3-mavzu. Fikrlarni yaratish: "Aqliy hujum" metodi



Yüklə 12,91 Kb.
tarix26.03.2023
ölçüsü12,91 Kb.
#90174
3 mavzu XULOSA \'\'AQLIY XUJUM\'\'


3-mavzu. Fikrlarni yaratish: “Aqliy hujum” metodi
XULOSA
1-“Aqliy hujum” metodining mazmun-mohiyati va bosqichlari.
Aqliy hujum - bu aniq belgilab berilgan muammolarni hal qilish maqsadida o‘rganuvchi guruhlar tomonidan g‘oyalarni yaratish uchun foydalanadigan usul
Boshqariladigan sharoitda va erkin fikrlash muhitida jamoalar muammoga “Biz qanday hal qilishimiz mumkin?” savollari bilan murojaat qilishadi. Ular juda ko‘p g‘oyalarni ishlab chiqaradi va potensial yechimlarni topish uchun ular orasidagi aloqalarni o‘rnatadi
Aqliy hujum” metodining yozma va ogʻzaki shakllari mavjud.
Ogʻzaki shaklida ta’lim beruvchi tomonidan berilgan savolga ta’lim oluvchilarning har biri oʻz fikrini ogʻzaki bildiradi. Yozma shaklida esa berilgan savolga ta’lim oluvchilar oʻz javoblarini qogʻoz kartochkalarga qisqa va barchaga koʻrinarli tarzda yozadilar.
O`g`zaki shaklda suhbatdoshlar og`zaki muloqotda bolishadi
Yozma shaklda esa qog`oz yoki kartochkaga o`z fikrlarini tushuradilar.
“Aqliy hujum”ning afzalliklari:
 natijalar baholanmasligi ta’lim oluvchilarda turli fikr-gʻoyalarning shakllanishiga olib keladi;
 ta’lim oluvchilarning barchasi ishtirok etadi;
 fikr-gʻoyalar vizuallashtirilib boriladi;
 ta’lim oluvchilarning boshlangʻich bilimlarini tekshirib koʻrish imkoniyati mavjud;
 ta’lim oluvchilarda mavzuga qiziqish uygʻotadi.
“Aqliy hujum”ning kamchiliklari:
 ta’lim beruvchi tomonidan savolni toʻgʻri qoʻya olmaslik;
 ta’lim beruvchidan yuqori darajada eshitish qobiliyatining talab etilishi
“Aqliy hujum” metodidan samarali foydalanish qoidalari
oʻquvchilarga yengil qulay shart-sharoitlar yaratish.;
 gʻоyalarni yozib bоrish uchun yozuv taxtasi yoki varaqlarini tayyorlab qoʻyish;
 muammо(yoki mavzu)ni aniqlash;
 mashgʻulоt jarayonida amal qilinishi lоzim boʻlgan sharoitlarni belgilash;
 bildirilayotgan gʻоyalarning ularning mualliflari tоmоnidan asоslanishiga erishish;
 qоgʻоz varaqlari gʻоya (yoki fikr)lar bilan toʻlgandan soʻng yozuv taxtasiga оsib qoʻyish;
 bildirilgan fikrlarni yangi gʻоyalar bilan bоyitish asоsida ularni quvvatlash;
 bоshqalar tоmоnidan bildirilgan fikr va gʻоyalar ustidan kulish, kinоyali sharxlarning bildirilishiga yoʻl qoʻymaslik;
 yangi gʻоyalarni bildirish davоm etayotgan ekan, muammоning toʻgʻri yechimini e’lоn qilishga shоshilmaslik;
Yüklə 12,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin