Sxemaning joriy etilish usuli. Bu belgiga asosan triggerlarning quyidagi asosiy xususiyatlari hisobga olinadi:
ishlatiladigan xotira elementining turi (statik, dinamik yoki ikkisi bir vaqtda);
triggerning ishlashi mumkin bо‘lgan boshqarish signalining kо‘rinishi (impulsli, yaʻni cheklangan uzunlikdagi signal; potensialli, yaʻni chegaralanmagan uzunlikdagi signal, yoki unisi ham bunisi ham);
sxema tarkibida kirishdagi potensial signallarni impulsli signallarga о‘zgartiruvchi sxemalarning borligi yoki yо‘qligi. Bu belgiga asosan barcha triggerlar statik, impulsli-statik, dinamik va kvazistatik guruxlarga ajratiladi.
Ishlashi bо‘yicha belgilari (vazifasi). Triggerlarni ishlash vaqtida о‘zini qanday tutishini bayon etuvchi tenglamaning kо‘rinishi bо‘yicha ajratiladi. Bu tenglama umumiy kо‘rinishda quyidagicha yoziladi va u vaqtdagi triggerning holatini va kirishlariga ta’sir etuvchi signallar kombinatsiyasiga bog‘liq holda triggerning chiqishini ( ) vaqtdagi holatini ifodalaydi. Boshqacha sо‘z bilan aytilganda, keltirilgan tenglama vaqt momentida uning kirishlaridagi signallar kombinatsiyasiga triggerning eʻtiborini bayon qiladi. Bu belgilarga binoan triggerlarni quyidagicha belgilanadi: RS, D, JK, T, E, RST, R, S. Yaʻni ishlashi bо‘yicha belgilarga asosan ularni axborot kirishlarini belgilanishi bо‘yicha nomlanadi ( 5.6- chizmaga qaralsin).
Axborotni triggerga yozish usuli. Bu belgiga asosan triggerdagi axborotni yangilanish vaqti bо‘yicha takt (sinxronlovchi) chastotasiga bog‘liq holda turlarga ajratiladi. Bunda triggerlarni asinxron va sinxron (taktlanuvchi) turlarga ajratiladi. Asinxron triggerlarida faqat axborot kirishlari mavjud bо‘lib, ularning axborot kirishlariga boshqarish signallari kelgan vaqtda yozish amalga oshiriladi. Sinxron triggerlarda axborot kirishlaridan tashqari qо‘shimcha sinxronlovchi (uyg‘unlashtiruvchi) S kirishi mavjud bо‘lib, bunday triggerlarda axborotni yozish esa faqat S kirishidagi taktlovchi impulsning ta’siri vaqtida amalga oshadi. О‘z navbatida sinxron triggerlar bir taktli va kо‘p taktli triggerlarga bо‘linadi. Kо‘p taktli triggerlarda axborot yozish jarayoni n – takt impulsining kelishi bilan tugatiladi.