3-Ma’ruza. Tarmoq arxitekturalari Kirish Kirish



Yüklə 17,73 Kb.
səhifə1/6
tarix07.12.2022
ölçüsü17,73 Kb.
#72900
  1   2   3   4   5   6
3-Ma’ruza. Tarmoq arxitekturalari Kirish Kirish-fayllar.org


3-Ma’ruza. Tarmoq arxitekturalari Kirish Kirish

3-Ma’ruza. Tarmoq arxitekturalari

1. Kirish

1. Kirish

2. Tarmoq va tarmoq arxitektura tushunchasi.

3. Tarmoq elementlari va pog’onali arxitektura.

4. Tarmoq topologiyalari

5. Tarmoq standartlarini tartibga soluvchi qo’mitalar.

Kirish


  • Tarmoq arxitekturasi deganda - bu kompyuter tarmog’ini loyihalash va ishlab chiqish jarayoni tushuniladi. Arxitektura tushunchasi tarmoqning fizik tarkibiy qismlarini, ularning funktsional ob’ektlari, konfiguratsiyasini, printsiplari va ishlash tartiblarini va foydalaniladigan aloqa protokollarini aniqlashni ifodalaydi. Shuningdek, tarmoq arxitekturasi aloqa tarmog’i orqali taqdim etiladigan xizmatlar va ularning batafsil tavsiflarini, taqdim etiladigan xizmatlarni hisob-kitob qilish va hisob-kitob tuzilmalarini o'z ichiga oladi.

  • Kompyuter tarmoqlari arxitekturasi deganda kompyuterlarni o’zaro bog’lanishi, bog’lanish jarayonida qo’llaniladigan texnologiyalar, ularning xususiyalatlari, standartlari, kompyuterlar o'rtasida vazifalar qanday taqsimlanganligi va boshqa ko’plab jarayonlar tushuniladi. Tarmoq arxitekturasining eng ko'p ishlatiladigan ikki turi mavjud: peer-to-peer va mijoz-server.

Global miqyosidagi kompyuter tarmoqlarining o’zaro bog’lanishi natijasida Internet tarmog’i tashkil topadi. Internet tarmog'ining arxitekturasi, avvalambor, tarmoqdagi tugunlarni yoki tugunlarni ulash uchun ma'lum bir modelda yoki apparat ulanishlarining ma'lum turlarida foydalanishda emas, balki Internet protokollari (TCP/IP) arxitekturasidan foydalanishni ifodalaydi. Shunday qilib har bir texnologiya orqali loyihalashtiriladigan tarmoq o’zining arxitekturasiga ega bo’ladi, masalan, OSI, TCP/IP, umumfoydalanish telefon tarmog’i, mobil aloqa tarmoqlari va boshqalari.


Kirish

Tarmoq va tarmoq arxitektura tushunchasi


  • Tarmoq so’zining ma’nosi narsalarning, qurilmalarning yoki odamlarning o’zaro bog’langan tizimi yoki guruhini anglatadi. Kompyuter tarmoqlari esa eng kamida o’zaro ulangan ikkita kompyuterlar tizimi tushuniladi. Tarmoq shartini bajarilishi faqatgina o’zaro bog’lanish emas, balki o’zaro ma’lumot almashish jarayoni amalga oshirilishi shart.

  • Tarmoq arxitektura esa yuqorida ta’kidlanganidek, kompyuterlarni bog’lanishi orqali hosil qilingan tarmoqni qanday asosda qurilganini, qanday qurilmalardan foydalanilgani, qaysi protokollar ishlatilgani, tizimda qanday muhitlardan foydalanib ma’lumotlar uzatilishi yoki har bir jarayonni fizik va mantiqiy holatlarni bajarilishini pog’onalarga ajratib bajarilishi tushuniladi. Har bir tarmoq arxitekturasi belgilangan standartlar asosida yoki xech qanday standartga asoslanmagan holatda ishlab chiqilishi mumkin. Masalan, kompyuter tarmoqlarini OSI etalon modeli asosida qurish bilan global miqyosida ma’lumot almashishni ta’minlash mumkin. Sababi dunyoda ko’plab mamlakatlarning kompyuter tarmoqlari ushbu etalon asosida ishlaydi. Agar OSI modeliga asoslanmagan qandaydir belgilanmagan standartga asosan kompyuter tarmoqlari loyihalansa, o’sha tizim ichidagi qurilmalar o’zaro ma’lumot almasha oladi, OSI asosidagi tarmoq bilan esa ma’lumot almasha olmaydi, sababi uning standarti boshqacha.

Bir protsessorli protsessorli asosiy kompyuterning blok-sxemasi.


Qora chiziqlar ma'lumotlar oqimini, qizil chiziqlar esa boshqaruv oqimini bildiradi. Oqlar oqim yo'nalishini bildiradi
Bir protsessorli protsessorli asosiy kompyuterning blok-sxemasi. Qora chiziqlar ma'lumotlar oqimini, qizil chiziqlar esa boshqaruv oqimini bildiradi. Oklar oqim yo'nalishini bildiradi

Yüklə 17,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin