II.BOB.UMURTQASIZ HAYVONLARNING YASHASH SHAROITLARGA MOSLASHISHI 2.1.Umurtqasiz hayvonlarning tarqalish muhitlari. Yer yuzida hayvonot olami ham o`simliklar singari tarqalgan. Ularning shimoliy muz qutblaridan tortib janubiy kengliklargacha, shuningdek, cho`l, dasht, tog` zonalarida ham uchratish mumkin.Hayvonot olami juda ham xilma-xildir. Hozirgi paytda yer yuzida 1500 mingdan ortiq hayvon turlari ma`lum. , tuzilishi, xulq-atvori, ko`payishi, rivojlanishi, kelib chiqishi, tabiatda va inson hayotidagi rolini o`rganadigan fan zoologiya deb ataladi.Hayvonlar bilan osimliklar murrakkab tuzilishga ega bolib ularning umumiy oxshashlik tomonlari xam bor. Masalan: ularning xar ikkalasi xam xujayralardan tuzilgan ikkalasi xam oziqlanadi osadi rivojlanadi kopgina xayotiy jarayonlari xam juda oxshash ketadi. Bularning xammasi hayvonlar bilan osimliklar birbiriga qarindosh ekanligini, ular bir negizdan tarqalganligini ko`rsatadi. Lekin shu bilan birga ular o`rtasida katta farqlar xam bor. Masalano`simliklar esa avtotrof organizmlardir. Xayvonlar yuradi, xarakat qiladi, noqulay sharoitdan qulay sharoitga o`tadi. O`simliklar esa bir xil sharoitda ekiladimi o`sha er sharoitga moslashsa o`sadi, moslasha olmasa nobud bo`ladi. Shuning uchun xam hayvonlar soni o`simliklarga nisbatan 3 barobar ortiqdir.Hayvonlar, hayvonot dunyosi — organik olam sistemasidagi yirik boʻlimlardan biri. Hayvonlarning bundan 1 — 1,5 mlrd. yil ilgari okean suvida mikroskopik, xlo-rofillsiz amyobasimon xivchinlilar shaklida paydo boʻlganligi taxmin qilinadi. Hayvonlarning eng qad. qazilma qoldiqlari yoshi 0,8 mlrd. yildan oshmaydi. Koʻp hujayrali Hayvonlar — boʻshliq-ichlilar, chuvalchanglar, tuban boʻgʻim-oyoqlilarnpnt dastlabki qoldiqlari soʻnggi kembriy qatlamlaridan boshlab (mil.dan 690—570 mln. yil av.) uchraydi. Kembriy davri boshlarida (mil.dan 570—490 mln. yil av.) tashqi mineral skeletli (chigʻanoqli yoki xitinli) dengiz umurtqasizlarining koʻpchilik guruxlari (trilobitalar, jabraoyoqlilar, arxeotsiatlar) rivojlangan. Kembriyning oxirida tashqi skeletga ega boʻlgan umurtqasizlar (toʻgarak ogʻizlilartsht qadimgi ajdodlari) kelib chiqqan. Silurda (mil.dan 445—400 mln. yil av.) Hayvonlar oʻsimliklar bilan bir vaqtda quruqtik yuzasini egallay boshlaydi. Silurning keyingi davrida, dastlabki chayonlar, devon oxiridan boshlab (mil.dan 400—345 mln. yil av.) dastlabki quruqlikda yashovchi umurtqa-lilar — suvda hamda quruqlikda yashovchilar rivojlangan. Karbon davrida (mil.dan 345—280 mln. yil av.) quruqlikda umurtqasizlardan hasharotlar, umurtqalilardan tuban tuzilishga ega boʻlgan sudralib yuruv-chilar va suvda hamda quruqlikda yashovchilar, Mezozoyning trias, yura va boʻr davrlarida (mil.dan 230—66 mln. yil av.) sudralib yuruvchilar hukmronlik qilgan. Trias oʻrtalarida (mil.dan 230—195 mln. yil av.) di-nozavrlar, bu davr oxirida sut emi-zuvchilar kelib chiqqan. Qushlar yura davrining oxiridan (mil.dan 195— 136 mln. yil av.) maʼlum.
Boʻr davrining oxiriga kelib (mil.dan 136— 66 mln. yil av.) koʻpchilik dengiz va quruqlikda yashovchi sudralib yuruvchilar, jumladan. dinozavrlar qirilib ketadi; ular oʻrnini qushlar va sut emizuv-chilar egallaydi.
Hayvonlar— geterotrof organizmlar, yaʼni ular tayyor organik moddalar bilan oziqlanadi. Hayvonlarda metabolizm faol kechishi tufayli ularning oʻsishi cheklangan. Evolyutsiya jarayonida har xil organlar funksional sistemasi: mus-kul, ayirish, nafas olish, qon aylanish, jinsiy va nerv sistemalarining shakllanishi Hayvonlar uchun xos boʻlgan eng muhim xususiyatlardan hisoblanadi. Hayvonlar hujayrasi qattiq sel-lyuloza qobiqning boʻlishi bilan oʻsimliklardan farq qiladi. Biroq Hayvonlar bilan oʻsimliklar oʻrtasidagi farq nisbiy. nerv va boshqa sistemalari boʻlmaydi; koʻp hujayrali hayvonlar orasida ham oʻtroq yashaydiganlari koʻp (mas, gʻovaktanlilar, boʻshliqichlilar, mshankalar, assidiyalar, koʻp tukli chuvalchanglar). Ayrim organizmlarni oziqlanish usuli (fotosintez) va harakatlanishiga binoan bir vaqtning oʻzida Hayvonlarga ham, oʻsimliklarga ham kiritish mumkin (mas, evglenasimonlar, volvokslar va boshqalar). Hayvonlar bilan oʻsimliklar oʻrtasida keskin chegaraning boʻlmasligi ularning kelib chiqishidagi umumiylik bilan bogʻliq. Hayvonlar va oʻsimliklarning hujayralardan tuzilganligi, ular tanasida boradigan moddalar almashinuvi irsiyat va oʻzgaruvchanlik qonuniyatlarining oʻxshashligi va boshqa ana shundan dalolat beradi.