3-Ma’ruza. Avtotransformatorlarlar. O‘lchov transformatorlari. Kuchlanish va tok transformatorlari. Uch fazali zanjirlar. Uch fazali transformatorlar Reja



Yüklə 484,3 Kb.
səhifə5/7
tarix10.03.2023
ölçüsü484,3 Kb.
#87313
1   2   3   4   5   6   7
Ma\'ruza №3

Skott sxemasi. Uch fazali tok tarmog‘ini ikki fazali tok tarmog‘iga o‘zgartirish uchun ikkita TV1 va TV2 bir fazali transformatorlardan foydalaniladi. A, V, S, uchlar Uchiz chiziqli kuchlanishli uch fazali tarmoqqa ulanadi (3.16–rasm).

3.16–rasm. Skott sxemasi


TV1 transformatorning birlamchi A-V cho‘lg‘ami W1 o‘ramlar soniga ega va Uchiz=UAB to‘liq chiziqli kuchlanish ta’sirida bo‘ladi. Shunday qilib, bu cho‘lg‘amning har bir o‘ramiga Uchiz/W1 kuchlanish to‘g‘ri keladi. Tr2 transformatorning birlamchi S-D cho‘lg‘ami D uchi orqali A-V cho‘lg‘am o‘rta nuqtasiga ulangan bo‘lib, 0,707×W1 o‘ramlar soniga ega va UCD=Uchiz×sin60o=0,707×U22 kuchlanish ta’siri ostida bo‘ladi. U holda bu cho‘lg‘amning xar bir o‘ramiga 0,707×Uchiz/0,707×W1=Uchiz/W1, ya’ni Tr1 transformatordagi kabi kuchlanish to‘g‘ri keladi.



3.17–rasm. Bir fazali tokni ikki fazali tokka o‘zgartirish sxemasi

Demak, har ikkala transformatorlarning ikkilamchi cho‘lg‘amlaridagi kuchlanishlar qiymatlari bo‘yicha UAB=UCD=(W2/W1)×Uchiz ga teng va faza bo‘yicha 90oga surilgan. Diagrammadagi ab va sd kesmalar orqali simmetrik ikki fazali zanjirni tashkil qiladigan ikkilamchi cho‘lg‘amlar keltirilgan U'AB, U'CD kuchlanishlari ko‘rsatilgan (3.16–rasm).


Bir fazali sxemani ikki fazali sxemaga 180oga faza surish orqali o‘zgartirish mumkin. Buning uchun bir fazali transformator ikkilamchi cho‘lg‘amdan o‘rta nuqta chiqariladi. Shunday qilib, o‘ramlar soni W'2, W2''(W2'=W2'') bir xil bo‘lgan ikkita yarim cho‘lg‘amlar, ya’ni qarama qarshi fazadagi bir xil ikki fazali kuchlanishlar olinadi (3.17–rasm) .



Yüklə 484,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin