3-laboratoriya ishi: Yarimo‘tkazgichli diod parametrlari va xarakteristikalarini tadqiq etish. Ishning maqsadi



Yüklə 92,6 Kb.
səhifə4/5
tarix07.01.2024
ölçüsü92,6 Kb.
#207975
1   2   3   4   5
3-laboratoriya ishi Yarimo‘tkazgichli diod parametrlari va xara-fayllar.org

Quvvat kuchaytirgichida bo‘ladi, ya’ni kirish signali manbai bilan muvofiqlashgan bo‘ladi.
va kuchaytirgich yuklama qarshiligi qiymatlari nisbatlarini kuchlanish kuchaytirgichi ( << ), tok kuchaytirgichi ( >> ) va quvvat kuchaytirgichi ( ) ga ajratish mumkin.
Bundan tashqari, o‘zgarmas tok kuchaytirgichi parametri bo‘lib nol dreyfi hisoblanadi. Nol dreyfi bu barqarorlikni buzuvchi ta’sirlar (kuchlanish manbai qiymatining tebranishi, temperatura va boshqalar) natijasida kuchaytirgich elementlari ish rejimlarining o‘zgarishi bo‘lib, natijada kuchaytirgich chiqishida soxta signal yuzaga keladi.
Kuchaytirgich odatda signalni kuchaytirishdan tashqari uning shaklini ham o‘zgartiradi. Kirish va chiqish signallari shaklining normadan og‘ishi – buzilishlar deb ataladi. Ular ikki turda bo‘lishi mumkin: nochiziqli va chiziqli.
Barcha kuchaytirgichlar volt – amper xarakteristikalari (VAX) nochiziqli bo‘lgan tranzistorlardan tashkil topadi. Bipolyar tranzistor VAX to‘g‘ri chiziq emas, balki eksponenta shakliga ega. Shu sababli, sinusoidal shaklga ega bo‘lgan kirish signali kuchaytirilganda, chiqishdagi signal shakli qisman sinusoidal ko‘rinishga ega bo‘ladi. Chiqish signali spektrida kirish signalida mavjud bo‘lmagan boshqa chastotaga ega bo‘lgan tashkil etuvchilar (garmonikalar) paydo bo‘ladi. Bu turdagi buzilishlar nochiziqli deb ataladi.
Agar kuchaytirgich uzatish xarakteristikasi matematik funksiya ko‘rinishida ifodalangan bo‘lsa, nochiziqli buzilishlarni analitik usulda hisoblash mumkin. Uzatish xarakteristikasi (46 - rasm) deganda o‘zgarmas chastotadagi chiqish signali amplitudasi ning kirish signali amplitudasi ga bog‘liqligi tushuniladi. Nochiziqli buzilishlar koeffisienti ko‘p hollarda berilgan uzatish xarakteristikasidan grafik usulda aniqlanadi.
Chiziqli buzilishlar esa tranzistor parametrlarining chastotaga bog‘liqligidan aniqlanadi. Kuchaytirgichning chastota xususiyatlari amplituda-chastota xarakteristikasi (AChX) dan aniqlanadi. AChX deganda kuchaytirish koeffisientining chastotaga bog‘liqligi tushuniladi. Ideal AChX gorizontal chiziq hisoblanadi. Real AChX esa kamayuvchi sohalarga ega bo‘ladi. 15.1 – rasmda normallashtirilgan AChX keltirilgan. Bu yerda K0 – nominal kuchaytirish koeffisienti, ya’ni kuchaytirish koeffisienti o‘zgarmas bo‘lgan chastota sohalari. Odatda chastota buzilishlarining ruxsat etilgan koeffisient kattaligi 3 dB dan oshmaydi. kattaligi kuchaytirgichning o‘tkazish polosasi deyiladi.

15.2-rasm. Tebranishlar generatori
Tebranishlarni ta’minlash manbasining qutblarini davriy ravishda almashtirish yo‘li bilan ham hosil qilish mumkin. Bunday yo‘l bilan bajarilgan generatorlarga «relaksatsion generatorlar» deb ataladi. Ular sodda, arzon va mukammal loyihalanganda chastota bo‘yicha qoniqarli stabillikka ega bo‘lishi mumkin.
Ilgari relaksatsion generatorlarni tayyorlash uchun manfiy qarshilikka ega bo‘lgan priborlardan (masalan, bir o‘tishli tranzistorlar va neon lampalar) foydalanilgan, hozirgi vaqtda esa, afzalliklarga ega bo‘lganligi uchun, operatsion kuchaytirgichlar yoki maxsus integral sxemalar ishlatiladi.
Operatsion kuchaytirgich – bu juda katta kuchaytirish koeffitsientiga va nosimmetrik kirishga ega bo‘lgan differensial o‘zgarmas tok kuchaytirgichidir. Shartli belgisi 15.3-rasmda ko‘rsatilgan, u ikkita karish va bitta chiqishga ega, + bilan belgilangan karishi invertirlamaydigan va – bilan belgilangan kirishi invertirlaydigan kirish deb ataladi.

15.3-rasm. Operatsion kuchaytirgichning shartli belgisi
Operatsion kuchaytirgichning tashqi ko‘rinishi 15.4-rasmda keltirilgan. Uning tashqi elementlarga ulanadigan oyoqchalari ikki qatorga joylashgan bo‘ladi. Korpusining ustidagi o‘yiq joyning yonidagi nuqtaga mos keluvchi oyoqcha birinchi oyoqcha bo‘ladi. Qolgan oyoqchalarning tartib raqamlari korpusning ustidan qaraganda soat strelkasiga teskari yo‘nalish bo‘yicha aniqlanadi (15.4-rasm).

15.4-rasm. Operatsion kuchaytirgichning tashqi ko‘rinishi

15.5-rasm. K140UD6 operatsion kuchaytirgichning oyoqchalari( yuqoridan ko‘rinishi) : 1-nolni o‘rnatish; 2-invertirlovchi kirish; 3-invertirlamaydigan kirish; 4-ta’minlash manbasi U (odatda 15V); 5-nolni o‘rnatish; 6-chiqish; 7- ta’minlash manbasi U+ (odatda +15V); 8-hech qaerga ulanmaydigan oyoqcha


15.6-rasm. Invertirlovchi kuchaytirgich

Yüklə 92,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin