MS Untelli Mouse sichqonchasi. Tugmachalari o`rtasida maxsus aylanuvchi g`ildirakchasi mavjud bo`lib, bu g`ildirakcha ekrandagi sahifani yuqoriga yoki pastga siljitishga hamda ekrandagi tasvirlarning o`lchamlarini o`zgartirishga xizmat qiladi.
Optik sichqoncha. Maxsus optik gilamcha ustida harakatlanuvchi sichqoncha bo`lib, boshqalardek ichida sharchasi yo`qdir. Kursorni gilamchada aks etgan optik ma’lumotlar asosida harakatlantiradi.
Honevwell firmasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan optik sichqonchalarga esa maxsus gilamchalarning ham zarurati yo`qdir. Bunday sichqonchalar vazinsizlik holatida ham ishlashga mo`ljallangan bo`lib, dastlab kosmik kemalardagi kompyuterlar uchun ishlab chiqarilgan.
Infiraqizil nurli sichqonchalar. Kabelsiz sichqonchalardan bo`lib, undan tarqalgan nur kompyuterga maxsus o`rnatilgan qabul qiluvchi qurilmaga tushgandagina o`z vazifasini bajara oladi. Batareyka bilan ishlaydi.
Radiosignalli sichqoncha. Kabelsiz ishlovchi sichqoncha bo`lib, o`z vazifasini radiosignallar yordamida bajaradi. Infiraqizil nurli sichqoncha kabi ma’lum yo`nalishga qaratib ishlatish shart emas. Batareyka bilan ishlaydi.
Tashqi qurilmalar deb, sistema blokidan tashqarida joylashgan va ma’lumotni qayta ishlashning ma’lum bir etapida ishlatiluvchi qurilmalarga aytiladi. Tashqi qurilmalarga printer, skaner, plotter, modem va boshqalar kiradi.
Periferik qurilmalar
Printer – ma’lumotlarni bosmaga chiqarish uchun mo`ljallangan qurilmadir. Printer yordamida matnlarni, grafiklarni, rasmlarni rangli va rangsiz ko`rinishda bosmaga chiqarish mumkin. Printerlarning bir necha turi mavjud bo`lib, ular bir – biri bilan ishlash printsipi, interfeysi va funktsional imkoniyatlari bilan farqlanadi. Ishlash printsipiga ko`ra quyidagilarga bo`lingan:
matritsali;
oqimli;
lazerli.
Dostları ilə paylaş: |