3 I. Bob. Modulli ta’limning mohiyati



Yüklə 194,5 Kb.
səhifə2/10
tarix20.04.2023
ölçüsü194,5 Kb.
#101026
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Biologiya darslarda modulli taʼlim texnologiyasining individual

MAVZUNING DOLZARBLIGI. O‘qitishni demokratizatsiyalashtirish talablariga muvofiq o‘quvchilarga o‘quv topshiriqlarini tanlash huquqi beriladi. Shu tariqa har bir o‘quvchining o‘z imkoniyati va qobiliyatiga yarasha rivojlantirish imkoniyati yaratiladi. Mazkur texnologiyada bilimlarni nazorat qilish va baholash individual tarzda bajarilgan o‘quv topshiriqlariga muvofiq amalga oshiriladi. Shuni qayd etish kerakki, tabaqalashtirilgan yondashuvda, o‘quv topshiriqlarini tuzishda o‘quvchilarning o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan o‘quv materiali asos qilib olinadi.
MAVZUNING MAQSADI. O‘quvchilarning mavzu bo‘yicha o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan bilimlar va ko‘nikmalar asos bo‘lib, qisman izlanishli va ijodiy topshiriqlar bilimlarni rivojlantirish, chuqurlashtirish va mustahkamlashga xizmat qiladi, ya’ni o‘qitish jarayonini har bir qatnashchisi uchun qiziqarli va foydali bo‘lishi, shaxsning rivojlanishiga imkon yaratadi.

I.BOB. MODULLI TA’LIMNING MOHIYATI
1.1. Modulli o‘qitishning o‘ziga xosliklari
Modulli ta’lim – bu bilimlarni nazorat qilish bilan hamohanglashgan, qandaydir mantiqiy yaxlitlik va tugallanganlikka ega o‘quv axborotidagi mantiqiy belgilangan qism.
Ta’limiy modul – unga tegishli metodik materiallar bilan birgalikdagi o‘quv kursining mazmunli qismi.
O‘quv moduli – har bir o‘quv topshiriqlarini bajarish vaqti, nazorat va hisobga olish usullari, o‘quv materiallari (paragraf, mavzu, bo‘lim, fan, integrallashgan kurs)ni o‘rganish bo‘yicha ko‘rsatmalar. Ko‘proq oddiy va o‘ziga xos tarzda o‘quv moduli uni o‘rganishning ko‘proq oqilona shakl va metodlari bilan birgalikda odatiy o‘kuv dasturlari mavzu(bo‘lim)larini aks ettiradi.
Modulli o‘qitishning mohiyati shundani iboratki, ta’lim oluvchi (talaba) o‘ziga taqdim etilgan individual o‘quv dasturi asosida mustaqil ish olib boradi. Bu o‘quv dasturida xarakatlarning rejasi, axborotlar bloki, o‘qitish natijalariga erishish bo‘yicha metodik tavsiyanomalar bo‘lishi kerak. O‘qituvchi bu sharoitda nazorat qilishi, maslahat berish, axborotlarni o‘zlashtirish bo‘yicha xarakatlarni muvofiqlashtirish vazifalarini bajaradi.

Yüklə 194,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin