3-kurslar uchun O‘quv-uslubiy majmua


Nutq qobiliyatini o’stirish vositalari



Yüklə 1,09 Mb.
səhifə163/227
tarix29.12.2022
ölçüsü1,09 Mb.
#78106
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   227
3-kurslar uchun O‘quv-uslubiy majmua

Nutq qobiliyatini o’stirish vositalari. Matn o’qish. Matnni baland ovozda o’qish. Bunda vaqti-vaqti bilan faraz qilinayotgan auditoriyaga nigoh tashlab turing. Bunda faraziy ko’z qarashlar orqali erkin nutq hissiga erishishga harakat qiling. Shu bilan birgalikda matnning keyingi so’zlarini bir zumda oldindan o’qib xotirangizda saqlash va keyin talaffuz qilishga o’rganing. Shunda nutqingizda uzilish bo’lmaydi.
Matn ma’nosini etkazib berish. Matnning ikkitadan beshta gapgacha bo’lgan qismini o’qib uni gapirib bering. Bunda so’zma-so’z gapirishga yoki o’z so’zlaringiz bilan ifodalashga harakat qiling.
Fikr yuritish. Erkin nutqqa ko’p marotaba o’qish yoki yodlash olib kelmaydi. Aksincha bu maqsadga erishishga konspekt va tayanch iboralar asosida nutq tuzish va fikr yuritish zamin yaratadi.
“Fikr yuritish” iborasidan tafakkur va nutq o’rtasidagi mustahkam bog’lanishni belgilash uchun foydalanamiz. Bu degani, fikrning asosi kalit so’zlar qatori orqali ifodalangan. Bitta fikrni kalit so’zlarga tayangan holda turlicha shakllantirish mumkin.
Hikoya. O’zingiz yoki boshqa kimdir bilan sodir bo’lgan voqealarni gapirib berishda mashq qiling.
Ish yuzasidan axborot berish. Gazeta maqolasidan kalit so’zlar majmuasini tayyorlang va “o’zingizning so’zlaringiz”ga o’girgan holda uning mazmunini yoriting. Shundan so’ng maqolani birgina gapgacha qisqartiring, keyin esa o’z fikrlaringizni qo’shish orqali uni kengaytiring.
Rasmlarni sharhlash, ekspromt tarzda nutq so’zlash ham katta samara beradi.
Notiq nuqtai nazarini ifodalovchi nutq. Aniq mavzuga (xobbi, kasbiy maqsad va hokazo) bag’ishlangan 3 minutdan 5 minutgacha bo’lgan axborot tayyorlang. Uning boshki qismida kalit so’zlardan foydalaning, oxirgi qismini esa erkin tarzda shakllantiring (nutqni ham ovoz chiqarib, ham ovozsiz takrorlab ko’ring). Maqolada berilgan ma’lumotga o’z munosabatingizni aniqlang: shu fikrga qo’shilasizmi yo’qmi? Fikringizni tasdiqlovchi qo’shimcha ma’lumotlar keltiring.
Notiqlar nutqini o’rganish. Notiqlar chiqishlarini kuzatganda ularni ikki nuqtai nazardan tahlil qiling:
1) nima deyildi?
2) qanday aytildi? (ovoz kuchi, balandligi, urg’u, temp, talaffuzi, imo-ishora).
Nutq tahlili. CHop etilgan nutq “jonli” nutqni aynan ifodalay olmaydi, lekin ko’p narsaga o’rgatishi mumkin: tuzilishi, kompozitsiyasi, uslub va boshqaga.
Munozaralar. Nazariy tayyorgarlik, mashqlarni mustaqil bajarganingizdan so’ng oldin kichik, keyin esa kattaroq auditoriyalar oldida nutq so’zlashda mashq qilishingiz kerak.
Nutq. Endi dokladga o’tsa ham bo’ladi. Buning uchun oldin o’zingiz puxta bilgan bilimlar sohasini tanlang va barcha ko’rsatmalarni yodda tutgan holda nutq so’zlashga harakat qiling.



Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   227




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin