3-Mavzu: Davlat ta`lim standartlari va oquv dasturlari tahlili.
Reja
1. Davlat ta`lim standarti tushunchasi mazmuni va mohiyati
2. Davlat ta’lim standartlarining maqsad va vazifalari
3. Davlat ta’lim standartlarining vazifalari
4. Ta’limning standartlashtiriladigan turlari
5. Davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqishga qo‘yiladigan talablar
Standart - ta`limda yaratilgan me`yoriy reja, dastur, darsliklarni ozlashtirish ekvivalenti, ya`ni ta`lim mazmunini ozlashtirish darajasidir. Standartni ishlab chiqishda oquvchini haddan tashqari zo’riqtirib yubormaslik talablariga rioya qilish, ya`ni u oquvchi yoshiga mos, uni bajarishga qurbi etadigan darajada bo’lishi kerak. Bunda albatta, ta`lim oluvchining qiziqishi, xoxishi, ehtiyoji hisobga olinishi lozim. Ta`lim standartlarini ozlashtirishda shaxsga muhim ahamiyat berilishi, unga yakka tartibda yondashilishi maqsadga muvofiqdir. Standartlarni oquv jarayoniga tatbiq etishdan oldin o’ta puxtalik bilan tajriba-sinovdan o’tkaziladi va shu asosda bosqichma-bosqich oquv jarayoniga kiritib boriladi.
Davlat va jamiyat ta`lim muassasalari oldiga muayyan ijtimoiy buyurtmalar qo’yayotgan ekan, o’sha muassasalar tomonidan tayyorlanadigan kadr egallashi lozim bolgan ijtimoiy sifatlarning minimal chegarasini ham ko’rsatib berishi tabiiydir. Tarbiyalanuvchi yoki ta`lim oluvchilar egallashi lozim bolgan bilim, ko’nikma, malaka yoxud ma`naviy sifatlarning eng quyi miqdori ilmiy asoslarda belgilab berilgan rasmiy pedagogik hujjat - davlat ta`lim standarti hisoblanadi. Standartlarda belgilangan natijalarga erishilmasa, yo o’sha ko’rsatkichlarni egallay olmagan bola, yoxud yoshlarda muayyan mikdordagi bilim, ko’nikma, malaka va ma`naviy sifatlarni shakllantira olmagan pedagogikani mukammal deb bo’lmaydi. Bundan ko’rinib turibdiki, davlat ta`lim standarti (DTS) nazorat vositasi, ayni vaqgda, ta`lim muassasalarida kozlangan ko’rsatkichlarni qo’lga kiritish uchun zarur bolgan sharoitni belgilash o’lchovi hamdir. Davlat ta`lim standartlarining ko’rsatkichlari amaldagi mavjud ta`lim mazmunidan emas, balki shakllantirilayotgan oquvchiga singdirishi lozim bolgan sifatlarning jahon bo’yicha zarur deb hisoblangan mikdoridan kelib chiqadi.
Davlat ta`lim standartlarining ikki asosiy vazifasini alohida ta`kidlab ko’rsatish mumkin. Bunday standartlar umumiy o’rta o’rta ta`lim va o’rta maxsus ta`lim tizimida oquvchilarga beriladigan ta`lim mazmunining majburiy minimumini hamda bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan talablar majmuasini belgilab beradi. Ta`lim mazmunining majburiy minimumi oquv dasturlari va darsliklarda to’liq oz ifodasini topishi shart. Bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasiga ko’ra oquvchi muayyan bosqichda egallashi shart bolgan bilim, ko’nikma va malakalarning minimal miqdori belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: |