Modulli o‘qitish, kasbiy ta’limning quyidagi zamonaviy masalalarini har tomonlama yechish imkoniyatlarini yaratadi:
modul - faoliyatlik asosida o‘qitish mazmunini optimallash va tizimlash dasturlarni o‘zgaruvchanligi, moslashuvchanligini ta’minlash;
o‘qitishni individuallashtirish;
amaliy faoliyatga o‘rgatish va kuzatiladigan harakatlarni baholash darajasida o‘qitish samaradorligini nazorat qilish;
kasbiy motivatsiya (qiziqtirish) asosida, o‘qitish jarayonini faollashtirish, mustaqillik va o‘qitish imkoniyatlarini to‘la ro‘yobga chiqarish.
Modulli o‘qitishning hozirgi zamon nazariyasi va amaliyotida ikki xil yondashuvni ajratib ko‘rsatish mumkin: fan bo‘yicha faoliyat yondashuvi va tizimli faoliyat yondashuvi.
Bu yondashuvlar doirasida modul asosida mutaxassislar tayyorlashning bir qator konsepsiyalari ishlab chiqilgan. Barcha konsepsiyalar zamirida faoliyat yondashuvi yotadi va bu nuqtai nazardan, o‘qitish jarayoni to‘laligicha yoki muayyan fan doirasida, modulli ta’lim dasturi mazmuniga muvofiq kasbiy faoliyat elementlarini o‘quvchi tomonidan ketma-ket o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Turli konsepsiyalar doirasida, modulli ta’lim dasturlari, turli xil tarkib va tarkibiy tuzilmalardan iborat bo‘ladi, turli shakldagi hujjatlarda taqdim etiladi, ammo ularning barchasi quyidagi uchta asosiy tarkibiy qismni majburiy ravishda o‘z ichiga oladi: maqsadli mazmuniy dastur; turli ko‘rinishlarga taqdim etilgan axborotlar banki; o‘quvchilar uchun uslubiy ko‘rsatmalar.
Modulli o‘qitish tamoyillari.
1) modullilik – o‘qitish mazmunidan alohida elementlarini bo‘lib olish;