3-kurslar uchun O‘quv-uslubiy majmua



Yüklə 1,09 Mb.
səhifə106/227
tarix29.12.2022
ölçüsü1,09 Mb.
#78106
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   227
3-kurslar uchun O‘quv-uslubiy majmua

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR



  1. Hozirgi vaqtda ta’limni tashkil etishning qanday shakllari keng tarqalgan?

  2. Ta’limni tashkil etishning individual tizimiga izoh bering.

  3. Sinf-dars tizimining afzalligi va kamchiliklari nimalarda namoyon bo’ladi?

  4. Ma’ruza-seminar tizimining o’ziga xosligini izohlang.

  5. Dars deb nimaga aytiladi?

  6. Darsning qanday turlari mavjud?

  7. Darsga qo’yiladigan talablarni tushuntirib bering.

  8. O’qituvchining darsga tayyorgarlik ko’rishi qanday bosqichlarni o’z ichiga oladi?

  9. Ta’limni tashkil etishning yordamchi shakllariga nimalar kiradi?

13- mavzu: Ta’lim metodlari va vositalari
1.Ta’lim metodlari tushunchasi. An’anaviy o‘qitish metodlari klassifikatsiyasi. Ta’limda innovatsion metodlar. Interaktiv dars shakllari, metodlari va vositalari.
2.Ta’lim metodlarini tanlashga qo’yiladigan talablar. Ta’limning zamonaviy vositalari. Ta’lim ko‘rgazmali va texnik vositalar. Texnik vositalarga qo’yiladigan didaktik talablar. Ta’lim vositalarini funktsiyalari.
3.Ta’limni tashxis etish. O’zlashtirishni nazorat qilish printsiplari. O’zlashtirishni tekshirish bosqichlari. Pedagogik jarayonda bilimlarni nazorat qilish funksiyalari va shakllari. O’quvchilar bilimini nazorat qilish turlari va metodlari.
4.O’quvchilar o‘zlashtirishi va bilim sifatini baholashning reyting tizimi. Pedagogik testlar. Bilimlarni test usulida baholashning o’ziga xos xususiyatlari
Metod, usul va texnologiya. Ta’lim metodi tushunchasi anchagina murakkabdir. Shu bois pedagogikada uning tobora aniq talqini xususida munozara haligacha davom etmoqda. Biroq bu tushunchaga beriladigan didaktlarning turli ta’riflariga qaramay, ularning nuqtai nazarlarini yaqinlashtiradigan qandaydir umumiylikni ham ta’kidlash mumkin. Ko’pchilik mualliflar ta’lim metodini o’quvchilarning o’quv bilish faoliyatini tashkil etish usuli, deb hisoblashga moyildir.
Shu qoidani boshlang’ich nuqta bilib, mazkur tushunchani yanada batafsil ko’rib chiqish va uning ilmiy ta’rifiga kelishga harakat qilamiz.
Metod so’zi yunoncha tadqiqot, maqsadga erishish yo’li, usuli deganidir. Metod – eng umumiy ma’noda – maqsadga erishish usuli, ma’lum tarzda tartibga solingan faoliyat. Ko’rinadiki, bu o’rinda ham o’qituvchining o’rgatuvchi ishi va u tashkil etgan o’quvchilarning faol o’quv-bilish faoliyati uyg’unlashadi.


Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   227




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin