3 mavzu: “Etika” fanining predmeti va jamiyat hayotidagi ahamiyati. Nikoh va oilaning axloqiy asoslari, uning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni soat Reja


O‘zbekistonda yoshlar tarbiyasi, ma’naviy-axloqiy kamolotida nikoh va oila haqidagi milliy axloqiy qadriyatlarining o‘rni



Yüklə 60,83 Kb.
səhifə5/6
tarix01.06.2023
ölçüsü60,83 Kb.
#121586
1   2   3   4   5   6
FALSAFA 13-NAZARIYA

O‘zbekistonda yoshlar tarbiyasi, ma’naviy-axloqiy kamolotida nikoh va oila haqidagi milliy axloqiy qadriyatlarining o‘rni.

Madaniyatning turlari ichida, xususan ma’naviy madaniyat doirasida axloqiy madaniyat o‘zining nihoyatda keng qamrovliligi bilan ajralib turadi. Uning shaxs hayotida voqe bo‘lishi xilma-xil omillar vositasida ro‘y beradi. Chunonchi, hayotiy tajriba, tarbiya, axloqiy ta’lim, san’at ana shunday vositalardan hisoblanadi. Axloqiy madaniyat shaxsga o‘zgalar bilan munosabatda an’anaviy axloqiy qonun-qoidalardan ijobiy foydalanishni, ularga zamonaviylik nuqtayi nazardan yondashishni, ezgulik bilan yovuzlikning farqiga borishni va egallagan axloqiy bilimlarini samarali tatbiq etishga o‘rgatadi. Qisqasi, u shaxsning jamiyat axloqiy tajribalarini egallash va ulardan o‘z tajribalarida foydalanishi o‘z-o‘zini muntazam takomillashtirib borishi singari jihatlarni qamrab oladi; shu bilan shaxs axloqiy taraqqiyotining belgisi hisoblanadi hamda davlat va jamiyatdagi axloqiy darajani yuksaltirishga xizmat qiladi.


Axloqiy madaniyat doimo zamonaviydir. Ya’ni, u muayyan zamon erishgan axloqiy yutuqlar yoxud darajaning shaxs axloqiy hayotidagi ko‘rinishidir. To‘g‘ri, u, yuqorida aytganimizdek, ma’naviy axloqiy qadriyatlarni butunlay inkor etmaydi, lekin ularning zamonaviy shakllarda namoyon bo‘lishini ta’minlaydi. Masalan, mulozamat, takalluf va murojaat odobini olaylik. Bu axloqiy qadriyatlar qadimdan mavjud. Lekin ularning bugungi kundagi shakllari, deylik, Navoiy davridagidan farq qiladi. Garchand, u davrdagi mulozamat, takalluf va murojaat odobi o‘z mohiyatini saqlab qolgan bo‘lsa-da, bugun ulardan о’sha shakllarda foydalanish erish tuyuladi, hazilomuz-kulgili ko‘rinadi, hatto istehzoli-kinoyaviy urg‘u kasb etadi.
Biz yuqorida madaniyatning keng qamrovlilik xususiyatini ta’kidlab o‘tdik. Zotan madaniyatning biror sohasi yo‘qki, unda axloqiy madaniyat bevosita yoki bilvosita ishtirok etmagan bo‘lsin. U iqtisodiy madaniyatmi, tibbiy madaniyatmi, estetik madaniyatmi, baribir axloqiy madaniyatsiz mavjud bo‘la olmaydi. Hammasida axloqiy madaniyat muomala odobi, etiket, kasbiy odob ko‘rinishlarida nafaqat ishtirok etadi, balki ma’lum ma’noda ularning yashash shartini belgilab beradi. Insonlar toki jamiyat bo‘lib hayot kechirar ekanlar, ular bir-birlari bilan axloqiy munosabatga kirishmay yashashlarining iloji yo‘q. Axloqiy madaniyat ana shu munosabatning asosi, mohiyatini tashkil etadi. Axloqiy madaniyat axloqiy tafakkur madaniyatining qator unsurlarini o‘z ichiga oladi. Ana shunday eng muhim unsurlardan biri - muomala odobidir.
Muomala odobi - u, mohiyatan, o‘zaro hamkorlikning shakllaridan biri. Inson zoti bir-biri bilan hamkorlik qilmasdan, o‘zaro tajriba almashmasdan, bir-biriga ta’sir ko‘rsatmasdan rosmana yashashi mumkin emas. Muomala odam uchun ehtiyoj, zarurat, sog‘lom kishi usiz ruhan qiynaladi, kayfiyati tushib boradi.
Muomala odobi boshqa kishilar qadr-qimmatini, izzatini joyiga qo‘yishni, an’anaviy axloqiy-me’yoriy talablarni bajarishni taqozo etadi. Shuning barobarida, u insondagi yaxshi jihatlarni namoyon etishi, ko‘zga ko‘rsatishi bilan ham ajralib turadi. Uning eng yorqin, eng sermazmun va eng ifodali namoyon bo‘lishi so‘z, nutq vositasida ro‘y beradi. So‘zlash va tinglay bilish, suhbatlashish madaniyati muomalaning muhim jihatlarini tashkil etadi. Shu bois muomala odobi o‘zini, eng avvalo, shirinsuxanlilik, kamsuqumlik, bosiqlik, xushfe’llilik singari axloqiy me’yorlarda namoyon qiladi. Darhaqiqat, muomala odobida muloqotning asosi bo‘lmish til katta ahamiyatga ega. Zero, odamlar bir-birlarini til orqali tushunadilar, til vositasida o‘z fikrini o‘zgaga yetkazish ma’lum ma’noda san’at. Zarur so‘zni topish, muayyan holatga mos keladigan ifodaviy vositalarni qo‘llash, fikrni jumlaviy jihatdan to‘g‘ri ifodalash, aniq, bosiq, salobat bilan so‘zlash hamsuhbatingiz yoki tinglovchining diqqatini tortishda muhim rol o‘ynaydi, so‘zlovchining nutq madaniyati darajasini ко‘taradi.
Muomala odobida tilning sofligi masalasi ham muhim. Til sofligi buzilishining asosiy uch xil ko‘rinishi mavjud: birinchisi bir tilda so‘zlashayotib, ikkinchi tilga o‘tib ketish, to‘g‘rirog‘i, birvarakay «ikki tilda» so‘zlashish, misol qilib, ikki talabaning so‘zlashayotganda о‘zbek tilida rus tiliga, rus tilidan o‘zbekchaga muntazam o‘tib turishini olish mumkin, bu ba’zilar uchun odatiy hol bo‘lib qolgan. Ikkinchisi bir tilda so‘zlashayotib, ikkinchi tildagi so‘zlarni, ayniqsa jargonlarni ishlatish. М., «davay», «koroche», va h.k. Til sofligining uchinchi buzilishi esa bir tilda so‘zlashgan holda o‘sha tildagi «parazit» so‘zlarni qo‘llashda ko‘rinadi. М., «anaqa» «haliginday» va h.k. Muomaladagi bunday til sofligining buzilishlari hamsuhbatlarga bilinmasa ham, chetdan kuzatgan odamga nihoyatda xunuk ko‘rinadi. Muomala odobida «siz» va «sen»ning o‘z o‘rnida qo‘llanilishi ham ahamiyatga ega. Xususan, ota-ona, aka-opa yoki boshqa yoshi katta odamlar uchinchi shaxs bo‘lganida ularga nisban birlikdagi «u» olmoshini emas, hurmatni anglatuvchi «ular» yoki «u kishi» shaklini qo‘llash odobdan. М., «Otam shunday dedi» emas, «Otam shunday dedilar»,«U kishi shuni xohlayaptilar» va h.k.
Suhbat paytida tinimsiz harakatda bo‘lib turish, qo‘lni paxsa qilib gapirish yoki suhbatdoshining yoshini nazarga olmay, uni oyoqni chalkashtirib o‘tirgan holda tinglash, birov jon kuydirib so‘zlayotganda esnash v.b. shunga o‘xshash holatlar ham muomaladagi odobsizlikni bildiradi. Muomala odobining yana bir «ko‘zgusi», bu - insoniy qarash, nigoh, so‘zsiz — noverbal harakatlar. Ma’lumki, odamning qarashida, yuz ifodasida, qo‘l harakatlarida uning qay sabablardandir tilga chiqmagan, so‘zga aylanmagan hissiyoti, talablari o‘z aksini topadi. Chunonchi, suhbatdoshining gapini oxirigacha eshitmay, qo‘l siltab ketish muomaladagi madaniyatsizlikni anglatadi. Ba’zan qarab qoyishnmg o‘zi so‘zdan ham kuchliroq ta’sir ko‘rsatadi. Deylik, bir quruvchi usta o‘z shogirdining xatti-harakatlaridan noroziligini bildirish uchun bosh chayqab jilmayib qo‘yishi mumkin. Ikkinchi usta esa, bir lahza o‘qrayib qarash bilan munosabatini ifodalaydi. Birinchi usta yuz ifodasi va xatti- harakati bilan: «Obbo shovvoz-ey, sal shoshilibsan-da, ha, mayli, zarari yo‘q, shunaqasi ham bo‘ladi», degan ma’noni anglatsa, ikkinchi ustaning qarashidan: «Yana ishni rasvo qilibsan-ku, padarla’nat, qachon odam bo‘lasan?!», degan so‘zlarni uqish mumkin. Shubhasiz, birinchi usta muomalada odobga rioya qilgan bo‘lsa, ikkinchisi uning aksi - shogirdining emas, o‘zining odobsizligini ko‘rsatmoqda.
Umuman olganda, muomala odobi kishilarning nasihat qilmasdan va odob o‘rgatmasdan bir-biriga ta’siri, tarbiya va o‘z-o‘zini tarbiya vositasi sifatida diqqatga sazovor. Shu sababli yoshlarimizda muomala odobini shakllantirish hozirgi kunda jamiyatimiz oldida turgan muhim vazifalardan. Bunda ota-onaning, mahalla-ko‘yning ta’siri katta. Undan foydalana bilish kerak. Zero, axloqiy komillikka erishish muomala odobini egallashdan boshlanadi.
Axloqiy madaniyat yaqqol ko‘zga tashlanadigan munosabatlar ko‘rinishidan biri, bu - etiket. U ko‘proq insonning tashqi madaniyatini, o‘zaro munosabatlardagi o‘zini tutish qonun-qoidalarining bajarilishini boshqaradi. Agar muomala odobida inson o‘z munosabatlariga ijodiy yondashsa, ya’ni bir holatda bir necha xil muomala qilish imkoniga ega bo‘lsa, etiket muayyan holat uchun faqat bir xil qoidalashtirib qo‘yilgan xatti-harakatni taqozo etadi.Etiketning qamrovi keng, u, ma’lum ma’noda, xalqaro miqyosda qabul qilingan muomala qonun-qoidalarini o‘z ichiga oladi. Masalan, siyosiy arbob etiketi, mehmondorchilik etiketi va h.k. Etiketga rioya qilishning mumtoz namunasini biz tez-tez televizor ekrani orqali ko‘rib turamiz.
Milliy mentalitetda marosimlar etiketi, ayniqsa katta ahamiyatga ega. To‘y marosimida, xususan, qiz bilan ota-onaning xayrlashuvi, nikoh kechasiga kirib kelishda kuyovning kelinni chap tomonda tutib, to‘yxonaga boshlab kirishi va h.k. etiket qonun-qoidalari to liq bajarilishi lozim. Yoki aza marosimida fotihaga kelgan odamlarni milliy to‘n va do‘ppi kiygan, belbog‘ bog‘lagan holda, qo‘l qovushtirib, boshni bir yonga quyi tutgan tarzda kutib olish qat’i qoidaga asoslanadi. Bular, bir qarashda, etiketning milliy yoki kasbiy udum, odat, rasm-rusumlardan farqi yo‘q ekan, degan taassurot qoldirishi mumkin. Bu yuzaki, yolg‘on taassurot. Chunki udum, odat, rasm-rusumlar muayyan darajada erkinlikka ega, ba’zan ularni bajarmaslik ham mumkin. Lekin etiketda buning imkoni yo‘q - etiket qonun-qoidalari majburiylik tabiatiga ega.
Etiketning yana bir alohida jihati bor: unda odob bilan go‘zallikning uyg‘unligini ko‘rishimiz mumkin, qat’iy odob qonun-qoidalari chiroyli xatti-harakatlar vositasida amalga oshiriladi. Demak, etiket estetika bilan ham bog‘liq, aniqrog‘i, o‘zni tutish estetikasi talablariga javob beradi. Shunday qilib, etiket - takallufning mayda-chuyda jihatlarigacha ishlab chiqilgan odob qoidalari sifatida ijobiy, kishining ко‘zini quvontiradigan muomala hodisasi. Lekin, ayni paytda, u asl axloqiy asosini yo‘qotgan majburiy mulozamat tarzida ham namoyon bo‘ladi. Etiket qoidalarini bajarayotgan kishi aslida o‘z xohish-ixtiyoriga qarshi ish ko‘rayotgan bo‘lishi ham mumkin. Bu jihatdan u munofiqlikning bir ko‘rinishiga aylanadi. Masalan, siz biror yoqqa shoshilib, darvozadan chiqdingiz, deylik. Ro‘parangizda tanishingiz yoki qo‘shningiz uchraydi. Siz ko‘rishib, hol-ahvol so‘rashib, so‘ng sharqona etiketga rioya qilib uni: «Qani uyga kiramiz, choy qilamiz, bir hangomalashamiz», deb ichkariga taklif qilasiz. Lekin, aslida, siz uning uyga kirishini aslo istamaysiz, vaqtingiz yo‘q, hatto, shu uchrashganda ketgan vaqtingizni o‘ylab, pitirlab turibsiz. Demak, siz o‘z istagingizga qarshi, etiket-mulozamat yuzasidan yolg‘on gaplarni aytasiz, xunuk eshitilsa ham na chora - munofiqlik qilasiz. Shunga qaramay, umuman olganda, etiket shaxsni muayyan tartib-qoidaga, qanday ichki ruhiy sharoitda bo‘lmasin, bosiqlikka, muloyimlikka va sabr-toqatga o‘rgatishi bilan ahamiyatlidir.

Yüklə 60,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin