3 I. Bob. Geometriya mavzusiga oid ma'lumotlar


Geometriya elementlari bilan tanishtirish metodikasi



Yüklə 94,06 Kb.
səhifə3/6
tarix30.04.2023
ölçüsü94,06 Kb.
#104959
1   2   3   4   5   6
Ko’rinishlar va uning bajarilishi

1.2. Geometriya elementlari bilan tanishtirish metodikasi
Matematikaning boshlang’ich ta’limdagi o’zgarishlar umuman olganda kichik yoshdagi o’quvchilarning geometrik bilimlari chuqurligi va darajasining o’sganligi ko’rsatadi. Biroq, boshlang’ich sinflarda ishlash tajribasi ko’rsadiki, umum amaliyotda geometrik bilim, malaka va o’quvchilarda tipik xatolar uchrab turadi. Shunday qilib, kichik yoshdagi o’quvchilar geometrik bilimlari sifati takomillashtirishga muhtoj. Lekin buning amalga oshubi uchun hamma narsadan ham avval yaxshi tayyorlangan o’qituvchi kerak. Bundan tashqari geometrik jihatdan savodli o’qituvchi boshlang’ich matematika kursida yangi geometrik mazmun kiritish sharoitida juda ham keraklidir.
Boshlang’ich matematika dasturida geometrik material katta o’rinni oladi. Geometrik materialni o’rganishning asosiy maqsadi geometrik figuralar (nuqta, to’g’ri va egri chiziq, to’g’ri chiziq kesmasi, siniq chiziq, ko’pburchak, aylana va doira) haqida ularning elementlari haqida, figuralar va ularning elementlari orasidagi munosabatlari haqida, ularning ba’zi xossalari haqidagi tasavvurlarning to’la tizimini tarkib toptirishdan iborat.
Geometrik figuralar haqidagi fazoviy tasavvurlar, geometrik figuralarni chizmachilik va o’lchash asboblari yordamida va bu asboblarning yordamisiz o’lchash va yasashlarning amaliy malakalarini (ko’zda chamalash, qo’lda chizish va hokazo) tarkib toptiriladi; o’quvchilarning nutq va fikrlashlari shu asosda rivojlantiriladi.
O’quvchilarda geometrik tasavvurlarni tarkib toptirish, ularni chizish va o’lchash malakalari bilan qurollantirish, ular tafakkurini rivojlantirish masalalariga geometriya elementlarini o’rgatishda qo’llanadigan o’qitish metodlari javob beradi. Geometriya propedevtik kursini o’qitishning muhim metodlari kuzatish metodi, taqqoslash metodidan iboratdir. Bunda induktiv xulosa chiqarish bilan bir qatorda deduksiya elementlaridan ham foydalaniladi. Laboratoriya va amaliy ishlar metodi geometrik materialni o’rganishning effektiv metodlaridan biridir. Laboratoriya ishlari va amaliy ishlar o’quvchilarning geometrik figuralarning mohiyatini o’zlashtirishlarida ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Nuqta, to’g’ri chiziq va egri chiziq, to’g’ri chiziq kesmasi. Birinchi sinfdan boshlab o’quvchilarda nuqta, to’g’ri chiziq va egri chiziq, to’g’ri chiziq kesmasi haqida aniq tasavvurlarni tarkib toptirish kerak. Shuni eslatib o’tamizki, “nuqta”, “to’g’ri chiziq” tushunchalari hozirgi kunda o’qitilayotgan maktab geometriya kursining asosiy tushunchalaridir. Shu sababli “nuqta deb nimaga aytiladi?”, “to’g’ri chiziq deb nimaga aytiladi?” degan savollar ma’noga ega bo’lmay qoladi.3
Boshlang’ich sinf o’qituvchilarini o’qitish uchun taklif etilayotgan geometrik material mazmuni qanday? Boshlang’ich sinf o’qituvchiular tayyorlaydigan fakultetlar uchun matematik tayyorgarlik bo’yicha davlat ta’lim standartining taxlili o’qituvchining matematik tayyorfarligida geometrik material uchun juda ham oz rol ajratilgan, bu esa uning o’qitilishining majburiy bo’lmay qolishini keltirib chiqaradi. Shunisi aniqki, standartlar talabalar tomonidan hozirgi zamon geometriya kursini asosiy g’oyasini tushunish mumkinligini ta’limlamaydi, shu jumladan, maktab kursini ham, masalan, harakat tushunchasi va uning turlari qarab chiqilmaydi, shuning uchun standart boshlang’ich sinf matematikasining yangi geometrik mazmuniga mos emas, shuning uchun ham u (standart) boshlang’ich sinf o’quvchilarini yangi geometrik mazmuniga mos emas, shuning uchun ham u kichik yoshdagi o’quvchilarni geometriya elementlariga savodli holda o’qitilishiga zarur bo’lgan geometrik bilimlar minimunini bermaydi. Bundan tashqari, standart mazmuni talabalar tomonidan ijodiy, professional faoliyat ko’rsatish uchun yetarli bo’lgan fundamental bilim, o’quv va malakalar hosil qilishlariga imkoniyat yaratadi. Yana o’rganilayotgan boshlang’ich geometriya predmetiga bo’lgan o’zlarining uslubiy qarashlarini shakllantirishlariga imkon bermaydi. Shuning bilan birga standart mazmuni avvalgidek Evklid geometriyasi yagona mumkin bo’lgan geometriya degan munosabatni shakllantiradi.
Davlat standartining geometrik mazmuni ped.fak. uchun oliy o’quv yurti uchun “Geometriya elementlari” mazmunidan juda ham kam farq qiladi, o’qitish oxirgi vaqtlarda ham shu (dastur) bo’yicha olib borilgan.
Dastur uchun yozilgan tushuntirish xatida matematika o’qitishning quyidagi vazifalarni qo’yadi:

  1. matematikaning dunyoni bilishdagi ahamiyatini talabalarga ochib berish, atrof-muhitni o’rganishdagi matematikaning ro’li haqida tasavvurlarni chuqurlashtirish;

  2. talabalarga zarur matematik bilimlar berish bo’lib, ular asosida matematikaning boshlang’ich sinfi quriladi, uning mazmunini bilan chuqur tanishish uchun zarur uquvlarini shakllantirish;

  3. tafakkurni rivojlantirishga yordamlashish;

  4. o’quv qo’llanmalar va boshqa matematik adabiyot bilan mustaqil ishlash uquvlarini rivojlantirish.
    So’nggi ikki bo’limlar “Geometriy elementlari” va “Miqdorlar va ularni o’lchash”da o’rganiladigan geometrik material haqida dasturning tushuntirish haqida aytiladiki, “Geometriya elementlarini” faqat geometrik bilim va malakalarni umumlashtirsh va sistemaga solish maqsadida, ayrim malakalarni takomillashtirish (hususan, figuralarni qurish) maqsadida o’rganish, ammo va yana geometrik tushunchalarni shakllantirish, ularni sinflarga ajratish, muhokamalardagi, ta’riflardagi mantiqiy xatolarni aniqlash, ya’ni boshlang’ich sinf o’qituvchisi va uning amaliy faoliyati uchun zarur uquvlarni shakllantirish ham zarur. Bu bo ’lim aksiomatik nazariyani ta’riflanmaydigan tushunchalar va ular orasidagi munosabatlar (puhta, to’g’ri chiziq, tekislik) asosida qurish misollarini hamda miqdor va ularni o’lchashning geometrik tushunchalarining mustaqil ekanligini ko’rsatishga imkon yaratadi. Biroq, bu dasturning talabalarni geometriyaning paydo bo’lishi tarixi bilan, aksiomatik metodning paydo bo’lishi va uning maktab geometriya kursida foydalanish bilan, geometrik yasashlar nazariyasi bilan, eng sodda geometrik figuralar va ularning xossalari bilan, “Geometriya elementlari” dasturini boshlang’ich sinf ehtiyojlariga yaqinlashtirish bilan bog’liq ijobiy tomonlari bilan birga, uning qator salbiy tomonlari ham bor. Biz dasturdan geometrik almashtirishlarni chiqarib tashlanishini noto’g’ri deb hisoblaymiz, chunki bu boshlang’ich sinf o’qituvchilariga :

  1. katta uchun kihik yoshdagi sinf o’quvchilarini geometrik almashtirishlar va ularning hususiy holi harakatlarni o’rganishga to’g’ri tayyorlashga;

  2. qator holatlarning nazariy asoslarini, xususan, teng figuralar haqidagi masalani qarab chiqishga imkon bermaydi, chunki boshlang’ich sinf o’quvchilari ular bilan na faqat matematika darslarida balki rasm, mehnat ta’limi darslarida to’qnashadilar. Bundan tashqari boshlang’ich sinflarda harakatlarni o’rganishga imkon beruvchi izlanishlar ham bor.
    Davlat ta’limi standartining geometrik material mazmuniga doir aniqlangan kamchiliklar 1986 yil dasturidagi “Geoemtriya elementlari” bo’limi mazmuniga ham tegishli . Standartda va ohirgi dasturdagi geometrik bilmlar minimumini ham talabalar etarlicha chuqur o’zlashtira olmaydilar.
    Psixologik-pedagogika fakul’tetlarining boshlang’ich sinf o’qituvchilari tayyorlaydigan bo’limlariga kirgan va yana fakul’tetni bitiruvchi talabalar, boshlang’ich sinflar tayyorlaydigan fakul’tetlarni turli yillarda bitirgan boshlang’ich sinf o’qituvchilarining va yana “Matematika va konstruksiyalash” dasturi bo’yicha o’qigan boshlang’ich sinf o’quvchilarning geometrik bilimlari darajasi va holati o’rganilgan.
    Boshlang’ich sinf o’qituvchilarining matematik tayyorgarligi dasturi bo’yicha amalga oshirilgan.


Yüklə 94,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin