portal.guldu.uz-Лазерлар ва оптика магистрлар учун маъруза
e+A→A*+e.
bu uyg’onish elektronning kinetik energiyasi hisobiga bajariladi. A – uyg’onmagan neytral atom, A* – uyg’ongan atom, e – elektron.
2) agar gaz ikki xil tipdagi atomlarning aralashmasidan iborat bo’lsa, gaz atomlarining biror turi elektron bilan to’qnashib energiyasini o’sha uyg’onmagan atomga beradi va ikkinchi xil atom uyg’onadi. Agar ikkala xil atomlarning yuqori energetik sathlari bir-biriga yaqin bo’lsa, bir xil atomdan ikkinchi xil atomga energiya o’zatilish sodir bo’ladi (energiya farqi juda kichik bo’lsa, energiya almashinishi juda samarali o’tadi). Uyg’ongan atomlarning uyg’onmagan boshqa turdagi atomlar bilan to’qnashib energiya almashishiga rezonansli energiya uzatilish deyiladi. Rezonansli energiya uzatishni sxematik ravishda 12- rasmda ko’rsatish mumkin.
12-rasm. Uyg’ongan atom bilan neytral gaz atom-lari to’qnashganida rezonansli energiya almashinish sxemasi.
Bu xildagi elektrik damlashni A*+V→A+V* kabi tasavvur etish mumkin.
Amaliyotda energetik damlash, xoh optik bo’lsin, xoh elektrik bo’lsin, ma’lum tezlik bilan amalga oshiriladi. Endi shu parametr ustida qisqacha to’xtalamiz.
Odatda yuqorida joylashgan ikkinchi energetik sath bo’sh bo’ladi. Optik damlash vazifasi ma’lum bir tezlik bilan pastdagi energetik sathdan elektronlarni o’sha ikkinchi bo’sh energetik sathga ko’chirishdir. Ikkinchi energetik sathni to’ldirish tezligi quyidagicha
, (1.4.1)
Wn –optik damlash tezligi (yutilish tezligi). Optik damlash tezligi chaqmoq lampasi chiqargan yorug’likning intensivligi I(v) ga, aktiv modda atomlarining pastki energetik sathdan yuqori energetik sathga o’tish kesim yuzasiga (yutilish kesimi) σ(v) ga va damlashning samarali kvant chiqarish koeffisenti Fn ga bog’liq va quyidagicha aniqlanadi:
, . (1.4.2)
Damlashning samarali kvant chiqarishi ε2 sathga o’tgan atomlar soni N2ning barcha uygonmagan ε1 sathdagi atomlar soni N1 ga nisbati bilan aniqlanadigan kattalikdir. U ko’pincha Fn=1 bo’ladi, –aktiv moddaning sindirish ko’rsatkichi.
Elektrik damlashda ikkinchi energetik sathning uyg’onish tezligi dN2/dt elektronning zichligiga (Ne), elektronning tezligiga (υe) va elektronning atom bilan to’qnashish kesimiga (σe) bog’liq.
, (1.4.3)
yoki
, (1.4.4)
Elektrik damlash tezligi esa quyidagi tenglikdan topiladi:
Wn = Ne∙υe∙σe. (1.4.5)
Elektrik damlash razryadda qatnashayotgan elektronning soniga tezligiga va atom bilan to’qnashish kesimiga bog’liqdir.
Elektrik damlash gaz lazerlarida samarali qo’llaniladi va qo’llanilmoqda.