3 I bob. O‘quvchilarda ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirishning ilmiy pedagogik asoslari



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə11/48
tarix15.04.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#98268
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   48
Saidova Parvina

Alisher Navoiyning ijodining asosini inson va uning ma’naviy dunyosi, muhabbat va go‘zallik tushunchalari haqidagi chuqur o‘y-xayollar, hayot mazmuni haqidagi fikrlar tashkil etadi. Shoir nazarida muhabbat - bu insonni yomonliklardan va ehtiyojga berilishdan forig‘ etuvchi ulug‘vor axloqiy kuch. U o‘zida olijanoblik va mardonavor ruhni, vafodorlikni, insondagi barcha imkoniyatlar va ma’naviy kuchlarning faol namoyon bo‘lish yo‘llarini aks ettiradi. Inson ruhining go‘zallikka intilishi va bu go‘zallik uchun axloqiy jasorat ko‘rsatishga tayyorlik Navoiyda shoirning ijodiy tasavvurida yaratilgan yuksak ulug‘vorlik ko‘rinishida tasvirlanadi.
Jaloliddin Davoniyning axloqiy tarbiyaga bag‘ishlangan «Axloqi Jaloliy» asari dunyoning ko‘p tillariga tarjima qilingan. Asar uch qismdan iborat. Birinchi qism - axloq faniga, ikkinchi qism - «Odamning ichki holati» oilaviy hayotiga, uchinchi qism - «Shahar (davlat)ni boshqarish va podshohlar siyosati» deb nomlanib, unda muhim ijtimoiy-siyosiy masalalar ko‘tariladi. Davoniy inson o‘zining aqliy qobiliyatini tarbiyalash uchun quyidagilarga amal qilish lozimligini uqtiradi: 1) zebn o‘tkirligi; 2) fahmlilik; 3) zehn ravshanligi; 4) bilimni tez egallash qobiliyati; 5) qo‘yilgan muammom tezda anglashi; 6) yodlash qobiliyati; 7) xotira.
Davoniy insoniy fazilatlarni to‘rtga bo‘ladi: donolik, adolat, shijoat, iffat. Davoniy g‘azabni eng og‘ir ruhiy kasallik deydi. G‘azab kishining katta nuqsoni, kamchiligi, aqlsizligidir, agar aql g‘azab va hissiyotga bo‘ysunsa, kishi hayvon darajasiga tushib qolishi mumkin, chunki hayvonning aqli bo‘lmaganligi tufayli u g‘azab va quwatini o‘ziga bo‘ysundira olmaydi. Inson aqli bola turib g‘azabni bo‘ysundira olmasa, buni hech qachon kechirish mumkin emas26.
Xoja Samandar Termiziyning “Dastur ul-muluk” asarining asl mazmuni davlatni idora qilish va yoshlarni tarbiylalashda podshohlar uchun dasturdir. Asardagi rang-barang hikmatlar, jang, voqea-hodisalar tasvirida hammadan oldin insonga xos bo‘lgan eng yaxshi ta’limiy-axloqiy xislatlar talqin etiladi. Muallif asardagi hikmatlar orqali inson ruhiyatidagi eng yaxshi sifatlar, xislatlarni ta’riflash bilan birga, har bir mamlakat podshohi, amiri, hokimi shunday sifatlar, xususiyatlarga ega bo‘lishi va ular davlatning poydevorini shu tarzda qurishi, mustahkamlanishi lozimligini qayta-qayta ta’kidlaydi. Shu sabab asarning agrchi podshohlarga ma’naviy atab yozilgan bo‘lsa ham, mamlakatning yoshlarni ma’naviy halol, pok, mustahkam, sabr-toqatli, Vatanga sodiq kishilar ruhida tarbiyalash xususidagi ahamiyati nihoyatda kattadir. “Dastur ul-muluk” asarida ma’naviy-axloqiy fazilatlar badiiy tasvir vositalari oraqli keltirib o‘tilgan: adolat, jasorat, yumshoq tabiatlilik va sabr-qanoat, mag’rur bo‘lmaslik, o‘ylab gapirish, yomon odatlardan saqlanish, muloqot, maslahatning foydasi, hasadning zarari, sabr-toqat natijasi, qarilarning yoshlarga nasihatlari haqida alohida ta’kidlab pand-u nasihatlar keltirilgan. Xoja o‘z qarashlarida mamlakatning manfaati, tinchligi uchun jon fido qilgan kishilarni “Jondan kechib, jon olib-jon berib jangga kirgan pahlavonlar”nigina jasur, dovyurak odamlar sirasiga qo‘shadi. O‘z mamlakati, xalqi or-nomusi uchun kurash ketayotgan bir vaqtda yigit aslo xayolini bekorchi narsalarga band qilmasligi, faqat jang tashvishi, g’alabani o‘ylash zarurligini uqtiradi. Jasorat haqidagi shu kabi hikmatlari, orzu-istaklari 300 yildan buyon o‘z ahamiyatini yuqotgan emas. Bugungi kunda istiqlol yo‘lida borayotgan Vatanimiz yoshlarini vatanparvarlik, dovyuraklik, mardlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega27. Ushbu asarda keltirilgan ma’lumotlar orqali ularni ma’naviyatini yuksaltirish, fazilatli avlod qilib tarbiyalash maqsad qilib qo‘yilgan.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin