3-mavzu. Auditorlik dalillarini yig’ish


Buxgalteriya baholarining auditi



Yüklə 68,49 Kb.
səhifə4/6
tarix22.12.2023
ölçüsü68,49 Kb.
#190310
1   2   3   4   5   6
3-mavzu. Auditorlik dalillarini yig’ish

3.6. Buxgalteriya baholarining auditi
Buxgalteriya bahosi - aniq o’lchov usullari bo’lmagan modda summasining yaqinlashtirilgan ko’rsatkichidir.
Auditor buxgalteriya baholari yuzasidan etarli bo’lgan tegishli auditorlik dalillarni olishi lozim.
“Buxgalteriya bahosi” atamasi deganda o’lchashning aniq usullari bo’lmaganda moddaning yaqinlashtirilgan qiymati tushuniladi, masalan:

  1. tovar-moddiy zahiralar va debitorlik qarzi qiymatini ular sotilishining taxmin qilinayotgan qiymatigacha pasaytirish;

  1. asosiy vositalar qiymatini ularning foydali ishlatish muddati mobaynida taqsimlash shartlari;

  1. hisoblangan daromad;

  1. muddati kechiktirilgan daromad;

  1. sud da’vosi natijasida vujudga kelgan xarajatlarni qoplash bo’yicha zahira;

  1. yakunlanmagan pudrat shartnomalari bilan bog’liq xarajatlar;

  2. kafolatli reklamatsiyalar bo’yicha zahira.

Sub’ekt rahbariyati moliyaviy hisobotga kiritilgan buxgalteriya baholari bo’yicha mas’uliyatga ega. Ushbu baholar, ko’pchilik holatlarda, mulohaza chiqarilishi talab etiladigan, sodir etilgan yoki sodir etilishi ehtimoli bor hodisalar oqibati yuzasidan noaniqliklar sharoitlarida tayyorlanadi. Natijada buxgalteriya baholaridan foydalanishda muhim noto’g’riliklar tavakkalchiligi oshadi.
Buxgalteriya hisobi baholarini aniqlash jarayoni modda tavsifiga qarab sodda yoki murakkab bo’lishi mumkin. Masalan, ijara haqini hisoblash oddiy hisob-kitob qilishdan iborat bo’lsa, talabgargir bo’lmagan va ortiqcha tovar-moddiy zahiralar bo’yicha dastlabki zahirani baholash joriy ko’rsatkichlar va bo’lg’usi sotuv hajmlari yuzasidan ancha-muncha tahlilni amalga oshirishni talab qilishi mumkin. Murakkab buxgalteriya baholarini chiqarishda maxsus bilimlar va mulohazalarning yuqori darajasi talab qilinishi mumkin.
Buxgalteriya baholashlarni doimiy asosda vazifasini bajarayotgan buxgalteriya hisobi qotib qolgan tizimining bir qismi yoki faqat davr oxrida vazifasini bajarayotgan qotib qolmagan tizimning bir qismi tariqasida aniqlash mumkin. Ko’pchilik holatlarda buxgalteriya baholari tajribaga asoslangan formula, masalan, asosiy vositalarning har bir turkumi bo’yicha eskirishni standartlashgan me’yorlar bo’yicha hisoblash yoki kafolatli reklamatsiyalar bilan bog’liq xarajatlarni qoplash uchun zahirani hisoblashda sotishdan tushumning standartlashgan foizidan foydalanish bo’yicha chiqariladi. Ushbu holatlarda sub’ekt rahbariyati muntazam ravishda formulani, masalan, aktivlarni foydali ishlatish qoldiq muddatini qayta baholash yoki lozim bo’lganda amaldagi natijalarni formulaning buxgalteriya bahosi va tuzatishlari bilan solishtirish yo’li bilan qaytadan ko’rib chiqishi lozim.


Yüklə 68,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin