3.Mavzu:Hujjatga obyektlar kiritish va tahrirlash. MS Word jadvallari bilan ishlash
Microsoft Word – MS Office paketi tarkibiga kiruvchi universal matn muharriri bo’lib, unda matnlarni kiritish, ular bilan ishlash uchun qulay imkoniyatlar yaratib berilgan. Bu matn muharririda o’zidan oldingi matn muharrirlarida yaratilgan matnlarni import qilish imkoni berilishi bilan bir qatorda o’zida yaratilgan mantlarni MS Office dasturiy mahsulotining boshqa muharrirlariga, Web sahifa ko’rinishida va boshqa ko’rinishlarda eksport qilish imkoni mavjud.
Matnlarni tayyorlashda qulayliklari juda katta bo’lgan zamonaviy dasturlardan biri - Microsoft Wordda tayyorlanadigan matnda rasm, formula, grafiklar, ovoz yozilgan fayllar, video-klipplarni joylashtirish imkoni mavjud.
Fayl menyusida hujjat bilan ishlash buyruqlari mujassamlashgan bo’lib ular orqali hujjat yaratish, saqlangan hujjatni ochish , joriy hujjatni yopish , hujjatni saqlash, boshqa nom bilan saqlash , Internet sahifasi shaklida saqlash , hujjatlarni mazmuni bo’yicha qidirish , bir faylning o’zida bir nechta hujjatni (o’zgartirish kiritilish vaqtiga ko’ra) saqlash va ochish, Internetda hujjatning qanday ko’rinishini ko’rib o’tish, hujjatni (qog’oz turini, hoshiyani) o’zgartirish, printerdan chop etishdan oldin ko’rish , chop etish, boshqa dasturlarga (electron pochtaga ) hujjatni yuborish, hujjat haqida ma’lumot olish, oldin ochilgan hujjatlarni ro’yxati va dasturdan chiqish kabi menyu punktlari bor. Windows 8 OT da fayl bo’limi boshqa operatsion sistemalardan farqli ravishda quydagicha bo’ladi.
Microsoft Word 2013 dasturida oldingi dasturlardan farqli ravishda pravka bo’limi mavjud emas.
Glavnaя menyusda Word dasturida bajariladigan asosiy amallar ketma-ketligi joylashgan bo’lib, bu menyuga foydalanuvchi eng ko’p murojaat qiladi.
Glavnaя menyu yordamida foydalanuvchi matndan nusha olish, nushalangan matnni xosil qilish, belgilangan joyni kesish, yozuv shriftini o’zgartirish, ungs ang berish, matinni quyuq rangda yozish , qo’lyozma shaklida yozish, ostiga chizib yozish, satirlar orasidagi masofani tanlash, va malum matinga joylashuv o’zgarishlarini kiritish mumkin.
Vid menyusidan hujjatni ko’rinishini, jumladan oddiy ko’rinishda, web shaklda, sahifa shaklida, bo’limlarni ko’rish va tahrirlash shaklida , instrumentlar panelidan panellarni (Standartnaya) tanlash, chizg’IchnI xosil qilish yoki berkitish (Lineyka), hujjatni sxematik shaklda ko’rish, hujjat kolontitullarini tahrirlash, hujjatni butun ekran bo’yicha tahrirlash, hujjatni masshtablash kabi punktlar mavjud.
Vstavka menyusidan hujjatga ob’ektlarni yoki sahifalarni qo’yish, hujjatni betlash, joriy vaqt va kunni qo’yish, avto matn, klaviaturada yo’q belgilarni, mundarija va ko’rsatkichlarni, rasmlarni, diagrammalarni, yozuvli ramka, matnli faylni, boshqa dasturlardagi fayllarni yaratish yoki qo’yish punktlaridan foydalanish mumkin.
Tablitsa menyusi jadvallar bilan ishlash uchun mo’ljallangan bo’lib, bulardan jadvalni chizish, jadval, ustun va satrlarni qo’yish, yoki aksincha o’chirish va ajratish, kataklarni birlashtirish yoki bo’lish, jadval chetlarini avtotekislash, matnni jadvalga yoki aksincha jadvalni matnga aylantirish, jadvaldagi ma’lumotlarni saralash, formulalar ishlatish, jadval xususiyatlarini o’zgartirish singari vazifalar mujassamlashgan.
Razmetka stranits menyusida joriy ishlanayotgan hujjatga o’zgartirishlar kiritish mumkin. Bular quyidagilar: varaqning farmatini “ориентация” bo’limi yordamida albomnaya holatiga o’tkazish yoki aksincha, knijnaya holatini tanlash, matinni kolonkalarga ajratish, varaqlar orasidagi masofani tanlash va o’zgartirish, matnni interval va hoshiya bilan jihozlash mumkin.
Dizayn matnning dizaynini unga turli o’zgartirishlar kiritishni, joriy holatini v unga turli qo’shimcha eskizni kiritish va matinni turli shrift va ranglarda tasvirlash imkonini beradi. Bu menyu yordamida foydalanuvchi yaratadigan xujjatni chiroyli va ko’rkam qilish imkoniyatiga ega.
Ko’rinib turibdiki, har bir menyu ma’lum vazifani o’zida mujassamlashtirgan.
Ko’pchilikda lotin va kirill yozuvi bilan bog’liq muammo ko’pchilikni qiynashi mumkin. Word dasturiga o’rnatiladigan ushbu macros orqali bu muammoni yetishga imkon topilsa ajab emas. Bu macros orqali kirill yozuvidagi matnlarni lotinga va aksincha lotin yozuvidagi matnlarni kirill yozuviga o’tkazish mumkin.
Makrosni o’rnatish uchun avvalo quyidagi .bas fayllarni ko’chirib oling:
Cyr3Lat.bas – Kirillni lotinga o’tkazish (Times New Roman, Verdana, Tahoma, Arial shriftlari uchun)
Lat3Cyr.bas - Lotinni kirillga o’tkazish (Times New Roman, Verdana, Tahoma, Arial shriftlari uchun)
Cyr2Lat.bas – Kirillni lotinga o’tkazish (TimesUz, BaltikaUz, PragmaticUz shriftlari uchun)
Lat2Cyr.bas - Lotinni kirillga o’tkazish (TimesUz, BaltikaUz, PragmaticUz shriftlari uchun)
Word macros.zip – To’rttala fayl arxivlangan ko’rinishda.
Dostları ilə paylaş: |