3-mavzu: bоjхоnа rejimlаri va turlari



Yüklə 92,94 Kb.
səhifə6/13
tarix09.02.2023
ölçüsü92,94 Kb.
#83581
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
3-MAVZU

Erkin bojxona zonasi va erkin ombor. Erkin bojxona zonasi va erkin ombor shunday rejimlarki, bunda chet el tovarlari muayyan hududlar va joylarda boj, soliqlar va iqtisodiy siyosat choralari qo’llanilmasdan joylashtiriladi va ishlatiladi, O’zbekiston tovarlari esa eksport rejimiga muvofiq olib chiqishda qo’llaniladigan shartlarga ko’ra joylashtiriladi va ishlatiladi.

  • Erkin bojxona zonasi va erkin ombor. Erkin bojxona zonasi va erkin ombor shunday rejimlarki, bunda chet el tovarlari muayyan hududlar va joylarda boj, soliqlar va iqtisodiy siyosat choralari qo’llanilmasdan joylashtiriladi va ishlatiladi, O’zbekiston tovarlari esa eksport rejimiga muvofiq olib chiqishda qo’llaniladigan shartlarga ko’ra joylashtiriladi va ishlatiladi.
  • Erkin bojxona zonasi va erkin ombor rejimlari qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
  • Tovarlar erkin bojxona zonasi va erkin ombor rejimlarida cheklanmagan muddatlargacha turishi mumkin.
  • Erkin bojxona zonalari va erkin omborlarda, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo’lsa,tovarlar bilan ishlab chiqarish va tijorat operatsiyalarini bajarishga yo’l qo’yiladi, ularning chakana savdosi bundan mustasno.
  • Bojxona kodeksining va boshqa qonun hujjatlarining qoidalariga rioya etmayotgan ayrim shaxslarga bojxona organlari tovarlar bilan operatsiyalarni amalga oshirishni taqiqlab qo’yishi hamda erkin bojxona zonalari va erkin omborlarga moneliksiz kirib chiqishni rad etishi mumkin.
  • Erkin bojxona zonasi rejimi amal qilayotgan hududda binolar, imoratlar va inshootlar barpo etishga bojxona organi bilan kelishgan holda yo’l qo’yiladi.
  • Erkin bojxona zonasi va erkin ombor rejimlarida turgan tovarlarni erkin muomalaga yoki eksportga chiqarish rejimlariga joylashtirganda, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo’lsa, boj, soliqlar hamda iqtisodiy siyosat choralari tovarlarning kelib chiqishiga qarab qo’llaniladi.
  • Tovarning kelib chiqishi to’grisidagi sertifikat bo’lmagan taqdirda tovarga: olib chiqilayotganda eksport boji, soliqlar va iqtisodiy siyosat choralarini qo’llanish maqsadlarida O’zbekiston tovari deb, boshqa maqsadlarda esa chet el tovari deb qaraladi.
  • Erkin bojxona zonasi yoki erkin ombor rejimlariga joylashtirilayotgan va eksport rejimida O’zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqishga mo’ljallangan tovarlar, agar tovarlarni amalda olib chiqishda eksport boji va soliqlardan ozod qilish yoki to’langan summalarni qaytarish nazarda tutilgan bo’lsa, eksport bojidan, soliqlardan ozod qilinadi yoxud to’langan summalar qaytariladi. Bunday tovarlarni amalda olib chiqish boj, soliqlar qaytarilgan yoki ulardan ozod qilingan kundan boshlab olti oydan kechiktirmay amalga oshirilishi lozim.

Yüklə 92,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin