2.2.Tizim parametrlari (ko’rsatgichlari)ni sozlash «Parametri» deb nomlangan servis menyusidan foydalanuvchi uchun
kerak bo’lgan ko’pgina ko’rsatgichlarni o’rnatish mumkin (masalan, joriy vaqtni va boshqalarni):
Agar tizimda bir necha foydalanuvchilar ishlashsa, u xolda ularning
xar biri uchun o’z shaxsiy sozlovlari aniqlanilishi mumkin. Tizimni sozlash uchun quyidagi amallarni bajarish kerak bo’ladi:
Asosiy menyu ning Servis punktini tanlang
Servis ► Parametri ► Obshchie varag’i
Yuqorida namoyon bo’lgan «Nastroyka parametrov sistemi» darchasida quyidagi imkoniyatlar mavjud:
Raschet
Buxgalteriya Operatsiya
38
Buxgalterskie itogi Monitor
Obshchie Tekst
Interfeys Jurnali
Operativniy uchet
«Nastroyka parametrov sistemi» muloqot darchasidan foydalangan xolda Rabochaya data maydonida sanani ko’rsatamiz va undan so’ng, kalendarni chaqirish tugmachasidan foydalangan xolda kalendarni ko’rishimiz va boshqa ko’rsatgichlarni tanlashimiz mumkin
Joriy sanani o’rnatish turli xildagi konstantalarga va kattaliklar tarixini saqlaydigan ma’lumotnomalar rekvizitlariga ta’sir qiladi. Turli xil amallarni bajarishda 1S:Predpriyatie tizimi operatsiya o’tkazilgan sanani hisobga oladi. Shuning uchun ham ishni boshlayotganingizda operatsiya o’tkazilgan sanaga alohida e’tibor berishingiz maqsadga muvofiq bo’ladi. Aks xolda ko’pchilik xujjatlar noto’g’ri bo’lib qoladi. Bu ishni ikki xil usulda amalga oshirish mumkin: joriy sanani oldindan o’rnatib olish yoki ma’lumotlarni ko’rib chiqish va ularning sanalarni tahrirlash. Boshlang’ich qoldiqlarni kiritishda va kerakli ma’lumotlarni tizimga yozib qo’yishda birinchi usuldan foydalangan ma’qul, chunki bunda bir xildagi ishlarni ko’plab martalab qaytarishday qiyin amaldan forig’ bo’linadi. Joriy sana dastur kompyuterga yuklanayotganida kompyuterning sistemaviy sanasiga teng qilinib olinadi. Agar uni o’zgartirish kerak bo’lsa, quyidagilarni bajarish lozim bo’ladi:
«Nastroyka parametrov sistemi» muloqot darchasining «Rabochaya data» maydonida kerakli sanani klaviatura yordamida yoki kalendardan o’rnating (yozing). Bizning misolda bu sana 31.12.2010 bo’lsin. Biz boshlang’ich ma’lumotlarni va tizimga kirish qoldiqlarini xuddi shu sanada kiritamiz.
39
Tizimga o’rnatilgan kalkulyator oddiy va formulali ko’rinishda
bo’lishi mumkin – bu tanlovni «Nastroyka parametrov sistemi» muloqot darchasining eng pastki qismidagi joyga belgi ko’yish bilan amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: |