1) Har kanday kuzatishning aniq maksadi, rejasi bo‘lishi kerak. Masalan: bolalar diqqatining
barqarorligini yoki tafakkur bilan bog‘liq bo‘lgan analiz qila olish qobiliyatini kuzatish.
2) Bola shaxsining yaxlitligi
prinsipiga asoslanib, ya’ni analitik – sintetik nuqtai nazardan
kuzatish.
3) Bolani jamoada va jamoa a’zosi sifatida o‘rganish;
4) Kuzatish tabiiy sharoitda olib borilar ekan, bolalar o‘zlarining kuzatilayotilganlarini
mutlaqo bilmasliklari kerak.
5)Kuzatishdan yaxshi natijalar olish uchun, ularni turli sharoitlarda (shaxsning xislatlarini
turli xilda namoyon bo‘lishni nazarda tutib) sistemali tarzda kun sayin o‘rganish kerak.
Kuzatish metodidan foydalanilganda bolalar turli uyin faoliyatlari, didaktik mashg‘ulotlar,
mehnat faoliyatlarida xilma–xil psixik– protsesslarning va individual xususiyatning namoyon
bo‘lishini o‘rganish mumkin.
Kuzatish metodi uzluksiz yoki faoliyatni tanlab vaqti – vaqti bilan o‘tkazilishi mumkin.
Bolalarni uzluksiz kuzatish metodi bilan o‘rganilganda ularning barcha fe’l – atvorlari va xatti –
harakatlari kundalik faoliyatlari davomida kompleks xolda o‘rganiladi.
Uzluksiz kuzatish bir
necha kun yoki bir necha oy davom etgandan so‘ng to‘plangan ma’lumotlar analiz qilinib,
bolaga psixologik xarakteristika tuziladi, vaqti – vaqti bilan tanlab kuzatilganda bolaning barcha
xulq – atvori va hatti – harakatlari emas, balki faqat ma’lum hatti – harakatlari (diqqati yoki
xotirasi) bilan bog‘liq bo‘lgan tomonlari o‘rganiladi.
Bolalar psixologiyasida kuzatish metodining alohida turli bolalar taraqqiyotini sermazmun
qirralarini kuzatish va unda olingan dalillarni kundaliklarga yozib borish o‘rganishdan iboratdir.
Bola taraqqiyoti haqidagi birinchi kundalik XIX asrning ikkinchi yarmida Ch.Darvin tomonidan
nashr etilgan. Undan so‘ng I.Madiginakote, N.A.Menchinskaya, V.S.Muxinalar bolalar psixik
taraqqiyoti yuzasidan sistemali tarzda olib borgan o‘z kundaliklarini nashr etganlar.
Bolalar psixologiyasida keng qo‘llaniladigan yana bir asosiy metod – eksperiment
metodidir. Eksperiment metodi kuzatish metodiga nisbatan aktiv metod xisoblanadi.
Eksperiment metodida u yoki bu psixik protsessni kachon yuzaga kelishini kutib o‘tirmay, bu
protsessni eksperimentatorning o‘zi yuzaga keltiradi. Shuningdek o‘rganilayotgan psixik
protsessni bolalarda bir necha marta takrorlab o‘rganish mumkin, yana kulay tomoni
shundaki,
bu metod kuzatish metodi singani ko‘p vaqt talab qilmaydi. Eksperiment metodi 3 ga bo‘linadi:
1) laboratoriya eksperimenti, 2) tabiiy eksperiment. 3) pedagogik- psixologik eksprement
metodi. Laboratoriya eksperimenti maxsus tashkil kilingan laboratoriyalarda turli asboblar
yordami bilan o‘tiladi. Tabiiy eksperimentda biror psixik protsess o‘rganilayotganda maxsus
sharoit yuzaga keltiriladi. Bolalar psixologiyasida eksperimentning har ikkala turidan keng
foydalaniladi. Biroq bu metodlardan bolalar psixiologiyasida foydalanishning o‘ziga xos tomoni
shundaki, bog‘cha yoshidagi bolalar laboratoriya sharoitida o‘tkaziladigan eksperimentlar bilan
tabiiy sharoitda o‘tkaziladigan eksperimentlarning farqiga bormaydilar.
Har ikkila holda ham,
tajribalar vazifa tarzida emas, balki o‘yin tarzida o‘tkazilsa yaxshi
natija beradi. Eksperiment metodidan guruhlarda o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar paytida keng
foydalanish mumkin. Masalan: turli yoshdagi bog‘cha bolalar bilan o‘tkaziladigan didaktik
mashg‘ulotlarda tabiiy eksperiment metodini qo‘llash mumkin. Bunda bolalarga xar xil
hayvonlar, parrandalar, mevalar, sabzavotlar tasvirlangan rasmli kartochkalarni aralash xolda
berib, ularni guruhlarga ajratish topshiriladi. Bolalar bu narsalarni
qanday belgilariga qarab
guruhlarga ajratishlarida ularning umumlashtirish xususiyatlarini o‘rganish mumkin. Odatda,
guruh sharoitida o‘tkaziladigan bunday eksperimentni tabiiy eksperiment deb yuritiladi. Bolalar
psixologiyasida tarkib toptiruvchi eksperiment metodidan ham foydalaniladi.
Bunda bolalarning u yoki bu xususiyati (psixologik xususiyati) tarkib toptiriladi va
mustahkamlanadi. Masalan: bog‘cha yoshidagi bolalar ayni bir vaqtning o‘zida butunni va uning
tarkibiy qismlarini to‘la idrok qila olmaydilar. Ular o‘z diqqatlarini yoki bir butun narsaning
o‘ziga yoki uning bo‘laklariga qarata olmaydilar.
Tarkib toptiruvchi eksperiment orqali bolalarni bir butun narsani uning qismlari bilan bir
paytda idrok qilishga o‘rgatiladi. Buning uchun bolalarga bir butun
narsaning obrazini yarata
olish mashq qildiriladi. (turli geometrik figuralar – doira, kvadrat, kub, foydalaniladi)
Pedagogik eksperiment orqali biron ta’lim – tarbiya metodining effektivligi aniqlanadi.
Masalan: Biron tadqiqotchi bolalarni son – sanoqqa o‘rgatishning kandaydir yangicha metodini
ishlab chiqqan bo‘lsa, uni pedagogik eksperiment metodi orqali sinab ko‘radi. Buning uchun
oldindan bog‘cha ma’muriyati bilan kelishib 1 ta eksperimental va 1 ta nazorat guruhini belgilab
oladi. Shundan so‘ng tadkikotchi eksperimental guruhda yangicha metod bilan elementar
mavhum tasavvurlarni o‘stirish mashg‘ulotini o‘tkazadi. Nazorat guruhida esa bu mashg‘ulotlar
odatdagi eskicha metod bilan davom ettirilaveradi. 1-2 oydan so‘ng har ikkala guruhdagi
bolalarning o‘zlashtirishlari taqqsolab ko‘riladi. Agarda eksperimental guruh bolalar yangicha
metod bilan o‘zlashtirishlari nazorat guruhdagi bolalarning o‘zlashtirishlaridan
anchagina
samarali bo‘lib chiqsa, bu metod boshqa hamma bog‘chalarga ham tarqatiladi. Bordi-yu, agar
natija nazorat guruhdagi bolalarning o‘zlashtirishlaridan yomon, ya’ni past bo‘lib chiqsa,
yangicha metod bilan mashg‘ulot o‘tish darhol to‘xtatiladi.
Bolalar psixologida asosiy metodlardan tashqari yordamchi metodlardan ham keng
foydalaniladi. Bolalar psixiologiyaning yordamchi metodlaridan – faoliyat mahsulotlarini
o‘rganish metodidir. Bolalar ham xuddi katta odamlar singari doim ma’lum faoliyat bilan
mashg‘ul bo‘ladilar. Faoliyatlari jarayonida turli narsalarni, mahsulotlarni yuzaga keltiradilar.
Ana shu narsalarda, mahsulotlarda bolalarning psixik protsesslari va psixologik xususiyatlari o‘z
aksini topadi. Bog‘cha yoshidagi bolalarning faoliyatlari – uyin, rasm chizish,
plastilin yoki
loydan biron narsa yasash, applikatsiya, qurish –yasash kabilardan iboratdir. Ana shu
faoliyatlarining natijasiga qarab bolalarning mayl va istaklari, ehtiyoj va qiziqishlari,
qobiliyat va
layoqatlarini o‘rganish mumkin. Masalan: bolalarning chizgan rasmlarida ular idrokining
xususiyatlari va atrofdagi narsa va hodisalar haqidagi tasavvurlarini ko‘rish mumkin. Shu sababli
bu metoddan bolalar psixologiyasida keng foydalaniladi.
Bolalar psixologiyasi so‘rash – suhbat metodidan keng foydalaniladi. Bu metodni 5-6
yoshli bolalarga nisbatan qo‘llash mumkin. Bunda bolalarga turli mavzularga doir savollar
beriladi va ulardan og‘zaki suhbatning mavzui va suhbat paytida bolalarga beriladigan savollar
oldindan yaxshilab uylab olinadi. Suhbat jarayonida javoblarni yozib olib, keyinchalik javoblarni
taxlil qilish mumkin.
Dostları ilə paylaş: