Ishdanmaqsad: Lokal tarmoqda yaratilgan VLAN lar o‗rtasida marshrutizatsiyani amalga oshirish va VTP protokolini ishlash tamoyili bo`yicha amaliy ko`nikmaga ega bo`lish.
Ushbu laboratoriya ishi bo`yicha topshiriq 2 qismdan tashkil topgan.
topshiriq:
Cisco Packet tracer muhitida lokal tarmoq yarating va qurilmalarning bazaviy parametrlarini sozlang (5.2-rasm);
Har bir kommutatorda VLAN ID yarating va kommutatorlar o`rtasida trank rejimini sozlang;
VLAN lar o‗rtasida marshrutizatsiyani Router-on-a-Stick usuli bo`yicha sozlang (5.3-rasm);
Har bir kommutator konfiguratsiya natijalarini tahlil qiling.
topshiriq:
Qurilgan tarmoq bo`yicha VTP protokolini sozlang va ishlash tamoyilini tushuntiring (5.4).
Har bir kommutator konfiguratsiya natijalarini tahlil qiling.
1-topshiriqbo`yichaqisqachanazariyma‟lumot
Ma‘lumot uzatish tarmoqlarining samaradorligini oshirish va xavfsizligini ta‘minlashda lokal tarmoqlarda VLAN lar tashkil etiladi. VLAN tarmog`i fizik emas, mantiqiy bog`lanishga asoslangan bo`lib, lokal tarmoqda qurilmalarni guruhlaydi. VLAN tarmog`i doirasidagi qurilmalar guruhi xuddi qurilmalar bitta o`tkazgich yordamida ulangandek bo`ladi.
VLAN tarmog`i administratorga foydalanuvchilarni yoki qurilmalarni qayerda joylashganligiga bog`liq bo`lmagan holda qo`llanilish sohasi yoki loyihalash guruhi funktsiyasi bo`yicha segmentatsiyani amalga oshirishga yordam beradi. Kommutatorning ixtiyoriy porti VLAN ga tegishli bo`lishi mumkin. Bir adresli (unicast), ko`p adresli (multicast) va keng eshittirishli (broadcast) paketlarni uzatish va qabul qilish faqat o`sha VLAN doirasida bo`ladi. Har bir VLAN alohida mantiqiy tarmoq hisoblanadi. VLAN ga tegishli bo`lmagan stantsiyalar paketlarni jo`natish uchun marshrutizatorlar orqali uzatiladi.
VLAN tarmog`i LAN ning bir nechta segmentlarini qamrab oluvchi mantiqiy keng eshittirishli (broadcast) domenni yaratadi. VLAN tarmog`i quyidagi avzalliklarga ega:
Xavfsizlik: muhim ma`lumotlarga ega bo`lgan guruhlarni tarmoqning boshqa qismlaridan ajratiladi. Uning yordamida axborotni maxfiyligini buzilish extimolligini kamaytiradi;