3-Ma`ruza: Havo gigiyenasi, havoning tarkibi, fizik va kimyoviy hususiyatlari Reja



Yüklə 24,29 Kb.
səhifə3/4
tarix20.11.2023
ölçüsü24,29 Kb.
#163746
1   2   3   4
3-mavzu

Absolyut havo namligi deb 1 m3 havoda mazkur paytda bo`lgan suv bug’lari miqdoriga aytiladi.
Maksimal havo namligi deb esa, mazkur havo temperaturasi va mazkur atmosfera bosimida 1 m3 havoda bo`la oladigan eng ko`p miqdordagi suv bug’lariga aytiladi.
Nisbiy havo namligi deb, absolyut havo namligining maksimal havo namligiga qiyosan prtsentlarda ifoda qilingan nisbatiga aytiladi.
R=A/M×100%
bu yerda R-protsentlarda ifodalangan nisbiy havo namligi; A - 1m3 dagi grammlar bilan ifodalangan absolyut havo namligi; M-1m3 grammlar bilan ifodalangan maksimal havo namligi.
Maksimal havo namligi bilan absolyut havo namligi o`rtasidagi ayirma namlik defitsiti (1m3 havoning suv bug’lari bilan to`yinishi uchun etishmaydigan bug’ miqdori) deb ataladi.
Agar suv bug’larining zichligi chegaradan oshib ketsa, fazo suv bug’lari bilan to`yinadi; bundan ham oshib ketishi namlikning tuman, shudring yoki qirov holida ajralishiga olib keladi. Xar bir xavo temperaturasiga muayyan darajada suv bug’lari bilan to`yinganlik to`g’ri keladi. Temperatura qancha yuqori bo`lsa havoda suv bug’lari shuncha ko`p saqlanadi.
Havo namligining sportchilar organizmiga ta`siri
Yuqori temperaturali havoda, uning namligi ham yuqori bo`lsa tananing qizib ketishiga aloqador kasalliklarni yuzaga keladi. Chunki bunda issiqlik ajralishi juda ham qiyinlashadi. Agar yuqori temperaturali havoda, uning namligi past bo`lsa, issiqlik ajralishiga yaxshi sharoit yaratilib, buni odam engil ko`tara oladi. Past temperaturali havoda, uning namligi ham yuqori bo`lsa organizmni sovib ketishiga aloqador kasalliklarni paydo bo`lishiga sabab bo`ladi. Chunki bunda issiqlik ajralishi kuchayadi. Bunday havoda uzoq muddat bo`lish organizmda (revmatizm, o`pka sili) shamollash kasalliklarini qo`zg’alishiga sabab bo`ladi. Yashash joylarida havo namligining me`yori 30-60% ni tashkil etadi.
Havo harakati
Atmosferadagi havo deyarli hamma vaqt harakatda bo`ladi. Buning sababi yer sharidagi qizitishning bir xil bo`lmasligidandir. Havo harakati o`zining yo`nalishi va tezligi bilan xarakterlanadi. Yo`nalishi shamol dunyoning qaysi tomonidan esayotganiga qarab aniqlanadi va rumbalar bilan belgilanadi. Dunyo 4 tomonining boshlang’ich xarflari: Shimol, Janub, G’arb, Sharq bilan belgilanadi.
Havo xarakatining tezligi sekundiga metrlar (m/sek) bilan ifodalanadi va uning 1 m/sek dan ortiqroq tezligi odamga shamol bo`lib seziladi. Shamol deb havoning yer yuzasi ustida xarakatlanishiga aytiladi. Shamol paydo bo`lishiga sabab atmosfera bosimi bilan havo temperaturasining notekis tarqalishidir. Havo massalari bosim yuqori bo`lgan tomondan bosim past tomonga qarab yuradi. Shamol kuchiga Bofort shkalasi bo`yicha taxminiy baho beriladi (1-jadval). Atrofdagi havoning temperaturasi ham, namligi ham, xarakatining tezligi ham odam fiziologik hayotining faqat bir tomoniga–issiqlik almashinuviga ta`sir ko`rsatadigan bo`lgani uchun meteorologik omillarning sportchilar salomatligiga qanday ta`sir qilishini baholashda bularning kompleks ta`sirini xisobga olish zarur.
Havoning temperaturasi, namligi, xarakati tezligining hammadan qulay darzda birga qo`shilib, odamning eng yaxshi kayf-ruxiyatda bo`lishini ta`minlab beradigan xili komfort zonasi deb ataladi. Ayni vaqtda issiqlik muvozanati xolatining sportchi bajarib turgan yuklamaning nechog’li og’ir-engilligiga ham bog’liq bo`lishini xisobga olish zarur.



Yüklə 24,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin