3-Kurs 303-guruh talabasi Ulasheva Kamolaning 1-hafta Malakaviy Pedagogik amaliyotidan hisoboti



Yüklə 18,4 Kb.
tarix05.03.2023
ölçüsü18,4 Kb.
#86690
1-hafta hisoboti


Termiz Davlat Pedogogika Instituti
Matematika va Informatika fakulteti
Matematika va Informatika yo’nalishi
3-Kurs 303-guruh talabasi
Ulasheva Kamolaning
1-hafta Malakaviy Pedagogik amaliyotidan
HISOBOTI
Men 3-bosqich “Matematika vainformatika” talim yo’nalishi 303-guruh talabasi Ulasheva Kamolaning 2022-yil 4-fevraldan 11-fevralgacha Qamashi tuman xalq ta’lim bo`limiga qarashli 63-sonli umumiy o`rta ta’lim maktabida malakaviy pedagogik amaliyotida bo`ldim.
Qamashi tuman xalq ta’lim bo`limiga qarashli 63-sonli umumiy o`rta ta’lim maktabiga malakaviy pedagogik amaliyotining 1-haftasini o`tash uchun kirishdim. 4-fevraldan boshlab 11-fevralgacha Qamashi tuman xalq ta’lim bo`limiga qarashli 63-sonli umumiy o`rta ta’lim maktabiga malakaviy pedagogik amaliyotining 1-haftasini o`tash uchun bordim.
Men amaliyotning birinchi kuni maktabga bordim. Dars jarayonini to`g`ri tashkil etishga va o`quvchilarni darsga qiziqtirib yangi mavzuni zamonaviy Ped texnologiyalar va metodlar va asosida o`tish va o`quvchilarga tushunarli qilib yoritib berish, o`quvchilarga to`g`ri yo`nalish berish haqida o`z ko`rsatmalarini berdi. Amaliyotning birinchi haftsida tashkiliy ishlar bilan shug`illandim. Ma`naviy va ma`rifat ishlari bo`yicha direktor o`rin bosari va o`qituvchi ko`magida tadbir rejalarini tuzish va o`quvchilar bilan birga ishlash tamoyillarini o`rganib chiqdim. Kundalik va tahlil daftarga dars jarayonini va qilingan ishlarni yozib ketish haqida ham tushuncha berildi. Men bu yerda maktabdagi amaliyot rahbarim bilan birgalikda menga biriktirilgan 5-“D” sinf bilan tanishdik va amaliyot jarayonida sinf o`quvchilari bilan ishlab ularning dars jarayonlarini tahlil qilib kuzatdim va keraklicha bilim ko`nikma hosil qildim.
Malakaviy pedagogiklarning dars jarayoniga kirib dars o`tish texnologiyasi o`qituvchining pedagogik mahoratini kuzatdim, o`quvchilar bilan ishlash texnologiyasi o`rgandim va dars jarayonini tahlil qildim. Matematika fani oʻqituvchisining dars oʻtish jarayonlarini kuzatdim, oʻquvchining pedagogik mahorati oʻquvchilarni oʻziga qamrab olishi menga yoqdi va dars davomida keraklicha bilim koʻnikmaga ega boʻldim, matematika xonasi zamonaviy koʻrgazmali qurollar va darslikga oid kitoblar bilan boyitilgan, dars davlat taʼlim standartlari asosida olib borildi, vaqt taqsimoti meʼyorda. Amaliyot darslarini kunlik kuzatib tahlil qilib bordim.
XULOSA
Men bir oylik malakaviy amaliyoti davrimda Qashqadaryo viloyati Qamashi tuman xalq taʼlim boʻlimiga qarashli 63-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida maktab ichki-tartib qoidalari bilan yaqindan tanishdim, oʻquvchilar bilan birga ishlashni, oʻqituvchilarning pedagogik mahoratini kuzatdim va oʻqituvchilik kasbi qanchalik sharafli va masʼuliyatli ekanligini anglab yetdim. Xalqimizda "Ustoz otangdek ulugʻ" degan hikmatli naql bejizga aytilmagan ekan. Dunyoda kasblar koʻp ammo ularning ichida eng ulugʻ va sharaflisi oʻqituvchilikdir. Maktab jamoasi juda ahil va inoq, shu oʻrinda ustoz shogird ananasi hali hamon oʻz kuchida. Oʻquvchilarni har doim maktab formasida, dars jarayonlarini kuzatib ota-onalari bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan maktabda barcha fanlardan toʻgaraklar va har xil fanlar aro musobaqalar, sport musobaqalari ham tez-tez oʻtkazilib turar ekan.
Maktab direktori: _________
_______________________ (imzo)
Fan o`qituvchisi: _________
_______________________ (imzo)
Yüklə 18,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin