3-kurslar uchun O‘quv-uslubiy majmua


Malakaviy pedagogik amaliyotni tashkil etish va o’tkazish bo’yicha tavsiyalar



Yüklə 1,09 Mb.
səhifə224/227
tarix29.12.2022
ölçüsü1,09 Mb.
#78106
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   227
3-kurslar uchun O‘quv-uslubiy majmua

Malakaviy pedagogik amaliyotni tashkil etish va o’tkazish bo’yicha tavsiyalar
Malakaviy pedagogik amaliyot jarayonida quyidagi vazifalar hal qilinadi:
-talabalarda tarbiyaviy ishga ongli, mas’uliyatli munosabatni shakllantirish, tarbiyaviy ishni tashkil etish mahoratini tarkib toptirish;
guruh murabbiyining kasbiy ahamiyatli sifatlarini o’zlashtirishni ta’minlash;
muayyan pedagogik vazifalarni amalga oshirish orqali pedagogik- psixologik bilimlarni amaliy faoliyat jarayonida mustahkamlash va boyitish;
tarbiyaviy ishni tashkil etishga doir ko’nikma va malakalarni rivojlantirish;
tarbiyaviy ishga ijodiy-izlanishli yondashish, tarbiyaviy ishni ilmiy tashkil etish malakasini hosil qilish;
umumiy o’rta ta’lim va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalaridagi tarbiyaviy ishlarni tashkil etishga doir ilg’or tajribalar bilan tanishis;
guruh murabbiysi, “Yoshlar ittifoqi” yoshlar ijtimoiy harakati, ota-onalar Kengashining ish rejalari bilan tanishish;
o’quvchilarning individual va yosh hususiyatlarini o’rganish maqsadida amaliyotchi talabalarning o’quvchilar bilan muloqati va o’zaro hamkorligini tashkil qilish;
iqtidorli va tarbiyasi og’ir o’smirlar bilan tarbiyaviy ish olib borish malakasini tarkib toptirish.
Talaba malakaviy pedagogik amaliyot davrida quyidagi ko‘nikma va malakalarni egallashi zarur:
o’quvchilar jamoasining ijtimoiy-psixologik va yosh xususiyatlarini hamda ma’naviy-axloqiy, fuqarolik tarbiyasining umumiy maqsadlaridan kelib chiqqan holda aniq tarbiyaviy vazifalarni belgilay olishi:
tarbiya jarayonini to’g’ri loyihalashtirish va rejalashtirish maqsadida o’quvchilar jamoasi va o’quvchi shaxsini o’rganish;
guruh murabbiysi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, ota-onalar Kengashining ish rejalarini tuzish hamda ma’naviyat va tarbiyaviy soatlarni, ota- onalar yig’ilishini o’tkazish;
tarbiyaviy tadbirlar ssenariysini ishlab chiqish, tadbirlarni tashkil etish va o’tkazish;
ta’lim muassasasining oila va mahalla bilan hamkorligini tashkil etish;
sinfdan va ta’lim muassasasidan tashqari ishlarni tashkil etish va o’tkazish.
Malakaviy pedagogik amaliyot jarayonida talaba tomonidanbajariladigan topshiriqlarining umumiy ro’yxati:
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasini tuzish.
O’ziga biriktirilgan guruh bilan ishlash.
Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish.
Ota-onalar bilan ishlash.
To’garaklar faoliyatini o’rganish va mashg’ulotlar o’tkazish.
Tarbiyaviy soatlarni o’tkazish.
“Yoshlar ittifoqi” yoshlar ijtimoiy harakati faoliyatini o’rganish.
Dasturning informatsion-uslubiy ta’minoti
Mazkur fanni o’qitish jarayonida ta’limning zamonaviy metodlari, pedagogik va axborot-kommunikasiya texnologiyalari qo’llanilishi nazarda tutilgan:
ma’ruza darslarida zamonaviy kompyuter texnologiyalari yordamida prezentasion va elektron-didaktik vositalardan;
amaliy mashgulotlarida ta’limning interfaol metodlari dan keng foydalaniladi.
Didaktik vositalar
Jihozlar va uskunalar, moslamalar: elektron doska - Hitachi, LCD- monitor, elektron ko'rsatgich (ukazka).
Video-audio uskunalar: video va audiomagnitofon, mikrofon, kolonkalar. Kompyuter va multimediali vositalar: kompyuter, Dell tipidagi proyektor, DVD- diskovod, Web-kamera, video-ko'z (glazok).

«Umumiy pedagogika» fani bo’yicha talabalarning semestr davomidagi o’zlashtirish ko’rsatkichi 5 baholik tizimda baholanadi.





Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   227




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin