«Erkin saylov va o‘z xohish-irodasini erkin bildirish prinsiplari, birinchi navbatda bar bir shaxsning davlat hokimiyati vakillik organlariga saylasb va
«Erkin saylov va o‘z xohish-irodasini erkin bildirish prinsiplari, birinchi navbatda bar bir shaxsning davlat hokimiyati vakillik organlariga saylasb vasaylanisb bo‘yicha konstitutsiyaviy huquqi milliy davlatchiligimiz modelining asosini tashkil etadi»‘.
O‘zbekiston fuqarolari ma’lum yoshga yetgach, saylov huquqidan foydalanadi. Bu saylash huquqi va saylanish huquqidir. Saylovlarda fuqarolarning bevosita ishtirok etish huquqi ham, vakillari orqali ishtirok etish huquqi ham ta’minlanadi. Agar fuqarolarning saylovda ovoz berishi, saylov komissiyalari faoliyatida ishtirok etishi bevosita ishtirokiga misol bo'lsa, fuqarolar tomonidan saylangan deputatlar, Prezident xalq nomidan ish ko‘rishi sababli xalqning vakillari orqali ishtirokiga misol bo'ladi.
Senatorlarni fuqarolar to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylamasa-da, ular ham vakillik ifodasidir, ularni xalq saylagan deputatlar o‘z orasidan saylaydi. Davlat organlari ishida hamma fuqarolarning bevosita ishtirok etishiga imkoniyat yo‘q, shuning uchun bir guruh fuqarolar yoki shaxslar davlat organlarida davlatni boshqarishda bevosita ishtirok etsa, (députât. Senator, Prezident), bir guruh fuqarolar ularning vakili sifatida ishtirok etadi (yana deputatlar, senatorlar, Prezident).
Fuqarolar davlat va jamiyat hayotiga taalluqli muhim masalalar yuzasidan referendumda (ovoz berishda) ishtirok etish, qonun loyihalari muhokamasida ishtirok etish orqali ham davlat va jamiyat ishlarida ishtirok etgan hisoblanadi. 0‘zbekistonda oxirgi referendum 2002-yil 27-yanvarda o'tkazilib, unda Parlamentning ikki palatali strukturasiga o‘tish, Prezidentning vakolat muddatini besh yildan yetti yilga o'zgartirish masalasi hal qilindi. Referendumda ham saylovdagi kabi ma’lum yoshga yetgan fuqarolar ishtirok etadi.
2017-2021-yillarda 0‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasida jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirishga, jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning zamonaviy shakllarini rivojlantirishga alohida ahamiyat qaratildi.
Davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratining o'rnatilishi, fuqarolarning jamiyat va davlat ishlarini boshqarish huquqlarini amalga oshirish vositalaridan biri sifatida e’tirof etildi va bu Konstitutsiyada o‘z ifodasini topdi.
«Jamoatchilik nazorati huquqiy asoslarining konstitutsiyaviy mustahkamlanishi, uni davlat va jamiyat qurilishini eng muhim institutlaridan biriga aylanishiga, jamiyatda xalq hokimiyatligini ta’minlashning huquqiy mexanizmlarini kuchayishiga xizmat qiladi»*.
Har qanday mamlakatning (jamiyatning) taraqqiyoti ham, tanazzuli ham fuqarolar faoliyatiga bog'liq. Mamlakatda bo'layotgan siyosiy voqealarda, iqtisodiy jarayonlarda, xalqaro masalalarda fuqarolar kuzatuvchi sifatida emas, shu jarayonlarning ishtirokchisi sifatida o‘z o‘rnini topsa, jamiyat rivojlanadi va bu rivojlanish fuqarolar taqdiriga ijobiy ta’sir qiladi. Demak, fuqarolarning siyosiy faollik asosida jamiyat hayotida ishtirok etishi zaruratdir.
Fuqarolarning siyosiy faolligi ularga Konstitutsiya va qonunlar asosida beriladigan va kafolatlangan siyosiy huquqlar orqali ta’minlanadi.
Fuqarolarning siyosiy faolligi ularga berilgan ayrim huquqlar orqali amalga oshiriladi.
0‘zbekistonKonstitutsiyasidahamdemokratiyaningajralmasxususiyatlaridan bo'lgan va fuqarolar faoliyatini ta’minlovchi miting, namoyish, yig'ilish o'tkazish huquqi mustahkamlab qo'yilgan. 38-moddada: «Fuqarolar o‘z ijtimoiy faolliklarini O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq mitinglar, yig‘ilishlar va namoyishlar shaklida amalga oshirish huquqiga ega. Hokimiyat organlari faqat xavfsizlik nuqtai nazaridangina bunday tadbirlar o‘tkazilishini to‘xtatish yoki taqiqlash huquqiga ega», - deb belgilangan.
Shu moddaning mazmuniga e’tibor bersak, birinchidan, miting, yig'ilish, namoyish fuqarolarning ijtimoiy faolligini namoyon qilish usullari hisoblanadi. Ikkinchidan, mitinglar, yig'ilishlar, namoyishlar faqat qonunga asosan o'tkaziladi.
Miting, yig'ilish, namoyishlar o'tkazish natijasida boshqa kishilarning, fuqarolarning manfaati, huquqi buzilmasligi kerak. Masalan, shunday tadbirlar o'tkazilishi natijasida transport harakati to'xtab qolsa yoki fuqarolar o'zlari uchun zarur mashg'ulotlar bilan shug'ullanish imkoniyatidan mahrum bo'lsa, buni boshqa fuqarolarning manfaatiga zarar keltiruvchi harakat deb qarash mumkin.
Miting, yig'ilish, namoyishlar vaqtida qonun doirasidan chiqib ketish natijasida turli-tuman zararli holatlar, ya’ni, mol-mulklarning nobud bo'lishi, fuqarolarga jismoniy zarar yetkazish hollari uchrab turadi. Yoki ko'pchilik to'plangan vaqtda ularni tartibli ushlab turish imkoniyati bo'lmay qolishi natijasida chegaradan chiqib ketish oqibatida xavfsizlikka ziyon yetkazilishi mumkin.