3-mavzu. Bozor muvozanati modellari. Talab va taklif elastikligi



Yüklə 162,57 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/16
tarix05.12.2023
ölçüsü162,57 Kb.
#173758
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
 
Bug’doy bozorida taklif hajminin 
ortishi
 
Taklif S
1
 dan S
2
 ga siljiganda, 
sotilgan bug’doy soni 1ó0 dan 110 
ga ko’tarilgan, narx esa 3$ dan 2$ 
ga tushgan.
ChizmaÝan ko’rinib turibdiki 
daromad 300 dan 220 ga tushgan. 
Shunday qilib, yangi navning kashf 
qilinishi fermerlarning daromadi 
kamayishiga olib keladi. 
3.7-rasm. Bug’doy bozorida taklif hajminin7 ortishi 
Kashfiyot fermerga ijobiy ta’sir qildimi? Birinchi navbatda, fermerning umumiy 
daromadiga nima bo’lganligini hisoblaymiz. Fermerning umumiy daromadi PxQ, narxni 
bug’doy soniga ko’paytiramiz. Kashfiyot fermerga 2 yo’l bilan ta’sir qild. Yangi nav 
fermerga ko’p bug’doy yetishtirishni ta’minlaydi (Qsoni oshadi), lekin endi har bir 
boshoq past narxda sotiladi (P-narx tushadi).
Umumiy daromad oshadimi yoki oshmaydimi bu talabning elastikligiga bog’liq. 
Amaliyotda, bug’doy kabi asosiy oziq-ovqatlarga bo’lgan talab elastik emas, chunki 


bular nisbatan arzon va o’rnini bosadiganlari juda kam. 3.7-rasmdagi kabi talab 
elastikbo’lmaganida, narxlarning tushishi daromadning kamayishiga olib keladi. 
Rasmdan ko’rinib turibdiki daromad 300 dan 220 ga tushgan. Shunday qilib, yangi 
navning kashf qilinishi fermerlarning daromadi kamayishiga olib keladi.
Agar fermerlarga bu kashfiyot yomon ta’sir qilsa, kimdir qiziqishi mumkin nega 
ular buni qabul qilishadi.Javob raqobatbardosh bozor qanday ishlashiga borib taqaladi. 
Chunki har bir fermer bug’doy bozorining kichik bo’lagi, u bug’doyni berilgan narxda 
oladi. Istalgan berilgan narx uchun, yangi navdan foydalanish va ko’proq bug’doy 
sotish yaxshiroq. Lekin buni hamma fermerlar qilsa, bug’doy taklif oshadi, narxi esa 
tushadi va fermerlarga aks ta’sir qiladi. 
Garchi bu misol gipoyezadek ko’rinse ham, o’tgan asr mobaynida Qo’shma 
Shtatlar iqtisodiyotidagi asosiy o’zgarishlarni tushunishga bu misol yordam beradi. 200 
yil oldin ko’plab Amerikaliklar fermalarda yashashgan. Ferma metodlari haqidagi 
bilimlar oddiy bo’lgan. Ko’plab Amerikaliklar aholini boqadigan oziqovqatni ishlab 
chiqaradigan fermer bo’lishga to’g’ri kelgan. Vaqt o’tgan sari, fermerchilik 
texnologiyasidagi yuksalish har bir fermer ishlab chiqara oladigan mahsulotning 
miqdorini oshirishga olib keldi. Noelastik talab bilan birgalikda oziq-ovqat taklifidagi 
o’sish fermerchilikdagi umumiy daromadning tushushiga sabab bo’ldi. Bu esa 
odamlarni fermerchilik sohasidan chiqib ketishiga olib keldi. 
Bir necha raqamlar bu tarixiy o’zgarishning ko’lamini ko’rsatadi. 1950-yilda 
Qo’shma Shtatlarda 10 million aholi fermerchilikda band bo’lgan, bu ishchi kuchining 
17 % ini tashkil qiladi. Hozir esa 3 millionga yaqin aholi bu sohada faoliyat ko’rsatadi, 
bu ishchi kuchining 2 % ini tashkil etadi. Bu o’zgarish fermerchilikdagi samaradorlik 
bilan mos tushadi: fermerlar soninidagi 70 % pasayishga qaramasdan, hozir fermalar 
1950-yilga nisbatan 2 barobar ko’proq hosil bermoqda.
Qishloq xo’jaligi mahsulotlari uchun bozorning bunday analizi ijtimoiy siyosat 
paradoksini tushunishga yordam beradi: Ma’lum qishloq xo’jaligi dasturlari 
fermerlarning barcha yerlariga ekin ekmaslikni majburlash orqali ularga yordam 
berishga harakat qiladi. Dasturlarning maqsadi qishloq xo’jaligi mahsulotlari taklifini 
qisqartirish va narxni ko’tarish. Ularning mahsulotlari uchun elastikbo’lmagan talab 
bilan ular bozorga kamroq hosil bilan chiqishsa, fermerlar ko’proq daromad oladilar. 
Hech qaysi bir fermer o’z yerini tashlab qo’ymaydi, chunki ular berilgandek bozor 
narxini olishadi. Lekin buni barcha fermerlar birgalikda qilishsa, har bir fermer uchun 
yaxshiroq bo’ladi. 
Qishloq xo’jaligi texnologiyasining yoki siyosatining ta’sirini tahlil qilinganda, 
shuni yodda tutish kerakki fermerlar uchun yaxshi bo’lgan narsa butun jamiyat uchun 
yaxshi emas. Qishloq xo’jaligi texnologiyasidagi rivojlanish fermerlarga yomon bo’la 
oladi, chunki bu ularni keraksizga chiqarib qo’yadi, lekin oziq-ovqat mahsulotlariga 
kam to’laydigan iste’molchilar uchun esa bu yaxshi. Agar siyosat qishloq xo’jaligi 
mahsulotlarining taklifini qisqartirishga yo’naltirilsa, bu iste’molchi harajatlariga aks 
ta’sir etadi. 

Yüklə 162,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin