Mashtab - Slaydlarni ko‘rinishi foizini o‘zgartirish
Microsoft Power Point menyusi «Vstavka» bo‘limi
Sozdat slayd - Yangi bo‘sh slayd yaratish
Dublirovat slayd - Ekranda ko‘rinib turgan slayd nusxasini yaratish
Nomera slayda… – Slaydga nomer (raqamlash)ni qo‘shish
Data i vremya… – Slaydga avtomatik ravishda bugungi kun va vaqt haqidagi
ma’lumotni qo‘shish
Simvol… - Slaydga har xil belgilarni qo‘shish (masalan:
© ® § ¼ ± ³ ² ¢ €
)
Primechaniya - Slaydning belgilangan element mazmuni haqida izohlarni yaratish
(izoh sichqonchani shu elementga ko‘rsatganingizda ekranda hosil bo‘ladi)
Slayd iz faylov… - Tashqi joylashgan boshqa fayldan slayd qo‘shish
Slayd iz struktur… - Tayyor strukturadan slayd qo‘shish
Risunok - Bu komanda yordamida slaydga rasmlar va har xil grafik obyektlar
qo‘yiladi. Ushbu guruhda: Kartinki - tayyor rasmlar koleksiyasidan, Iz fayla -
kompyuterda saqlanuvchi rasmdan, Avtofigur - tayyor grafik shakllardan, Obyekt
Word Art - grafik jihozlangan matn va boshqalardan foydalaniladi.
Nadpis - Matnga ustki yozuv qo‘shish. Ustki yozuv slaydda emas balki alohida
qatlamda yaratiladi va uni varaq bo‘ylab siljitish mumkin.
Film i zvuk - Slaydga video yoki audio, musiqa obyektni qo‘shish
Tablisa - Slaydga jadval qo‘shish
Obyekt -
Bu buyruq umumlashgan buyruq bo‘lib, u alohida fayllarda saqlanuvchi
Risunok, boshqa bir qancha murakkab obyektlarni hujjatga qo‘yishga xizmat
qiladi.
Microsoft Power Point menyusi «Pokaz slaydov»
bo‘limi
Nachat pokaz - Slaydlar taqdimotini boshlash
Nastroyka vremeni - Slaydlardagi obyektlarni paydo
bo‘lish vaqtini sozlash
Zvukozapis - Slaydga tovush tayyorlash (ovoz berish)
Nastroyka prezentasii - Taqdimotni ishga tushish va
ishlash holatlarni sozlash
Upravlyayuщiye knopki - Boshqarish tugmalarini qo‘shish
Nastroyka deystviya - Obyektga mos harakatni tanlash
Vstroyennaya animasiya - Tayyor animatsiyalashtirishdan foydalanish
Nastroyka animasii - Taqdimotni ichidagi slayd obyektlarning animatsiya va audio
imkoniyatlarini sozlash va ular tartibini ko‘rsatish
Prosmotr animasii - Slaydning animatsiyasini ko‘rish
Smena slaydov - Slaydlarning bir-biri bilan almashish holatini va vaqtini tanlash
Skrt slayd - Slaydni ko‘rinmas qilish
Proizvolny pokaz - Slaydni ixtiyoriy tartibda ko‘rsatish
Slayd fonini o‘zgartirish, unga rasmlar o‘rnatish.
«Format» menyusidan “Fon” bandi tanlanadi va kerakli rangli
ko‘rinishlardan slaydga fon beriladi. Rasm o‘rnatish uchun «Vstavka» menyusidan
“Risunok” bandi tanlanadi va kerakli rasmlar qo‘yiladi.
Power Pointda «Konstruktor» bo‘limidagi «Razmetka slayda», «Dizayn slayda»
bo‘limlari.
Dasturning o‘ng qismidagi panel «Konstruktor» qismi hisoblanadi, uni
Formatirovaniye panelidagi «Konstruktor» belgisi orqali chiqariladi. Bundagi
«Razmetka slayda» bo‘limi slaydning ma’lumotlari qanday joylashishini ko‘rsatib
beradi. «Dizayn slayda» bo‘limi slaydning foni, dizayni qanday ko‘ri-nishda
bo‘lishini
rasmiylashtirish
qolipi
asosida
ta’minlaydi.
«Dizayn slayda – effekt animasii» bo‘limi.
«Dizayn slayda – effekt animasii» bo‘limi
slaydlarga tayyor effektlar qo‘shish imkonini
beradi. Ya’ni slayddagi ma’lumotlar qanday holat
chiqishini tayyor effektlarni tanlagan holda
animatsion, harakatli ko‘rinish hosil qilamiz.
«Nastroyka
animasiya»
bo‘limi,
undagi
«DOBAVIT EFFEKT» bandida effekt qo‘shish turlari.
«Nastroyka animasiya» bo‘limi slayddagi effektlarni tartiblash, ya’ni
o‘zimiz ssenariy asosida ma’lumot (element)larga maxsus effekt qo‘shish va qaysi
biri qachon, qay holatda chiqishini, tezligini belgilash imkonini beradi.
Undagi «Dobavit effekt» bandi orqali maxsus (Vxod – elementning ekranga
chiqish holati, Vdeleniye – elementga urg‘u berish holati, Vxod – elementning
ekrandan yo‘qolish holati, Puti peremeщyeniya – elementning harakatlanish
yo‘nalishi kabi) effektlar qo‘shiladi.
Har bir effekt imkoniyatlari (effekt holati, parametlari, vaqti)?
Slayd elementiga maxsus effekt qo‘shilgach, har bir effektning imkoniyatlari
mavjud bo‘ladi, ya’ni effekt holati – effektning sichqoncha yordamida, oldingisi
bilan birga, oldingisidan keyin avtomatik chiqishini ta’minlaydi; effekt parametlari
– effektning ovoz bilan, animatsion matn birgalikda, so‘zma-so‘z, harfma-harf
chiqishini ta’minlaydi; effekt vaqti – effektning oldingisidan necha soniyadan
so‘ng chiqishini, tezligini, takrorlanishini ta’minlaydi.
«Smena slaydov» bo‘limi imkoniyatlari.
«Smena slaydov» bo‘limi slaydlar almashinuvini tartiblash, slaydlarning
effekt yordamida chiqishi, chiqish tezligi, ovozi, chiqish holati, vaqti va
boshqalarni belgilash imkoniyatini beradi.
Yaratilgan taqdimotning namoyish etish turlari
Taqdimot yaratilgach har bir slaydni alohida kichik ekranda ko‘rish
(namoyish etish) uchun o‘ng tomon quyidagi «Prosmotr» tugmasi bosiladi. Katta
ekranga to‘liq taqdimotni namoyish etish uchun esa «Pokaz slaydov» menyusidagi
«Nachat pokaz» yoki klaviatura orqali [F5] tugmasi bosiladi.
Dostları ilə paylaş: |