3-mavzu: Asosiy harakat yurish, yugurish, sakrash va boshqa
yordamchi mashqlar (2 soat)
Reja:
1.Maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy harakat turlari
2.Bolalarda hayotiy xarakat ko’nikmalarini shakillantirish
Tayanch iboralar: yetuk, barkamol, o‘yin, mashg‘ulot, didaktik, harakat.
1. Maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy harakat turlari
Nafas mashqlari, yurish turlari va sakrashlar, oyoq va qorin mushaklarini,
gavda va umurtqani, oyoq va tovon bo‘g‘inlari mushaklarini tarbiyalashga
qaratilgan mashqlar, chaqqonlik va jasurlik hamda muvozanat sifatlarini
rivojlantiruvchi mashqlar, quvnoq bolalarning harakatli o‘yinlari.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy harakat turlarini rivojlantirishning
o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. O‘rgatishning ushbu bosqichida harakat malakalari
va ko‘nikmalari ko‘lamining kengayishi, jismoniy fazilatlar (tezlik, chidamlilik,
tezkorlik va boshqalar)ning rivojlanishi bilan bog‘liq holda ham mashqlarni yaxlit,
ham harakat texnikasi elementlarini alohida-alohida muvaffaqiyatliroq o‘zlashtirish
imkoniyati yuzaga keladi.
Besh-olti yoshli bolalarda o‘z oldilariga qo‘yilgan vazifalarni ongli tushunib
yetish, vaziyatni baholash, o‘z harakatlarini boshqara bilishga muayyan tayyorgarlik
bo‘ladi, shuning uchun, og‘zaki ko‘rsatma berish va tushuntirish yordamida
maktabgacha yoshdagi bolalarning harakat faoliyatida mustahkam bilim va
ko‘nikma shakllantirish mumkin bo‘ladi.
Maktabgacha ta’lim muassaslari uchun yaratilgan ta’lim-tarbiya dasturi,
Maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan Davlat talbalariga muvofiq barcha guruhda
bolalar yurish, yugurish, muvozanat saqlash, sakrash, uloqtirish, tirmashib chiqishga
o‘rganib, uni takomillashtirib boradilar, sport o‘yinlari: bastketbol, futbol, sport
elementlari va hokazolarni egallaydilar.