun zarur boʻlgan turdagi, sifatdagi, modeldagi mahsulot, buyumlarni yetkazib berishi, i.ch. ning oʻsishi harajatlarning kamaytirishi, mehnat sharoitining yaxshilanishi va xodimlarning madaniy-tex-nik darajasini taʼminlashi zarur. Yangi va ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlarini tayyorlash ularni moder-nizatsiyalash jarayoni, ishlab chikarish boʻgʻinlarini boshqarish va nazorat ishlari ham Ishlab chiqarishni tashkil etishga kiradi. U mahsulot ishlab chikarishning barcha bosqichlarini qamraydi va barcha xususiy vazifalarni umumlashtirib, umumiy tizim harakterini oladi, pirovardida jamiyat isteʼmolining maksimal qoniqishlarini, yaʼni yetarli ishlab chikarishni xosil qiladi. Ishlab chiqarishni tashkil etishning asosiy talabi jarayonlarining uzluksizligi, ishlab chikarish boʻgʻinlarining mutanosibligi va mahsulot ishlab chikarishning takroriyligidan iborat. Uzluksizlik mehnat vositalaridan foydalanib vaqtni minimal sarflash hisobiga ishlab chikarishning barcha bosqichlaridan mehnat predmetlarining toʻxtovsiz oʻtishida aks etadi. Mutanosiblik ishlab chikarish quvvatlaridan toʻliq foydalanish imkoniyatni beruvchi uchastkalarning oʻzaro moslashuv xususiyati. Takroriylik muayyan vaqt birligi ichida bir xil ish hajmini bajarish va bir xil mahsulot ishlab chikarishni uzluksiz tashkil etishdir. Ishlab chiqarishni tashkil etishning muhim kurinishlari ixtisoslashtirish, konsentratsiyalash va kombinatsiyalashdir.
Ishlab chiqarishni tashkil etishning tarkibiy tuzilishiga koʻra, funksional (konsentratsiya, ixtisoslashtirish, kooperatsiyalash va ishlab chikarishni kombinatsiyalash orqali yangi ishlab chikarish tizimlarni yaratish yoki eskilarni takomillashtirish), makon (sexlar, ishlab chikarish uchastkalari, korxona, birlashma, hududiy ishlab chikarish majmualari darajasida Ishlab chiqarishni tashkil etish) va vaqtga koʻra (xom ashyodan tayyor mahsulotgacha boʻlgan texnologik jarayonlarini oʻz ichiga olgan) koʻrinishlari bor.
Ishlab chiqarishni tashkil etishning xususiyatiga koʻra, potokli (ishlab chiqrishning har bir uchastkasida muayyan ish nomenklaturasi, ish urni mahsulot tayyorlashga qarab belgilanadi, bunda, odatda, bir turdagi mahsulot kuplab tayyorlanadi), yakka tartibda (alohida uchastkalarni texnologik ixtisoslashda namoyon boʻladi) va partiyalab, toʻp-toʻp qilib ishlab chiqarish(potokli va yakka tartibda mahsulot ishlab chiqarishni ham oʻzida mujassam etadi) koʻrinishlari bor. Ishlab chiqarishni tashkil etishda ishlab chiqarish sikli davomiyligini vaqt jiqatidan rejalashtirish muhim ahamiyatga ega. Hozgi vaqtda texnikadan unumli foydalanish va ularni oʻz vaqtida sifatli qilib taʼmirlash ning muhim vazifasiga aylangan.
Mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimida uch bosqichli ma’muriy-jamoatchilik nazorati – ish joylarida, ishlab chiqarish uchastkalarida, sexlarda ish sharoitlari va mehnat xavfsizligi holati, shuningdek barcha tuzilmaviy bo‘linmalar, mansabdor shaxslar va xodimlar tomonidan qonunchilik, mehnat xavfsizligi standartlari, mehnatni muhofaza qilish qoidalari, me’yorlari, yo‘riqnomalari va boshqa me’yoriy texnik hujjatlarga rioya qilishi ustidan ma’muriyat va kasaba uyushma qo‘mitalarini birgalikdagi nazoratining asosiy shakli hisoblanadi.
Korxonada hodimlar uch bosqichli nazoratdan ham o’tiladi. Uch bosqichli nazorat korxona rahbarlari va muxandis-texnik xodimlari tomonidan lavozim vazifasiga muvofiq ma’muriy nazorat tashkil etilishini, shuningdek jamoatchilik nazorati olib borilishini istisno etmaydi.
Ishlab chiqarishning o‘ziga xos xususiyatlari, korxonaning tuzilishi va uning bo‘linmalari doirasidan kelib chiqqan holda mehnatni muhofaza qilishning uch bosqichli nazorati korxonaning barcha sex, bo‘limlari va smenalarni o‘z ichiga olgan holda nazoratni amalga oshiradi.
Qoidaga muvofiq har – bir bosqichda quyidagi obyektlar nazorat qilinishi lozim:
- birinchi bosqichda – ish joylari, uskunalar, himoya vositalari va ish bajaruvchilar;
- ikkinchi bosqichda – brigada, post, guruh va sex, uchastkalardagi shunga o‘xshash bo‘limlar.va boshqalar;
- uchinchi bosqichda – ishlab chiqarish sexi, uchastkasi va korxonaning boshqa bo‘limlari.
Ishlab chiqarish bo‘linmalarining uch bosqichli nazorat obyektlariga kiritish korxona ma’muriyati va kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
Uch bosqichli nazorat korxona rahbari va kasaba uyushma qo‘mitasining raisi tomonidan boshqariladi.
Uch bosqichli nazoratning birinchi bosqichi. Nazoratning birinchi bosqichi usta, brigadir, elektromexanik va mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakil tomonidan har ish kuni (smena) boshlanishi oldidan, zaruriyat tug‘ilganda (xavfliligi yuqori ishlarda va boshqalarda) – ish kuni (smena) davomida amalga oshiriladi. Ish xususiyatidan kelib chiqqan holda, agarda nazorat qilinadigan obektda ikki kishigacha ishlasa, birinchi bosqichni tashkil etish tartibi, MTU (korxona) da ishlab chiqilib tasdiqlangan standart yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha Nizomga muvofiq belgilanadi.
Nazoratning birinchi bosqichida quyidagilarni tekshirish tavsiya etiladi:
- temir yo‘llar, strelkali o‘tkazgichlar, MSB qurilmalari va kontakt tarmoqlari ko‘rigini rasmiylashtirish jurnalida ish joylari va ishlarni bajarish vaqtlari to‘g‘risidagi yozuvlarni o‘z vaqtida qayd etilishi, stansiyalarda lokomotiv brigadalariga ish bajarilayotgan joylar haqida va temir yo‘llarda ishlayotganlarga esa poyezdlar harakati to‘g‘risida xabar berish tartibiga rioya qilinishi, stansiya temir yo‘llari va ularning oraliqlarida ishlash uchun ogohlantirish berilishi bo‘yicha buyurtmalarning mavjudligi, shu jumladan poyezdlarni qo‘shni yo‘ldan o‘tkazish paytida yo‘llardan o‘z vaqtida xodimlarni chiqishi, temir yo‘llarda va strelkali o‘tkazgichlarda ishlashda, MSB qurilmalariga va kontakt tarmoqlariga xizmat ko‘rsatishda signalchilar va signal jihozlarini mavjudligi;
- avtoulovlarning uzib qo‘yadigan qurilmalarini va saralash stansiyalarga keladigan vagonlarning maxsus zinalarini nosozliklarini bartaraf etilganligi, korxona xududida, temir yo‘l shoxobchalari va stansiyalarda nogabarit joylarni maxsus belgilar va signalli-ogohlantirish ranglari bilan belgilanishi ta’minlanganligi yoki bartaraf etilganligi;
- manevr ishlari va strelkali o‘tkazgichlarga xizmat ko‘rsatish paytida xavfsizlik choralariga rioya qilinishi;
- vagonlarga texnik xizmat ko‘rsatish punktlarida, ayniqsa yo‘llarni kesib o‘tishda xodimlarni xavfsizlik qoidalariga rioya qilishini, tarkiblarni ko‘rikdan o‘tkazish joyida qo‘yilgan to‘siqlarning ishonchliligi;
- yuk ko‘tarish mashina va mexanizmlari bilan yuk ko‘tarish va tushirish ishlarini, birinchi navbatda elektr havo yo‘llari yaqinida, shuningdek yuqorida ishlashda mehnatni muhofaza qilish talablari ta’minlanganligi;
- kontakt tarmoqlariga, elektr qurilmalariga, elektr havo yo‘llariga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlarida berilgan naryad-ijozatnomalarni to‘g‘ri rasmiylashtirilganligi va xavfsizlik texnikasi talablarini ularga kiritilganligi, elektr xavfsizligi ta’minlanganligi va yerga ulagichlarni mustahkam va ishonchli o‘rnatilganligi;
- mehnat xavfsizligi, yo‘l harakati qoidalari, avtomobil va motor-rels transportidan foydalanishda texnik ishlatish qoidalari talablariga rioya qilinishi, maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa shaxsiy himoya vositalarini mavjudligi va ulardan foydalanish shartligi;
- xodimlarning umumiy holati va ishga tayyorgarligi. Xodimlarda lokomotiv, drezina, yuk ko‘tarish krani, o‘zi yurar yo‘l mashinasi, avtokran, avtomobil va boshqa transport vositalarini boshqarish, shuningdek maxsus ishlarni bajarish huquqini beruvchi guvohnomalarning mavjudligi;
- yo‘llarni kesib o‘tishdagi xavfsizlik marshrutlari, ularning qurilishi, shuningdek harakatlanuvchi tarkib o‘tayotganda xodimning xavfsizligini ta’minlovchi turish o‘rni;
- qurilmalar (tushirilgan yuklar) ga yaqinlashish gabaritlarini ta’minlanishi, belgilangan joylarda mehnat xavfsizligi belgilarini mavjudligi;
- harakatlanuvchi tarkibning, yuk ko‘tarish kranlarining, mashinalarning, uskunalarning va asboblarning sozligi, blokirovkalash qurilmalarining va ogohlantiruvchi signallashtirish moslamalarini ishlashi;
- ish joylari, to‘siqlar, to‘shamalar, taxta supachalari, ish maydonchalari holati, begona jismlarni yo‘qligi, o‘tish yo‘llari va kesishmalarning bo‘shlig‘i, isitish qurilmalari holati, darvozalarni, eshik va derazalarni issiqlikni saqlash darajasida jihozlanishi;
- tortish va so‘rish shamollatgich moslamalarining, chang va gaz ushlagich qurilmalarning, mahalliy so‘rgichlarning sozligi;
- yuklar, tayyor va yarim tayyor mahsulotlarning taxlanishi;
- yong‘in o‘chirish vositalarining mavjudligi, portlovchi va yong‘inga xavfli modda va materiallar bilan ishlashda xavfsizlik qoidalariga rioya qilinishi;
- ishlovchilar bilimlarini tekshirilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalarning mavjudligi;
- mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnomalarni mavjudligi va ularga ish jarayonida rioya qilish;
- stansiya yo‘llari, gorlovinalar, tepacha (gorka), tepacha osti saralash parki temir yo‘llarini yoritilish holati;
- elektr asboblari, yoritgichlar, qo‘shgichlar va elektr simlarining holati;
- oldingi tekshiruvda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tuzilgan tadbirlarning bajarilishi;
- ichimlik suvining va aptechkalarning mavjudligi.
Birinchi bosqich tekshiruvlari tugagandan keyin uning natijalari uch bosqichli tekshiruvni qayd etish jurnalida rasmiylashtiriladi Jurnalda tekshiruv sanasi, tekshiruvchining familiyasi va lavozimi, aniqlangan kamchiliklar (shu jumladan qoida buzuvchilarning familiyalari) ko‘rilgan choralar, aniqlangan kamchiliklarning bajarish muddatlari yoziladi. Rasmiylashtirilgan yozuvlar tekshiruvchilarning imzolari bilan tasdiqlanishi lozim.
Aniqlangan kamchiliklar bo‘linma boshlig‘ining nazorati ostida darhol bartaraf etilishi kerak. Agar aniqlangan kamchiliklarni bo‘linmaning kuchi bilan bajarish iloji bo‘lmasa, bo‘lim (sex) boshlig‘i tekshiruv tugaganidan keyin, tegishli choralarni ko‘rish uchun yuqori lavozimdagi boshlig‘iga murojaat qilishi kerak..
Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha qoidalar va me’yorlarning qo‘pol buzilishi natijasida xodim sog‘ligiga zarar yetkazadigan yoki avariyaga olib keluvchi holatlar yuzaga kelsa, ularni bartaraf etmagunga qadar ishlar to‘xtatilishi kerak.
Uchastka (sex) ustasi va mehnatni muhofaza qilish vakillari har haftada birinchi bosqich tekshiruvi natijasida aniqlangan qoida buzarliklar va bu borada ko‘rilgan choralar bo‘yicha majlislarda jamoa a’zolariga ma’lumot berishi kerak.
Uchastka ustasi har ish kuni (smena) oxirida ishlab chiqarish uchastkasida mehnatni muhofaza qilish holati to‘g‘risida sex raxbariga hisobot berishi kerak.
Uch bosqichli nazoratning ikkinchi bosqichi.
Uch bosqichli nazoratning ikkinchi bosqichi dekadada (10 kun) bir marotaba o‘tkaziladi.
Ikkinchi bosqich nazorati stansiya boshliqlari (2-5 klass), sex va uchastka boshliqlari, katta elektromexanik, punktlarning katta ustalari, sex kasaba uyushmasining vakili va mehnatni muhofaza qilish vakili ishtirokida o‘tkaziladi.
Tekshiruv, tekshirilayotgan bo‘linma boshlig‘i va mehnatni muhofaza qilish vakili qatnashuvida o‘tkazilishi kerak.
Ikkinchi bosqich nazoratida quyidagilar tekshiriladi:
- brigadalarda, guruhlarda va boshqa shunga o‘xshash bo‘linmalarda mehnatni muhofaza qilish tadbirlarining bajarilishi, shuningdek ish joylarining holati, uskunalarning saqlanishi, himoya vostilarini mavjudligi va ulardan foydalanish, xodimlar tomonidan xavfsiz mehnat uslublari, texnologik jarayonlar va birinchi bosqichda ko‘rsatilgan boshqa masalalarga rioya qilinishi;
- birinchi bosqich nazorati o‘tkazilishini tashkil etilishi va muntazamligi, birinchi bosqich jurnalidagi tegishli yozuvlarning mavjudligi, birinchi va ikkinchi bosqichlar tekshiruvlarining natijalari;
- ish joyidagi birlamchi, vaqti-vaqti bilan beriladigan, navbatdan tashqari va joriy yo‘l-yo‘riqlarni o‘z vaqtida o‘tkazilishi, yo‘l-yo‘riqlarni qayd etish jurnallarida tegishli yozuvlarning mavjudligi;
- uchinchi bosqich bo‘yicha oxirgi tekshiruvdan keyin berilgan mehnatni muhofaza qilishga oid buyruqlar va farmoyishlar, kasaba uyushma qo‘mitasining tasdiqlangan qarorlari va mehnatni muhofaza qilish vakillarining tavsiyalarini bajarilishi;
- ishlab chiqarish uskunalarini, transport vositalari va texnologik jarayonlarni, xavfsizlik standartlari va mehnatni muhofaza qilishning boshqa me’yoriy-texnik hujjatlari talablariga muvofiq kelishi va sozligi;
- xodimlarning elektr qurilmalarida ishlash paytida va elektr asboblari bilan ishlayotganda elektr xavfsizligi qoidalariga rioya qilishi;
- ishlab chiqarish uskunalarida rejali-oldindan ta’mirlash jadvallariga muvofiq ish bajarilishi, texnologik rejimlar va yo‘riqnomalarga rioya qilinishi;
- himoyalash, signal berish, saqlash vositalari va qurilmalari, hamda nazorat-o‘lchov asboblarining mavjudligi va holati;
- sanitariya-maishiy xonalarning saqlanishi;
- mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ko‘rgazmali (oshkora) tashviqotlarni yuritish, mehnatni muhofaza qilish burchaklarini, plakatlarni, signalli ranglarni va xavfsizlik belgilarining mavjudligi va holati;
- xodimlarni belgilangan mehnat va dam olish rejimiga, mehnat intizomiga rioya qilishi;
-sexlarda mehnat sharoitlari holati bo‘yicha sanitariya-texnik pasportlarining to‘g‘ri to‘ldirilganligi;
- xodimlarni parhez ovqatlari, sut, sovun va boshqa profilaktik vositalar bilan ta’minlanganligi;
- tekshiruv organlari tomonidan berilgan ko‘rsatmalar bo‘yicha tadbirlarning bajarilishi;
- baxtsiz hodisalar materiallari bo‘yicha tuzilgan tadbirlarning bajarilishi;
O‘tkazilgan tekshiruv natijalari uch bosqichli nazorat jurnalida qayd etiladi, aniqlangan kamchiliklarni muddatlari belgilanib, ma’sul xodimlar tayinlanadi. Yozuvlar tekshiruvchilarni imzolari bilan tasdiqlanadi,
Bo‘linma boshlig‘i mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ikkinchi bosqich tekshiruvini o‘tkazish komissiyasi aniqlagan kamchiliklar va qoidabuzarliklarni bartaraf etilishini tashkillashtiradi.
Agar aniqlangan kamchiliklar sex, uchastka kuchi bilan bajarilishi mumkin bo‘lmasa, boshliq komissiya ishi tugaganidan keyin, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish uchun o‘zining yuqori boshlig‘iga ma’lum qiladi. Ushbu tadbirlarning amalga oshirilishini mehnatni muhofaza qilish muxandisi va bo‘linmadagi mehnatni muhofaza qilish vakili nazorat qiladi,
Sex, uchastka boshlig‘i oyda bir marta mehnatni muhofaza qilish holati bo‘yicha korxona rahbari va kasaba uyushma qo‘mitasiga hisobot beradi.
Sex, uchastka boshlig‘i (lavozimi bo‘yicha ularga tenglashtirilgan boshqa rahbarlar), mehnatni muhofaza qilish vakillari oyda bir marta o‘z jamoasi oldida sexdagi, uchastkadagi mehnatni muhofaza qilish holati, ikkinchi va uchinchi bosqichlar tekshiruvlari natijalari bo‘yicha belgilangan tadbirlarning bajarilishi to‘g‘risida axborot berishlari lozim.
Uch bosqichli nazoratning uchinchi bosqichi
Nazoratning uchinchi bosqichi ikki oyda bir marotaba o‘tkaziladi.
Uchinchi bosqich nazoratini korxona boshlig‘i rahbarligidagi komissiya amalga oshiradi.
Komissiya tarkibiga bosh muxandis, boshliq o‘rinbosarlari, mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi muxandisi, korxona kasaba uyushma qo‘mitasining vakili yoki kasaba uyushma qo‘mitasi mehnatni muhofaza qilish komissiyasining raisi kiritiladi. Ayrim hollarda uchinchi bosqichni o‘tkazishda MTU vakili yoki tibbiyot xodimi qatnashishi mumkin.
Barcha bo‘linmalar tekshiruvini qamrab olish uchun komissiya korxona rahbarlari tomonidan boshqariladigan bir nechta kichik komissiyalarga bo‘linishi mumkin.
Uchinchi bosqich nazorati har-bir sex, uchastka, stansiya, guruh, punkt va boshqalar ikki oydan oshmagan muddatda bir marta tekshirilishi ko‘rsatilib tuzilgan yillik jadvalga muvofiq o‘tkazilishi kerak. Ushbu jadval korxonada mehnat sharoitlarini va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yanada yaxshilash yillik rejasining tarkibiy qismi bo‘lishi lozim. Jadval bilan barcha bo‘linmalar boshliqlari va komissiya a’zolari tanishtirilgan bo‘lishi kerak.
Aprel va oktyabr oylarida uchinchi bosqich tekshiruvi o‘rniga mehnat muhofazasi bo‘yicha bahorgi va kuzgi tekshiruvlar o‘tkazilib (ichki nazoratlar bo‘limiga qarang), bunda mashinalar, uskunalar, yuk ko‘tarish va transport vositalari, xududlar, binolar va inshootlarning xavfsizligini ta’minlashga, shaxsiy va jamoaviy himoya vositalari bilan ta’minlanganligiga, ularning bahorgi-yozgi, kuzgi-qishki mavsumda ishlatish uchun tayyorligiga asosiy e’tiborni qaratish kerak.
Uchinchi bosqichda quyidagilar tekshiriladi.
- mehnatni muhofaza qilish tadbirlarini sexlarda, uchastkalarda, guruhlarda, stansiyalarda bajarilishi, shuningdek brigadalarda, guruhlarda, ish joylarida mehnatni tashkillashtirish holati, himoya vositalarini ishlatilishi, uskunalarni saqlanishi, xodimlarni mehnatning xavfsiz uslublariga, texnologik jarayonlarga rioya qilib ishlashi va birinchi va ikkinchi bosqichlar nazorati bo‘yicha ko‘rsatilgan boshqa masalalar;
- birinchi va ikkinchi bosqichlar nazoratini tashkillashtirilishi va natijalari;
- oldingi o‘tkazilgan uchinchi bosqich tekshiruvida belgilangan tadbirlarni bajarilishi;
- yuqori organlar buyruqlari va farmoyishlarini, kasaba uyushma tashkilotlari qarorlarini va mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha nazorat organlari ko‘rsatmalarini bajarilishi;
- Dasturda, yillik rejada, jamoa shartnomasida, mehnatni muhofaza qilish kelishuvlari va boshqa hujjatlarda belgilangan tadbirlarni bajarilishi;
- oqibati o‘lim bilan tugagan va og‘ir bo‘lgan, guruhiy baxtsiz hodisalar va avariyalarni tekshiruvi materiallari bo‘yicha tuzilgan tadbirlarning bajarilishi;
- binolar, inshootlar, sexlar xonalari va ularga tutashgan xududlarning texnik holati va saqlanishini me’yoriy-texnik hujjatlarga muvofiqligi, yo‘lning transport va piyodalar yuradigan qismlarining, o‘tish yo‘llari va galereyalarning holati;
- texnologik, yuk ko‘tarish, transport, energetik uskunalarning mehnat xavfsizligi standartlari va mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha boshqa me’yoriy-texnik hujjatlarga muvofiqliligi;
- ishlab chiqarish uskunalari obektlarida, inshootlarda ish bajarish rejalarini bajarilishi va texnik hujjatlarni yuritilishi, kommunikatsiya va energetik qurilmalarning ulanish sxemalarining mavjudligi;
- xodimlarni maxsus kiyim-bosh, maxsus poyabzal va boshqa shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlanganligi, ularni holati, to‘g‘ri berilishi va saqlanishi, shuningdek yuvish, tozalash va ta’mirlashni tashkil etilishi;
- mehnat xavfsizligiga rioya qilish bo‘yicha talon tizimi, ularni hisobini olib borish va bu borada hisobot berilishi;
- tibbiyot-muxandislik komissiyasi ishlarini tashkil etilishi, o‘z vaqtida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi;
- mehnatni muhofaza qilish xonasining holati va uning ishini tashkil etilishi;
- mehnat xavfsizligi bo‘yicha qoidalar va yo‘riqnomalarni ishlab chiqilishi, qayta ko‘rilishi, o‘z vaqtida ularni joriy qilinishi;
- poligonlarda mehnat xavfsizligi bo‘yicha amaliy o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazishni va maneken-trenajerlarda birinchi yordam ko‘rsatishni tashkil etilishi;
- mehnat xavfsizligi bo‘yicha standartlar holati va ularning joriy etilishni tashkil qilish. Ularni o‘z vaqtida va to‘g‘ri rasmiylashtirilishi va mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ko‘rgazmali tashviqotlarning mavjudligi;
- mehnatni muhofaza qilish sohasida o‘quv ishlarini va bilimlar tekshiruvini texnik vositalar qo‘llangan holda tashkil etish, mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bilimlar sinovini o‘tkazish yillik jadvallarini tuzish va ularni bajarilishi;
- xodimlarning avariya holatlarida ishlashga tayyorligi;
- sexlarda va ishlab – chiqarish uchastkalarida xodimlarni dam olish va ovqatlanish uchun maxsus joylar bilan ta’minlanganligi:
- mehnat sharoitlarini baholanishi va ish joylarini attestatsiyadan o‘tkazish holati;
Uchinchi bosqich tekshiruvi natijalari aniqlangan kamchiliklar, ularni bartaraf etish muddatlari va bajarilishi bo‘yicha ma’sul xodimlar ko‘rsatilgan holda, dalolatnoma yoki maxsus jurnalda rasmiylashtiriladi. Dalolatnoma va jurnaldagi yozuvlar tekshiruvchilarning imzolari bilan tasdiqlanadi. Dalolatnomaning nusxasi tekshirilgan bo‘linmalar boshliqlariga berilishi kerak. Uchinchi bosqich tekshiruvi bo‘yicha dalolatnomalarning asl nusxalari mehnatni muhofaza qilish muxandisida saqlanishi kerak. Dalolatnomalar va jurnallar to‘lgandan keyin bir yil mobaynida saqlanadi.
Uchinchi bosqich tekshiruvi tugagandan keyin, uning natijalari bo‘linmalar boshliqlari va kasaba uyushma tashkiloti vakillari bilan birgalikda uch kun ichida muhokama qilinishi kerak.
O‘tkazilgan majlis aniqlangan kamchiliklar va qoidabuzarliklarni, ularni bartaraf etish muddatlari va bajarilishi yuzasidan ma’sul shaxslarni qamrab olgan tadbirlar ko‘rsatilgan holda, bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Korxona rahbari zaruriy hollarda uchinchi bosqich tekshiruvi yakuni bo‘yicha aybdor shaxslarga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llash bo‘yicha buyruq beradi
Dostları ilə paylaş: |