3-курс Тупроқшунослик йўналиши кундузги бўлим талабаларига тупроқ физикаси фани бўйича курс иши мавзулари


Tuproq issiqlik rejimining ahamiyati vа uni yaxshilash tadbirlari



Yüklə 89,95 Kb.
səhifə8/10
tarix20.07.2023
ölçüsü89,95 Kb.
#136931
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Тупроқ физикаси Курс иши бўйича топшириқ ва намуна (2)

3.3. Tuproq issiqlik rejimining ahamiyati vа uni yaxshilash tadbirlari

Turli o'simliklaming optimal (mo'tadil) o'sib rivojlanishi uchun, uning ayrim vegetativ davrlarida har xil miqdordagi issiqlik talab etiladi. Jumladan, ekinlaming urug'i 0-1 dan past bo'lmagan haroratda unib, ko'karib chiqadi. Tuproqdagi issiqlik (ma'lum chegaragacha) qаnсhаlik yuqori bo'lsa, o'simliklaming o'sib rivojlanishi shunchalik tez boradi. Yuqori harorat ham o'simliklarga salbiy ta'sir etadi. Jumlаdаn, kartoshkada tugалаklагпiпg hosil bo'lish jarayoni pasayadi. Past haroratda o'simliklaming o'sishi susayib, vegetasiya davri cho'ziladi va o'simliklar hosili ozayadi. Bunday sharoitda o'simliklarga tuргоqdал пат va oziq moddalar, ayniqsa, fosfor harnda azotning o'tishi kamayadi, biologik-kimyoviy jarayonlar susayib, oziq moddalaming almashinuvi buziladi. Bularning barchasi ekinlar hosildor\igining kamayishiga olib keladi.


Tuproq harorati mikroorganizmlarning hayot faoliyatiga va ular ta'sirida kechadigan biokimyoviy jarayonlar (organik moddalar qoldiqlarining parchalanishi, ammonifikasiya, nitrifikasiya va boshqa jarayonlar) ga katta ta'sir etadi. Ko'pchilik mikrоогgалizmlаг uchun optimal harorat 25-35 atrofidadir.
Tuproq haroratining oshishi bilan tuproq eritmasidagi gazlarning eruvchanligi kamayadi, ammo kimyoviy reaksiyalar aktivligi oshadi. Qо'llаnilаdigаn o'g'itlar samarasi, tuproqdagi namning bug'lanishi va uning tuproq gorizontlari bo'ylab tarqalishi ham haroratga bog'liq. Tuproqning issiqlik rejimi sharoitlarini yaxshilash yo'li bilan quyosh radiasiyasini tartibga solish, uning ta'sir kuchini pasaytirish yoki havoga tarqalishi bilan uning yo'nalishini kamaytirishga qагаtilgал tadbirlar sistemasini ishlab chiqishda muhim гоl o'ynaydi. Shimoliy rayonlarda yozgi mavsumda namlik yuqori bo'lishi va quyosh radiasiyasining kam tushishi sababli, tuproq haroratini oshirishga, Janubiy qurg'oqchil rayonlarda esa, uni pasaytirishga qaratilgan tadbirlar olib boriladi.
Quyosh issiqligini tartibga solish tadbirlari sistemasiga tuproq yuzasini o'simlik qoplami bilan sоуаlаntiгish va mulchalash, yerni ishlashning ba'zi usullaridan (yumshatish, qatok bosish) foydalanish, ekinlarni pushtaga ekishni qo' llanish singarilar kiradi. O'simlik qoplami tuproq yuzasini soyalantirib, quyosh issiqligining kelishini kamaytiradi, shu bilan haroratning pasayishiga olib keladi. Mu\chalash, ya'ni mayda torf, chirindi, go'ng, somon, mulchalash qog'ozi, plyonka kabi turli materiallar bilan tuproq yuzasini yopish yoki berkitish orqali tuproq harorati tartibga solinadi. Bu agrotexnik usul ayniqsa, sabzavotchilikda keng ishlatiladi. Наr qanday mulchalash bilan уорilgаn tuproq yuzasidan namning bug'lanishi va shu bilan issiqlik sarfi ham kamayadi. Mulchalash issiqlikning sutkalik o'zgarishini tartibga soladi. Mulchalash keyingi yillarda paxtachilikda ham qо'lIалilа boshlandi. M.V.Muharnmadjonovning ma'lumotiga ko'ra (1982) g'o'za ekilgan qatorlarni yupqa (0,5 mm) qora plyonka bilan mulchalash orqali asosan qalin qatqaloq hosil bo'lishining oldini olishga, tuproq haroratini 1,5-4°С ko'tarishga, chigitlarning to'la to'kis unib chiqishiga, o'simliklar rivojini 810 kunga tezlashtirishga va paxta hosilini gektariga 5-6 s oshirish imkoniyatiga ega bo'linadi.
Yemi ishlash va tuproqning ustki qismi yumshatish tuproq issiqligining tez almashib turishini ta'minlaydi. Tuproq haroratini tartibga solishning eng muhim vositalaridan уапа biri, qishloq xo'jalik ekinlarini sug'oгishdir. Sabzavotchilikda tuproqning issiqlik rejimini yaxshilash uchun tuproq yuzasi va havoning quyi уег usti qatlamini isitish tadbirlaridan foydalaniladi. Shu maqsadda bioyoqilg'i, issiq suv, bug' va elektr isitkichlardan foydalanish va plyonka bilan yopish usullari qo'llaniladi. Tuproq haroratini oshirish uchun bug' va issiq suv bilan isitish usulidan keng foydalaniladi. Shu maqsadda tuproqning yuqori madaniy qatlamlaridan 40-70 sm chuqurlikda qilib, trubalar o'tkaziladi va ular orqali issiq suv, bug' yuboriladi. Sovuq davrlarda tuproqning issiqlik rejimini yaxshilash, uchun qor to'plash meliorasiyasidan foydalaniladi. Qor to'plangan maydonlarda kuzgi-qishki ekinlar muzlashdan saqlanadi, tuproqda nam ko'payadi va natijada ekinlar hosili oshadi. Quyoshdan keladigan nur, Yer sharining ichki issiqligi, atmosfera radiatsiyasi, organik moddalarning parchalanishiga bog‘liq biokimyoviy jarayonlar va radioaktiv yemirilish tuproq tarkibidagi issiqlik manbai hisoblanadi.
Issiqlik tuproqdagi juda muhim xususiyatdir. O‘t-o‘simliklarning ildizi orqali oziqlanishi, o‘sishi, rivojlanishi, hayvonot dunyosining yashashi, ko‘payishi, mikroorganizmlar hayoti, mineral moddalarning hosil bo‘lishi issiqlik bilan bog‘liq. Issiqlik harorat o‘zgarishi bilan belgilanib, tuproqdagi (qattiq, suyuq va gaz) fazalar o‘rtasidagi jarayonlarni boshqarib turadi. Quyosh va radiatsiyadan kelayotgan issiqlik, tuproqda asosiy o‘rin egallaydi, qolganlari esa ikkinchi darajali ahamiyatga ega. Quyoshdan yer yuzasiga keladigan issiqlik energiyasi 8,296 Dj (sm2/min)ga teng yer ichki energiyasi esa 4,19.10¯4 Dj (sm2/min), asosiy qismi atmosferada ushlanib, relyef, o‘simlik qoplami, yil fasli, atmosfera holati va tuproqning issiqlik xususiyatlari bilan bog‘liqdir.
Tuproqda issiqlikning harakati, yutilishi, energiyasining harakat majmualari issiqlik xususiyatlariga kiradi. Ular tuproq tomonidan issiqlik yutilishi, qaytarilishi, o‘tkazuvchanligi, hajm yutilish qobiliyatidan iboratdir. Tuproq tomonidan issiqlik yutilishi va Quyosh nuri ma’lum qismining yer yuzasidan qaytarilishi (albedo-A va Q-qaytarilish) Quyosh radiatsiyasi (Q-umumiy) o‘lchamlari orqali hisoblanadi:
A= (Q/Q)*100

Quyosh nurining umumiy radiatsiyasi va uning tuproq yuzasidan qaytarilishi Dj(sm2/min)larda o‘lchanadi. Albedo tuproq rangi, namligi, donadorligi, organik moddalar miqdori, mexanik tarkibi va yuzaning tuzilishiga bog‘liq. Yorug‘lik energiyasining tuproq yuzasidan qaytarilishi (810-30 %) Albedo kattaligi o‘simlik va qor qoplamiga ham bog‘liq. Solishtirma issiqlik sig‘imi deb, 1 g absolyut quruq tuproqdan 10 S dan 14,5-15,50 S chiqaradigan yoki yutiladigan issiqlik miqdoriga aytiladi. Hajmiy issiqlik sig‘imi esa quruq holatdagi 1 sm3 tuproqni 10 isitilganda yoki sovutilganda ketadigan issiqlik bilan aniqlanadi. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan issiqlik o‘lchamlari tuproqning fizik xossasi, granulometrik va mineralogik tarkib, organik moddalar miqdori, donadorlik va tuproq tuzilishi holati bilan bog‘liq. Bo‘z tuproqlarning issiqlik sig‘imi 0,91 Dj (g/grad)ga teng. Yengil mexanik tarkibli qumli tuproqlar issiq, loyli tuproqlar issiqlikni sekinlik bilan olsa-da, sovuq hisoblanadi. Tuproqning issiqlik rejimlari A.P.Vaykov, A.F.Chudnovskiy, M.I.Budiko, A.M.Shulgin, V.N.Dimo, O‘zbekistonda I.T.Turopov va uning shogirdlari tomonidan o‘rganilgan.


Respublikamizda tuproqning issiqlik holati tog‘, tekislik va cho‘l mintaqalarida turlicha bo‘lib, madaniy o‘simliklarning rivojlanishi uchun yetarlidir. Dehqonchilikda, paxtachilik va sabzavotchilikda erta bahorda tuproqdagi harorati va namlikni optimal rejimda saqlash uchun shaffof polimer plyonkalardan foydalanib urug‘lar ekiladi.
Tuproqning harorat tartibotiga sugʻorishning taʼsiri toʻgʻrisidagi ayrim maʼlumotlar paxtaoroldagi Bosh geofizik observatoriyasidagi materiallarda keltirilgan. Sugʻoriladigan paxta dalalaridagi haroratning oʻziga xos xususiyati yarim choʻl tuproqlariga solishtirilganda, havo gradiyentining kunduzi ham, kechasi ham kamayishi, shuningdk sutkalik tebranishlar amplitudasi hisoblanadi. Eng yuqori keskin farq tuproqning yuqorigi 50 sm li qatlamida kuzatilgan, bu yerda gradiyent togʻ jismlarining nurashida, tuproq qatlamlarida suv, ozuqa unsurlari va havoning xarakatiga katta taʼsir qiluvchi termik koʻrsatkichlar, uning manbalari, rejimi xamda tuproq unumdorligini boshqarishdagi roli koʻrsatilgan.
Tuproqning issiklik xossalari uning unumdorligini koʻrsatuvchi omillardan boʻlib, oʻsimlik xayoti va tuproqda ketadigan butun biologik, ximiyaviy nurash jarayonlariga taʼsir koʻrsatadi. Togʻ jinslarining nurashi, qattiq, suyuq, gazsimon xolatdagi moddalarning oʻzaro ximiyaviy va fizikaviy munosabati, tuproq va undagi tirik organizmlar oʻrtasida suv va moddalar almashinuvi va hokazolar bevosita termik omillar "gaʼsirida oʻzgarib turadi. Tuproq termik rejimining asosiy manbai quyosh Energiyasidir.
Tuproqda ketadigan bioximik jarayonlar, oksidlanish—qaytarilish jarayonidagi hamda tuproqning hoʻllanishidan ajralib chiqadigan issiqliklar termik rejimining manbalari hisoblanadi. Issiqlikning asosiy manbai boʻlgan quyosh yer yuzining har 1 sm2 yuzasiga bir minutda oʻrta hisobda, 1,946 kaloriya issiqlik beradi. Bu quyoshning oʻzgarmas issiqlik miqdori deyiladi. Yer (ozasiga tushadigan energiya miqdori joyning geografik (sengligiga qarab qutbdan ekvatorga ham juda turlicha boʻladi. Tuproq quyosh energiyasining hammasini ham yutavermaydi. Bu energiyaning bir qismi Yer yuzasiga yutilmasdan, atmosferaga qaytadi.
Maʼlum yer yuzasiga tushgan energiyaning shu yer yuzasi qaytargan energiyaga nisbatinint protsent bilan ifodalangan miqdori albedo (yer yuzasining qaytarish qobliyatining oʻlchovi) deyiladi. Albedo har hil yer yuzalari uchun juda oʻzgaruvchan boʻladi, buni kuyidagi baʼzi bir misollarda koʻrish mumkin (% hisobida). Qoʻriq qora tuproq— 14, nam qora tuproq — 8 — 9, choʻl zonasidagi soz boʻz tuproq —29 —31, oq, qum — 40, suv yuzasi— 10, turib qolgan qor — 70, haydalgan va yuzasi tekislangan boʻz tuproq — 30 — 31, yangi xaydalgan va yuzasi tekislanmagan boʻz tuproq— 17, sholipoya— 12, paxta maydoni — 20 — 22, quruq shudgor – 20, nam shudgor— 14. Yuqorida keltirilgan misollardan koʻrinib turibdiki, tuproqning quyosh energiyasini yutish qobiliyati quydagi omillarga boʻladi: tuproqning rangi qanchalik qoramtir boʻlsa, albedo koʻrsatkichi shunchalik kichik boʻladi; notekis yuza silliq yuzaga nisbatan xamma vaqt kam albedoga ega boʻladi; tuproqninshamligi osha borishi bilan uning rangi xiralashadi (yaʼni qoramtirroq rang) vatq natijada albatta kamayadi, Biroq tuproq suv bilan toʻla toʻyinganda unda yaltirok yuzaning paydo boʻlishi albedoning yaʼna oshishiga olib ketshshi mumkin.

Yüklə 89,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin