46(MBH/108Mc)
Ma’lum bo’lishicha, faol yadroda Lr / Lo nisbati kattaroq bo’lganda, u radiokuchli hisoblanadi va yadroning massasi ham kattarok ekan, ammo akkretsiya tempi (dm/dt)ed ga nisbatan kichikroq bo’ladi. Qizilga siljishi (masofasi) kattashgani sari radiotinch kvazarlarning ulushi ham ortadi va buni massiv qora o’ralarga (BH) kuchli akretsiya bilan tushuntiriladi.
Faol galaktikalarning ko’p turlari mavjud bo’lishini tushuntirish uchun radio otilish hamda kuzatish o’qlari orasidagi burchakning katta ahamiyatga ega bo’lishi haqida gipoteza ham taklif qilingan edi. Uni “unifikatsiyalashtirilgan sxema” - “US” ham deb atashdi. Unga ko’ra, faol galaktikalarnig ko’pchiligi aslida bitta tipga qarashi. Ularning hilma-hilliga biz ularga qaysi burchak ostida qarashimizga bog’liq ekan.
Keyinchalik astronomlar bu gipoteza o’ta soddalashtirilganligi tan olishdi va bunda otilgan djet va akkretsion diskning orientatsiyasidan tashqari boshqa omillarni ham inobatga olish kerakligi aniqlandi. Bu faktorlarga – evolyutsion o’zgarishlar, ona galaktikaning turi, atrof-muhit boyligi va hilma-hilligi, akkretsion oqimlarning hususiyatlari va ular atrofidagi magnit maydonlarning shakillari, qora o’ra va ular atrofidagi disklarning aylanish o’qlarining o’zaro yo’naltirilganligi va xokazolar.
Bu tahminlarni inobatga olsa, radioshovqin kvazar vaqt o’tganda evolyutsiyalanadi va oddiy radiogalaktika bo’lib ko’rinadi, radiotinch kvazar esa – seyfert galaktikasiga aylanadi. Soddalashgan “US” sxemasining kamchiliklari blazarlarning tabiatini tushuntirishda yaqqol ko’rindi.
Dostları ilə paylaş: |