3-mavzu: Insonning shaxsiy hamda siyosiy huquqlarini mustalhkamlash masalalari
Reja:
1. Shaxsning huquqiy maqomi tushunchasi..
2. Fuqarolik.
3.O’zbekiston Respublikasida inson va fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklari. .
4 O’zbekiston Respublikasida fuqarolarning siyosiy huquqlari.
Tayanch so’zlar:: shaxs, fuqarolik, erkinlik, aholi, daxlsizlik, referendum, burch, saylov.
Konstitutsiyaviy huquqda shaxsning huquqiy maqomi masalasi markaziy masalalardandir. 0‘zbekiston Konstitutsiyasida shaxsning huquqiy maqomiga taalluqli normalar yetarli darajada mavjud.
Shaxs huquqiy maqomining qanday bo‘lishiga, eng avvalo, Konstitutsiyaning qoidalarida aks etgan. Unga asosan, inson, uning erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. «Inson» va «shaxs» tushunchalari, asosan, bir ma’noni berishini nazarda tutsak, bu qoida insonga ham taalluqlidir.
Shaxsning huquqiy maqomi deganda, shaxsning huquqlari, erkinliklari, burchlari yig'indisi tushuniladi. Har bir jamiyatda shaxs bilan davlat o'rtasida o'rnatilgan munosabat shaxsning huquqiy maqomiga ta’sir qilsa, boshqa tomondan shaxsning huquqiy maqomi davlat munosabatiga ta’sir qiladi.
Shaxsning huquqiy holati masalasida uning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari hamda burchlari darajasi, miqdori muhim rol o’ynaydi. Shuningdek, shaxsning huquqiy holatini aniqlashda fuqarolik masalasi alohida ahamiyatga ega.
Bu masalalar 0‘zbekiston Konstitutsiyasida yetarlicha tartibga solingan.
Shaxsning huquqiy holati Konstitutsiyaning V bobi (Umumiy qoidalar) 19-moddasida quyidagicha belgilangan: «O‘zbekiston Respublikasida insonning huquq va erkinliklari xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalariga binoan hamda ushbu Konstitutsiyaga muvofiq e’tirof etiladi va kafolatlanadi. Inson huquq va erkinliklari har kimga tug‘ilganidan boshlab tegishli bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar. Imtiyozlar faqat qonunga muvofiq belgilanadi va ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo‘lishi shart ». Bu shaxsning (birinchi navbatda, shaxs fuqarodir) mavqeini, tengligini ta’minlovchi asosiy huquqiy normadir. Bu yerda shaxsning tengligiga qonun oldidagi tenglik sifatida qaralmoqda. Har bir kishining qonun oldidagi tengligi adolat prinsipining o‘zagidir.
Shaxsning qonun oldida tengligiga hech qanday holat (bu holatlar Konstitutsiyada sanab o‘tilgan) ta’sir qila olmaydi. Qonun oldida tenglik shaxsning huquq, erkinliklardan foydalanishda ham teng ekanligini, shuningdek, burchlarni bajarishda ham tenglik bo‘lishini nazarda tutadi. Demak, bu norma shaxsning huquqiy holatini belgilashda asosiy o‘lchovdir.
Shu bilan birga, jamiyat va davlatninginsonparvarlik mohiyatidan kelib chiqib, Konstitutsiyaning o'zida, adolat prinsiplariga mos ravishda, ayrim shaxsiarga imtiyozlar belgilanishi ham ko'rsatib qo'yilgan. Bunda imtiyozlar faqat qonun asosida bo‘lishi alohida qayd qilinadi (19-moddaning uchinchi xatboshisi).
Imtiyozlar qonun asosida bo'lishining, ijtimoiy adolat prinsiplariga mos tushishi, mamlakatda yashovchi yordamga muhtoj, jismoniy jihatdan zaif toifali kishilargagina imtiyoz berilishini nazarda tutadi.
Konstitutsiyaga ko‘ra, qonuniy asosda 0‘zbekistonda ayollar, bolalar, nogironlar, yolg‘iz qariyalar imtiyozga ega bo'lib, bu imtiyoz, asosan, iqtisodiy jihatdan qo‘llaniladi.
Shaxsning huquqiy holatini - huquqlar, erkinliklar hamda burchlar yig'indisi degan edik. Bu masala, ya’ni huquq va burchlarning o'zaro bogdiqligini Konstitutsiyaning 20-moddasi qoidalarida ham koYish mumkin. Unda qayd qilinishicha, fuqarolar va davlat bir-biriga nisbatan bo'lgan huquqlari va burchlari bilan o'zaro bog'liqdir. Ya’ni fuqaro huquqqa ega bo'lsa, uni ta’minlash burchi davlatda bo'ladi. Fuqarolarning konstitutsiyaviy burchlarga ega bo'lishi, davlatni fuqarolardan shu burchlarga amal qilishini talab qilish huquqini keltirib chiqaradi.
Konstitutsiyaning shu moddasi qoidalari yana fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda belgilab qo'yilgan huquqlari daxlsiz ekanligini, ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qo'yishga hech kim haqli emasligini belgilaydi. Fuqarolarning konstitutsiyaviy va boshqa qonuniy huquqlari daxlsizligi konstitutsiyaviy asosda belgilangan. Demak, ulardan mahrum qilishga, cheklashga hech kimning haqqi yo'q. Konstitutsiya fuqarolarning huquqini faqatgina sud tartibida cheklashga ruxsat beradi. Cheklash qonuniy, asosli bo'lishi kerak va sud qarorida asoslantirilishi zarur. Favqulodda va harbiy holatlarda ham fuqarolarning huquqlari cheklanishi mumkin.
Konstitutsiyaning 20-moddasida: «Har bir inson o‘z shaxsini erkin kamol toptirish huquqiga ega. Hech kimga uning roziligisiz qonunchilikda belgilanmagan majburiyat yuklatilishi mumkin emas.
Inson o‘z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, jamiyat hamda davlatning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga putur yetkazmasligi shart», - deb mustahkamlangan.
Boshqalarning manfaatiga (fuqaro, jamiyat, davlat manfaati) zarar yetkazilsa, zarar yetkazgan fuqaroning huquqi cheklanadi, sud qaroriga asosan shunday hollarda hamda xavfsizlik nuqtai nazaridan fuqarolar huquqlarining cheklanishi mumkinligi xalqaro huquqiy hujjatlarda ham qayd qilingan bo'lib, Konstitutsiyaning mazkur normasi xalqaro normalarga ham to'la mos keladi.
Shaxsning huquqiy holatini aniqlashda fuqarolik muhim omil ekanligi e’tirof etilgan qoida.
Har qanday mamlakatda, jumladan, O'zbekistonda yashovchi aholining asosiy qismi O'zbekiston fuqarolaridan iborat bo'lib, aholining ma’lum qismi O'zbekiston fuqarosi bo'lmasligi mumkin. Ular O'zbekistonda turli sabablar bilan yashayotgan, ishlayotgan, o'qiyotgan, saîarga kelgan, xorijiy mamlakatlar fuqarolari yoki iuqaroligi bo'lmagan shaxslar bo'lishi mumkin.
Shaxs ma’lum davlatga mansub bo'lsagina u fuqaro hisoblanadi. Bu tegishli hujjatlar orqali rasmiylashtiriladi.
Fuqarolik - Konstitutsiyaviy institut. Uning asoslari Konstitutsiyada belgilangan.
Konstitutsiyaning VI bobi «Fuqarolik» deb nomlangan. O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yagona fuqarolik o'rnatiladi.
0‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi, unga qanday asoslarda ega bo'lganlikdan qat’iy nazar, hamma uchun tengdir.
Qoraqalpog’iston Respublikasining fuqarosi, ayni vaqtda, 0‘zbekiston Respublikasining fuqarosi hisoblanadi» (Konstitutsiyaning 22-moddasi).
Shu moddada fuqarolikka ega bo'lish va uni yo'qotish asoslari hamda tartibi qonun bilan belgilanadi, deb koVsatilgan. Fuqarolik masalasi 2020-yilgacha 1992-yil 2-iyuldagi qonun bilan tartibga solingan. Bu qonun eskirib qolgani uchun 0‘zbekiston Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida «...fuqarolik masalasiga oid qonunchilikni takomillashtirish orqali inson huquqlarini ta’minlash borasida navbatdagi muhim qadam qo‘yish zarurligini hayotning o'zi taqozo etmoqda»', deb qayd qildi va 2020-yil 13-martda «0‘zbekiston Respublikasining Fuqaroligi to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilindi. Qonunning
moddasida fuqarolikning huquqiy tushunchasi berilgan bo‘lib, unga asosan, 0‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi shaxs bilan davlatning doimiy siyosiy- huquqiy aloqasini belgilaydi, bu aloqalar ularning o‘zaro huquqlari va burchlarida ifodalanadi. Demak, fuqarolik shaxsning davlatga huquqiy mansubligi va uning natijasida fuqaro - shaxs bilan davlat o‘rtasida ma’lum munosabat, o‘zaro huquq va burchlar vujudga keladi.
0‘zbekistonda yakka fuqarolik o‘rnatilgan, yakka fuqarolikning siyosiy ahamiyati ham katta. Fuqarolik shaxs bilan davlat o‘rtasida siyosiy munosabatlarni vujudga keltiradi. Fuqarolik natijasida shaxs ma’lum huquq va erkinliklarga ega bo’libgina qolmay, ma’lum burchlarga ham ega bo‘ladi. Natijada, shaxsning davlat oldidagi mas’uliyati oshadi.
Ma’lum mamlakatlarda yashovchi hamma kishilar, albatta, fuqaro deb qaralmasligi kerak, mamlakatda yashovchilar aboli bo‘lishi mumkin. Aboli tarkibiga fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar hamda chef el fuqarolari ham kiradi. Ularning huquqiy holatida sezilarli tafovutlar mavjud. Shaxsning ma’lum davlatda yashashining o‘zigina uni fuqaro deb hisoblashga asos bo‘lmaydi, shaxs fuqaro bo’lishi uchun shaxs bilan davlat o‘rtasida alohida munosabatlar mavjud bo‘lishi kerak. Fuqarolik davlat bilan shaxs munosabatlarining alohida tartibda amalga oshishini ta’minlaydi. Umumiy asosda davlat qonun yo‘li bilan kim shu davlatning fuqarosi hisoblanishini, fuqarolikka ega
bo‘lish, uni yo‘qotish asoslari va tartibini belgilab qo‘yadi. Har bir shaxsning fuqaroligi alohida hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi. 0‘zbekistonda bunday hujjat shaxslarning pasportidir. Fuqarolik shaxs bilan davlatning barqaror munosabatlarini vujudga keltiradi.
Fuqaro va davlat munosabatlarini belgilashda xalqaro huquq normalari ham e’tirof etiladi. 0‘zbekistonda fuqarolikni quyidagicha xarakterlash mumkin.
0‘zbekistonda yakka fuqarolik e’tirof etilgan. Konstitutsiya va qonunda bu mustahkamlangan. 0‘zbekiston fuqarolari O‘zbekiston fuqaroligidan chiqmasdan turib, boshqa mamlakatlarning fuqaroligini qabul qilishi mumkin emas va aksincha.
0‘zbekistonda fuqarolik tenglikka asoslangan, ya’ni fuqarolikka ega bo‘lish qanday asoslarda bo‘lmasin (tug‘ilish bilan bo‘ladimi, keyinchalik fuqarolikka o‘tganmi) ular hamma sobada tengdir.
0‘zbekistonda fuqarolikka ega bo‘lish ochiq va erkinlikka asoslanadi. Ya’ni 0‘zbekiston fuqaroligiga ega bo‘lish uchun ortiqcha cheklovlar o‘rnatilmagan. Fuqarolikning ochiqligi, erkinligi, har qanday 0‘zbekiston fuqarosi o‘z xohishi bilan 0‘zbekiston fuqaroligidan voz kechishi mumkinligi qonunlarda mustahkamlangan.
Hech kim o‘z qarashlariga ko‘ra fuqarolikdan majburiy ravishda chiqarilishi mumkin emasligining o‘rgatilishi fuqarolikning muhim prinsiplaridan biridir. Fuqarolikdan qarashlari, fikrlashiga qarab majburiy chiqarish Sovet tuzumida tez-tez qo‘llaniladigan hodisa edi. Bu xalqaro hujjatlarga mutlaqo ziddir. Chunki ularda fuqarolikdan majburiy chiqarish ko‘zda tutilmagan.
0‘zbekiston fuqarolari mamlakat tashqarisida yashayotgan vaqtlarida ularning manfaatlari davlat tomonidan himoya qilinadi. Chet mamlakatlarda ham ular davlat homiyligida bo‘ladi.
Fuqarolik konstitutsiyaviy-huquqiy institutlardan hisoblanadi. Konstitutsiyada fuqarolik asoslari belgilangan bo‘lib, fuqarolikka ega bo'lish, uni yo‘qotish qonun bilan tartibga solinishi belgilangan. Bunday qonun 2020-yil 13-martda qabul qilingan «0‘zbekiston Respublikasining Fuqaroligi to‘g‘risida»gi Qonundir. Mazkur qonun avvalgi 1992-yil 2-iyuldagi qonunning o'rniga qabul qilindi va unda fuqarolik masalalarini bal qilishda xalqaro hujjatlar qoidalari e’tiborga olindi. Bu BMT tomonidan ham e’tirof etildi.
Qonunning 5-moddasiga asosan quyidagilar 0‘zbekiston fuqarolari hisoblanadi:
1992-yil 28-iyul holatiga ko‘ra 0‘zbekiston Respublikasida doimiy yashagan, chet davlat fuqarosi bo‘lmagan va 0‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lish istagini bildirgan shaxs;
0‘zbekiston hududida yashagan va 1992-yil 28-iyulga qadar o‘qish uchun 0‘zbekistondan tashqariga chiqib ketgan hamda uzluksiz ravishda ta’lim oigan yoxud harbiy xizmatni o‘tagan va o‘qish yoki harbiy xizmat tugaganidan keyin bir yil ichida 0‘zbekistonga qaytib kelgan hamda 0‘zbekiston Respublikasida doimiy propiskadan o‘tgan shaxs, basharti uning chet davlat fuqaroligi mavjud bo‘lmasa;
v) ushbu Qonun kuchga kirgan kunda 0‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga ega bo‘lgan shaxs;
g) ushbu Qonunga muvofiq 0‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini oigan shaxs.
Demak, shaxsni 0‘zbekiston fuqarosi hisoblash uchun qonun kuchga kirganda shaxslar 0‘zbekiston hududida doimiy yashayotgan bo‘lishi; boshqa davlatlarning fuqarosi bo‘lmasligi; 0‘zbekiston fuqarosi bo‘lish istagini bildirgan bo‘lishi; ma’lum sabablar bilan shu davrda boshqa davlatlar hududida yashayotgan bo‘lsa ham, lekin 0‘zbekistonda tug‘ilgan bo‘lsa yoki doimiy yashaganligini isbot qilsa, boshqa davlatlarning fuqarosi bo‘lmasligi asosiy shart hisoblanadi.
Qonunning 13-moddasida fuqarolikni olish asoslari belgilangan bo‘lib, unga asosan:
tug‘ilganlik bo‘yicha;
bola farzandlikka olinganda;
0‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish va uni tiklash natijasida.
0‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi 0‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida va ushbu Qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko‘ra ham olinishi mumkin.
0‘zbekiston fuqaroligiga ega bo‘lishning muhim vositalaridan biri, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar yoki chet el fuqarolarining o‘z ixtiyorlariga ko‘ra 0‘zbekiston fuqaroligiga o‘tishidir. Bunda shaxs 0‘zbekiston fuqaroligiga o‘tishni ixtiyor qiladi, uning iltimosi tegishli tartibda ko‘rib chiqilib, Respublika Prezidenti
tomonidan fuqarolikka qabul qilinadi. Qonunga asosan, 0‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilish uchun shunday istak bildirgan shaxslar oldiga ba’zi talablar qo'yiladi.
Yangi qonunda fuqarolikka qabul qilishning uch xil tartibi belgilangan. Bular: umumiy tartibda; soddalashtirilgan tartibda; alohida tartibda qabul qilishdir'.
Umumiy tartib quyidagi hollarda amalga oshiriladi, agar u (shaxs):
chet davlat fuqaroligidan chiqishni rasmiylashtirgan bo'lsa;
fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga yashash guvohnomasi olingan kundan e’tiboran va 0‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan murojaat qilgan kunga qadar 0‘zbekiston Respublikasi hududida uzluksiz besh yil davomida doimiy yashab kelayotgan bo‘lsa;
v) tirikchilikning qonuniy manbaiga ega bo‘lsa;
g) 0‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga rioya etish majburiyatini o‘z zimmasiga olsa;
d) davlat tilini muloqot qilish uchun zarur darajada bilsa.
0‘zbekistonda besh yil doimiy yashash sharti 0‘zbekiston fuqarosi bilan nikohda bo‘lgan shaxsga tatbiq qilinmaydi.
Fuqarolikka qabul qilishning soddalashtirilgan tartibi chet davlat fuqarosi bo‘lgan yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs hisoblangan vatandoshga nisbatan quyidagi hollarda amalga oshiriladi, agar u:
0‘zbekiston Respublikasi hududida yashaydigan va 0‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan, nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan loaqal bitta o‘zidan oldingi qarindoshga ega bo‘lsa;
tirikchilikning qonuniy manbaiga ega bo‘lsa;
v) 0‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga rioya etish majburiyatini o‘z zimmasiga olsa;
g) davlat tilini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda muloqot qilish uchun zarur darajada bilsa.
Ko‘rinib turibdiki, bu yerda 0‘zbekistonda ma’lum muddat yashashi kerak degan joyi yo‘q.
Fuqarolik - davlat tomonidan tartibga solinadi. Shuning uchun bu haqdagi qonun fuqarolikka ega bo‘lish asoslari, bu boradagi imtiyozlarni belgilash bilan birga, fuqarolikni tugatish asoslarini ham belgilab qo‘ygan. Qonunning 4-bobi shu masalalarni tartibga soladi.
Qonunning 23-moddasiga ko‘ra fuqarolik 2 xil asosda tugatilishi mumkin:
0‘zbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqish;
0‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini yo‘qotish.
Fuqarolikdan chiqish ixtiyoriy bo‘lib, u shaxsning tegishli organlarga bergan iltimosi asosida amalga oshiriladi. Iltimosnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: so‘rovnoma, pasport va (yoki) yashash guvohnomasi, nikoh tuzilganligi yoki bekor qilinganligi to‘g‘risidagi guvohnoma, iltimosnomada bola ko‘rsatilgan bo‘lsa, uning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi va agar mavjud bo‘lsa pasporti, davlat boji (konsullik yig‘imi) to‘langanligi to‘g‘risida hujjat.
Ariza beruvchining 0‘zbekiston fuqrosi bo‘lgan eri (xotini), ota-onasi va qaramog‘ida boshqa shaxslar bo‘lsa, ularning mulkiy e’tirozi yo‘qligi haqida notarial tasdiqlangan hujjatlar taqdim etilishi shart.
0‘zbekiston fuqarosi quyidagi hollarda fuqaroligini yo‘qotadi;
shaxs chet davlatning harbiy xizmatiga, xavfsizlik organlariga, huquqni muhofaza qiluvchi organlariga, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga xizmatga kirganligi oqibatida;
agar xorijda doimiy yashovchi shaxs yetti yil mobaynida uzrli sabablarsiz doimiy konsullik hisobiga turmagan bo‘lsa;
v) agar 0‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish bila turib yolg‘on ma’lumotlar yoki soxta hujjatlarni taqdim etish natijasida amalga oshirilgan bo‘lsa;
g) agar shaxs chet davlatning foydasini ko‘zlab faoliyat ko‘rsatgan holda yoki tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar sodir etish yo‘li bilan jamiyat hamda davlat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazgan bo‘lsa;
d) agar shaxs ixtiyoriy ravishda chet davlatning fuqaroligini olgan bo‘lsa;
e) agar shaxs chet davlatning fuqaroligini tug'ilganlik bo'yicha yoxud chet davlat fuqarosi bo'lgan otasining yoki onasining fuqaroligi asosida, voyaga yetmagan yoshida olgan bo'lsa va yigirma bir yoshga to'lguniga qadar chet davlat fuqaroligidan chiqishni rasmiylashtirmagan bo‘lsa.
0‘zbekiston fuqaroligini yo'qotganlik uning erining (xotinining) va farzandining (bolalarining) fuqaroligi o'zgarishiga sabab bo‘lmaydi.
«Shaxsiy huquq va erkinliklar» tushunchasini aniqlashdan avval umuman, «huquq», «erkinlik» degan tushunchalarni aniqlash lozim. Huquq - davlat tomonidan ta’minlanadigan, himoya qilinadigan nimadir qilish, amalga oshirish, munosib yashash sharoitiga ega bo‘lish, zo‘rliklardan himoya qilinishning tabiiy imkoniyatidir. Erkinlik esa - biror-bir narsada (xulq-atvorda, faoliyatda) qonun bilan taqiqlanmagan, biror-bir cheklashning yo‘qligidir. Ya’ni huquqda asosiy masala imkoniyatga ega bo‘lish, erkinlikda esa, cheklashning yo‘qligidir.
0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklari uch guruhga bo‘lib mustahkamlangan. Bular: «Shaxsiy huquq va erkinliklar», «Siyosiy huquqlar», «Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar».
Fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklari ustuvor huquq hisoblanadi va bu 0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida birinchi o‘rinda berilganidan ham ko'rinadi.
Shaxsiy huquq va erkinliklar fuqarolarning hayoti, sog‘lig‘i, e’tiqodi bilan bog'liqdir. Shaxsiy huquq va erkinliklar insonni shaxs sifatida namoyon etuvchi imkoniyatdir.
Shaxsiy huquq va erkinliklar, odatda, tabiiy huquqlar deb ham yuritiladi. Ular inson tug'ilishi bilan vujudga keladi. Ularni davlat bermaydi. Faqat shu huquqlarni davlat ta’minlaydi va shunga majbur. Shaxsiy, ya’ni tabiiy huquqlar barcha mamlakatlarda mavjud va davlat tomonidan ta’minlanadi. Shaxsiy huquq va erkinliklar xalqaro hujjatlar bilan ham himoya qilinadi.
0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini ishlab chiqishda va qabul qilishda fuqarolarning shaxsiy huquqlari belgilangan xalqaro hujjatlar, jumladan, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qoidalariga amal qilindi.
Natijada, birinchi marta, Konstitutsiyada yashash huquqi qayd qilinib, bu huquqni ta’minlashni davlat o‘z zimmasiga oldi.
Shaxsiy huquq va erkinliklar, boshqa huquqlardan farq qilib, ularni cheklash mumkin emas. Alohida hollarda cheklash zarurati bo‘lsa, bu Konstitutsiya asosida, unda ko'rsatilgan tartibda amalga oshiriladi. Ya’ni ba’zi hollarda cheklash qonunga asosan amalga oshirilishi belgilangan.
Lekin shunday huquqlar borki, ularni aslo cheklash, ulardan mahrum qilish mumkin emas. Masalan, yashash huquqi.
Shaxsiy huquqlardan barcha shaxslar, fuqaroligidan qat’iy nazar foydalanadi va davlat ham barchaga, fuqaroligidan qat’iy nazar, shaxsiy huquq va erkinliklardan foydalanishga imkon yaratadi.
Konstitutsiyaga asosan shaxsiy huquq va erkinliklar bilan bog‘liq insonning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat
hisoblanishi ham bu huquqlarning huquq va erkinliklar tizimida ustuvor hisoblanishiga olib keladi.
Insonning hayoti, shaxsi va erkinligi daxlsizdir', - deb qayd qilingan Konstitutsiya qabul qilinayotgan Oliy Kengash sessiyasida va shu g'oya Konstitutsiyada to‘la o‘z ifodasini topgan.
Inson hayoti Konstitutsiyada yashash huquqining belgilanishi va har tomonlama ta’minlanishi bilan kafolatlanadi.
Konstitutsiyaning 25-moddasida: « Yashash huquqi har bir insonning ajralmas huquqidir va u qonun bilan muhofaza qilinadi. Inson hayotiga suiqasd qilish eng og‘ir jinoyatdir. O‘zbekiston Respublikasida o‘lim jazosi taqiqlanadi», - deb belgilangan.
Insonning yashash huquqi qonunlar bilan himoya qilinadi. Yashash huquqi hayot kechirish bilan bog‘liq bo'lganligi uchun inson hayotiga har qanday tajovuz qonunga asosan jazolanadi. 0‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida inson hayotiga qilingan tajovuzlarga jazo belgilangan. Kodeksning 97-moddasida qasddan odam o‘ldirish uchun, 98-moddada kuchli ruhiy hayajon natijasida qasddan odam o'ldirish uchun, 99-moddada onaning o‘z chaqalogMni (bolasini) 0‘ldirganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. Xuddi shuningdek, Jinoyat kodeksida ehtiyotsizlik orqasida odam o'ldirish, zaruriy mudofaa chegarasidan chiqib odam o'ldirish uchun ham jinoiy javobgarlik belgilangan.
Og'ir jinoyat sodir etgan shaxslarni o'lim jazosi orqali hayotdan mahrum qilish masalasi ham yashash huquqi bilan bog'liq hodisa. Bu ayrim davlatlarda oxirgi chora tariqasida qo'llaniladigan jazo. Mamlakatimizda demokratlashtirish jarayoni chuqurlashib borishi bilan bu masalaga ham yondashuv o'zgarib bormoqda. O'zbekiston XXI asrga ijtimoiy hayotning barcha sohalarini erkinlashtirish vazifasi bilan kirib keldi. Bu borada 2001-yil ikkinchi chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 6-sessiyasida qabul qilingan «Jinoiy jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslari hamda Ma’muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksga o'zgartirishlar va qo'shimchalar kiritish haqida»gi Qonun^ muhim rol o'ynaydi.
Umuman, O'zbekiston mustaqillikka erishgach, o'lim jazosini qo'llashni kamaytirishga harakat qildi. Mustaqillikka erishilgan vaqtda Jinoyat kodeksining 30 dan ortiq moddalarida o'lim jazosi belgilangan bo'lsa, 1994-yilda 13 ta moddada, 1998-yilda 8 ta moddada, 2001-yilda 4 ta moddada o'lim jazosi ko'zda tutildi.
2005-yil 28-yanvarda Prezident O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo'shma majlisidagi ma’ruzasida «Sud- huquq tizimini liberallashtirish borasida biz hal etishimiz lozim bo‘lgan yana bir masala — bu jazolash tizimidan o‘lim jazosini
chiqarib tashlashdir»', - deb qayd etdi. Shuni hayotga tatbiq etish uchun 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «0‘zbekiston Respublikasida o'lim jazosini bekor qilish to‘g‘risida»gi Farmoni qabul qilindi. Farmon asosida tegishli qonunlarga o‘zgartirish kiritildi va o‘lim jazosi mutlaqo bekor qilindi. Bu amalga oshirilayotgan ishlar bevosita insonning Konstitutsiyada belgilangan yashash huquqini ta’minlashni kuchaytirishga qaratilgandir.
Insonning yashash huquqi to‘la-to‘kis bo'lishi, yashashi, hayoti davomida hayotdan to‘la bahramand bo'lishi va o‘z imkoniyatlaridan to‘la foydalanishi uchun unga, albatta, erkinlik va daxlsizlik zarur. Shuning uchun Konstitutsiyaning 25-moddasida: «Har kirn erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega. Hech kirn qonunga asoslanmagan holda hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishi mumkin emas», - deb belgilangan.
Erkinlik shaxsning o‘z ixtiyori bo‘yicha yashash, hayot kechirish imkoniyati bo‘lib, faqat shaxs qonunlarga itoat etishi zarur. Mamlakatimizda har bir kishining erkinligi uning shaxsiy daxlsizligi bilan ta’minlanadi. Daxlsizlik degani, shaxsning erkinligini cheklovchi hech qanday harakatlarga yo‘l qo'yilmasligidir. Qonunda belgilangan asoslardan tashqari, hech kimning erkinligi cheklanishi, erkinlikka zarar yetkazilishi mumkin emas. Qonun tegishli hollarda kishilarning erkinligini cheklashga yo‘l qo‘yadi. Ya’ni ular jinoiy harakat sodir etsa yoki shunday harakat sodir etishda gumon qilinsa, shaxsni jamiyatdan ajratishga zarurat tug'iladi. Lekin har qanday erkinlikni cheklash qonunga asosan va qonun vakolat bergan organlar tomonidan amalga oshiriladi. Ichki ishlar organlari ma’lum muddatga shaxslarni ushlab turishi, sud organlari qamoqqa olish haqida sanksiya (rozilik) berishi va ozodlikdan mahrum qilish yoki boshqa erkinlikni cheklovchi jazolar berishi mumkin.
Mamlakatimizda har bir kishining erkinligini yanada kengroq ta’minlash maqsadida va jahon tajribasiga tayangan holda shaxsni ushlab turish (ya’ni erkinligini cheklash) masalasini adolatli hal qilish uchun «Boshqa demokratik davlatlar kabi 0‘zbekistonda ham shaxsni ushlab turish, hibsga olish, shuningdek, boshqa protsessual majburlov choralarini qoilash uchun sanksiya berish huquqini ham sudlarga o‘tkazish kerak»^ - deb Prezident bu masalani kun tartibiga qo'ygan edi. Ushbu masalani hayotga tatbiq qilish uchun 2005-yil 8-avgustda 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Qamoqqa olishga sanksiya berish huquqini sudlarga o'tkazish to‘g‘risida»gi Farmon® qabul qilindi va uning asosida tegishli qonunchilikka o'zgartirish kiritildi. Natijada, shaxsning daxlsizligini ta’minlash kuchaytirildi.
Bu masalaning mohiyati to‘g‘risida Prezident shunday degan edi: «Bu borada «Xabeas korpus» institutining joriy etilishi, ya’ni 2008-yildan
ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olishga sanksiya berish huquqining prokurordan sudga o‘tkazilishi prinsipial qadam boidi»‘.
Konstitutsiyaning 28-moddasida; «Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxs uning aybi qonunda nazarda tutilgan tartibda oshkora sud muhokamasi yo‘li bilan isbotlanmaguncha va sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlanmaguncha aybsiz deb hisoblanadi. Ayblanuvchiga o‘zini himoya qilish uchun barcha imkoniyatlar ta’minlanadi. Aybdorlikka oid barcha shubhalar, agar ularni bartaraf etish imkoniyatlari tugagan bo‘lsa, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yoki mahkumning foydasiga hal qilinishi kerak.
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o‘zining aybsizligini isbotlashi shart emas va istalgan vaqtda sukut saqlash huquqidan foydalanishi mumkin.
Hech kim o‘ziga va yaqin qarindoshlariga qarshi guvohlik berishga majbur emas.
Agar shaxsning o‘z aybini tan olganligi unga qarshi yagona dalil bo‘lsa, u aybdor deb topilishi yoki jazoga tortilishi mumkin emas.
Ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar o‘ziga nisbatan insoniy muomalada bo‘linishi hamda inson shaxsiga xos bo‘lgan sha’ni va qadr-qimmati hurmat qilinishi huquqiga ega.
Shaxsning sudlanganligi va bundan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar uning qarindoshlari huquqlarini cheklash uchun asos bo‘lishi mumkin emas», - deb belgilab qo'yilgan.
Har qanday kishini aybdor deb topishning faqat sud organlari vakolatiga berilishi demokratik huquqiy davlatga xos xususiyat bo'lib, bu shaxsni himoyalashning muhim vositasidir.
Jahon huquqshunoslik tajribasida «aybsizlik prezumpsiyasi» degan so‘z ishlatiladi. Bu degani, shaxsning aybi aniq isbotlanib, aybli ekanligi sud tomonidan e’tirof etilmaguncha unga hech qanday ayb qo'ymaslik va aybdor deb e’lon qilmaslikni anglatadi. Shaxsning aybi qonunlarda belgilangan tartibda, sudda ko'rib chiqilib isbotlansagina u aybdor deb topilishi mumkin. Bunda yana bir muhim shart sudda ishning oshkora koVilishi hisoblanadi. Sudda ishni oshkora ko'rish deganda, manfaatdor tomonlarni oldindan sudda ish koYish vaqti va joyi haqida ogohlantirish, sud majlislarida ishtirok etishga to'sqinlik qilmaslik, sud majlislarida jamoatchilik vakillari, ommaviy axborot vositalarining ishtirokiga imkoniyat yaratish tushuniladi.
Sudda ayblanayotgan shaxsga o'zini himoya qilish, aybsizligini isbotlash uchun barcha tegishli imkoniyatlar yaratiladi. Ular dalillar taqdim qilishni, suddan guvohlarni chaqirish va boshqa harakatlar sodir etishni soVashi mumkin.
Sudda ayblanayotgan shaxsning himoyaga bo'lgan huquqini ta’minlashni Konstitutsiyaning 116-moddasi ham ko'zda tutgan, unga asosan: «Ayblanuvchi himoyalanish huquqi bilan ta’minlanadi. Tergov va sud ishini yuritishning har qanday bosqichida malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlanadi».
«Aybsizlik prezumpsiyasi» yana ayblanayotgan shaxsga o‘z aybsizligini isbotlash majburiyatini yuklamaydi (bu tegishli organlarning majburiyati), shuningdek, gumonlar isbotlanmasa, bunda gumonlar ayblanuvchi foydasiga hal etilishini ko'zda tutadi.
Amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotining eng muhim jihatlaridan biri advokatlar rolini oshirish, ularning holatini davlat ayblovchilari bilan
tenglashtirishga qaratilgan bo‘lib, u shaxs manfaatlarini himoya qilishni kuchaytirishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiladi.
Yangi tahrirdagi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida Advokatura institute haqida alohida bob kiritilgan.XXIV- bobdagi ikki modda advokatura faoliyatidagi mustaqillik, qonuniylik jihatlariga bag’ishlangan.Unda : «« Jismoniy va yuridik shaxslarga malakali yuridik yordam ko‘rsatish uchun advokatura faoliyat ko‘rsatadi.
Advokatura faoliyati qonuniylik, mustaqillik va o‘zini o‘zi boshqarish prinsiplariga asoslanadi.
Advokaturani tashkil etish va uning faoliyati tartibi qonun bilan belgilanadi. Advokat o‘z kasbiy vazifalarini amalga oshirayotganda uning faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Advokatga o‘z himoyasidagi shaxs bilan moneliksiz va xoli uchrashish, maslahatlar berish uchun shart-sharoitlar ta’minlanadi.
Advokat, uning sha’ni, qadr-qimmati va kasbiy faoliyati davlat himoyasida bo‘ladi va qonun bilan muhofaza qilinadi» deb belgilab qo’yilgan.
.
Shunday harakatlar sodir etilgudek bo'lsa, aybdor shaxslar jazolanadi. Shunday harakatlarni sodir etmaslik jinoyat qonunlarimizning muhim prinsiplaridan biri deb belgilangan.
O‘zbekiston Xalqaro huquqning umume’tirof etilgan qoidalariga sodiqligini namoyon etib, 1995-yil 31-avgustda «Qiynoq hamda muomala va jazolashning qattiq shafqatsiz, insoniylikka zid yoki qadr-qimmatni kamsituvchi turlariga qarshi Konvensiya»ga qo'shilgan.
Jahon tajribasida shaxsning roziligisiz tibbiy yoki ilmiy tajribalar o'tkazish shaxsning qadr-qimmatiga qaratilgan qonunsiz harakat deb e’tirof etilgan. 0‘zbekistonda ham bunday tajribalar taqiqlanadi. Shaxsning roziligisiz unda turli tajribalar o'tkazilishi natijasida insonlar naqadar xo'rlanganligini, hayotdan, sog'liqdan mahrum bo'lganligini Ikkinchi jahon urushida konslagerlarda fashistlar qilgan ishlardan bilamiz. Shunday holatlar takrorlanmasligi uchun bizning mamlakatimizda kuchli huquqiy asoslar mavjud.
Shaxsning aybini isbotlash uchun uni qiynoqqa solish, unga nisbatan zo'ravonlik qilish, insonning qadr-qimmatini kamsituvchi bar qanday harakat sodir etish, tazyiq o'tkazish qat’iyan taqiqlanadi. 0‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 206, 235-moddalarida shunday harakatlar uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.
Shunday harakatlar sodir etilgudek bo'lsa, aybdor shaxslar jazolanadi. Shunday harakatlarni sodir etmaslik jinoyat qonunlarimizning muhim prinsiplaridan biri deb belgilangan.
O‘zbekiston Xalqaro huquqning umume’tirof etilgan qoidalariga sodiqligini namoyon etib, 1995-yil 31-avgustda «Qiynoq hamda muomala va jazolashning qattiq shafqatsiz, insoniylikka zid yoki qadr-qimmatni kamsituvchi turlariga qarshi Konvensiya»ga qo'shilgan.
Jahon tajribasida shaxsning roziligisiz tibbiy yoki ilmiy tajribalar o'tkazish shaxsning qadr-qimmatiga qaratilgan qonunsiz harakat deb e’tirof etilgan. 0‘zbekistonda ham bunday tajribalar taqiqlanadi. Shaxsning roziligisiz unda turli tajribalar o'tkazilishi natijasida insonlar naqadar xo'rlanganligini, hayotdan, sog'liqdan mahrum bo'lganligini Ikkinchi jahon urushida konslagerlarda fashistlar qilgan ishlardan bilamiz. Shunday holatlar takrorlanmasligi uchun bizning mamlakatimizda kuchli huquqiy asoslar mavjud.
Konstitutsiyaning 26-moddasida: « Insonning sha’ni va qadr-qimmati daxlsizdir. Hech narsa ularni kamsitish uchun asos bo‘lishi mumkin emas.
Hech kim qiynoqqa solinishi, zo‘ravonlikka, boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi muomalaga yoxud jazoga duchor etilishi mumkin emas.
Hech kimda uning roziligisiz tibbiy va ilmiy tajribalar o‘tkazilishi mumkin emas », - deb mustahkamlangan. Yangi tahrirdagi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida 31-moddasida: «Har bir inson shaxsiy hayotining daxlsizligi, shaxsiy va oilaviy sirga ega bo‘lish, o‘z sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish huquqiga ega.
Har kim yozishmalari, telefon orqali so‘zlashuvlari, pochta, elektron va boshqa xabarlari sir saqlanishi huquqiga ega. Ushbu huquqning cheklanishiga faqat qonunga muvofiq va sudning qaroriga asosan yo‘l qo‘yiladi.
Har kim o‘z shaxsiga doir ma’lumotlarning himoya qilinishi huquqiga, shuningdek noto‘g‘ri ma’lumotlarning tuzatilishini, o‘zi to‘g‘risida qonunga xilof yo‘l bilan to‘plangan yoki huquqiy asoslarga ega bo‘lmay qolgan ma’lumotlarning yo‘q qilinishini talab qilish huquqiga ega.
Har kim uy-joy daxlsizligi huquqiga ega.
Hech kim uy-joyga unda yashovchi shaxslarning xohishiga qarshi kirishi mumkin emas. Uy-joyga kirishga, shuningdek unda olib qo‘yishni va ko‘zdan kechirishni o‘tkazishga faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda yo‘l qo‘yiladi. Uy-joyda tintuv o‘tkazishga faqat qonunga muvofiq va sudning qaroriga asosan yo‘l qo‘yiladi», - deb mustahkamlangan.
Inson boshqa mavjudotlardan sha’ni, qadr-qimmatiga, obro'ga egaligi bilan farq qiladi. Qadr-qimmati qadrlangandagina u o’zining hayotini munosib qura oladi. Shuning uchun insonning sha’ni, obro'si himoya qilinadi. Har bir kishi o‘z hayotini o‘zi xohlagancha tashkil qiladi. Bunda u boshqalarga zarar yetkazmasligi, qonun-qoidalar asosida yashashi, foydali mehnat bilan shug'ullanishi zarur. Insonlarning sha’ni, obro'siga zarar keltiruvchi har qanday harakat taqiqlanadi. Biror-bir harakat natijasida insonning sha’ni, obro'siga zarar yetsa, unga tegishli choralar ko'riladi.
Har bir kishining normal hayot kechirishida turar joyi muhim rol o’ynaydi. Turar joy - insonlarning asosiy hayot makoni.
Kishilarning turar joyi daxlsizdir. Bu degani - hech kimning turar joyiga uning roziligisiz kirish, tintuv o’tkazish, biror narsani olib ketish mumkin emas. Qonun xavfsizlikni ta’minlash, jinoyatlarning oldini olish yoki unga qarshi kurashish uchun turar joylarga kirish, tintuv o’tkazishga ruxsat beradi va qanday hollarda, kimning ruxsati bilan shunday harakatlarni sodir etish tartibini belgilab qo’yadi.
Qonunga asosan, zarurat bo’lganda, prokurorning sanksiyasi (roziligi) bilangina, kishilarning turar joyiga kirish, tintuv o’tkazish mumkin.
Demokratik mamlakatda shaxsning erkinligi e’lon qilinib qolmasdan, u turli vositalar orqali ta’minlanadi. Har bir kishiga yashash joyini erkin tanlash huquqining berilishi ham buning isbotidir. Konstitutsiyaning 32-moddasida: «Qonuniy asoslarda O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lib turgan har kim mamlakat bo‘ylab erkin harakatlanish, turar va yashash joyini tanlash huquqiga ega, bundan qonunda belgilangan cheklovlar mustasno.
Har kim O‘zbekistondan tashqariga erkin chiqish huquqiga ega, bundan qonunda belgilangan cheklovlar mustasno. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi O‘zbekistonga to‘sqinliksiz qaytish huquqiga ega», deb mustahkamlangan norma erkin yashash huquqining Konstitutsiyaviy asosidir.
Har kim yashash joyini ixtiyoriy tanlaydi. Respublikaning xohlagan yerida yashash joyini tanlash mumkin. Bu huquq fuqarolarga o’zi uchun yashash sharoiti, mehnat qilish imkoniyati qulayroq joylarda istiqomat qilish uchun imkoniyat
yaratadi. Yashash joyini tanlashda kishilarning sog‘lig‘iga mos tabiiy muhit bo'lishi ham ta’sir qiladi. Ayrim kishilarning sog‘lig‘i shahar sharoitida yashashga to'g'ri kelmasligi, ayrim kishilarning issiq joylarda yoki namlik ko‘p joylarda yashashi sog'lig'iga to‘g‘ri kelmasligi mumkin. Shunday paytlarda yashash joylari o'zgartiriladi. Ayrim kishilarning mutaxassisligi, kasbi, hunari tegishli joylarda yashash joyini tanlashga ta’sir qilishi mumkin. Xuddi shuningdek, chet ellarda yashayotgan 0‘zbekiston fuqarolari mamlakatimizga har qanday vaqtda qaytib kelib, doimiy yashash joyini erkin tanlashi mumkin.
Fikrlash qobiliyati - insonni boshqa mavjudotlardan farqlovchi xususiyat. Insonning fikrlashi natijasida taraqqiyot davom etadi. Dunyo rivojlanish tajribasi shuni ko‘rsatadiki, inson faqat erkin fikrlaganda, erkin fikrlash uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgandagina, taraqqiyot bo‘lishi mumkin. Fikrlashning cheklanishi, taraqqiyotni cheklashdir.
Erkin fikrlash bo‘lsayu, u ro‘yobga chiqarilmasa, fikrlar bildirilmasa, undan hech qanday naf bo‘lmaydi. Erkin fikrlashni amalga oshirish, uning samarasidan foydalanish uchun, albatta, so‘z erkinligi ham bo‘lishi kerak. Bu degani, har bir shaxs o‘z fikrini har qanday joyda va vaqtda so‘z orqali bayon qila bilishiga imkoniyat yaratilishi kerak.
«...fuqarolarning fikr, so‘z va e’tiqod erkinligiga doir konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlash — rivojlangan demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etishning muhim shartidir»'.
Inson erkin fikrlash va uni so‘z orqali erkin bayon qilish uchun axborotga ega bo'lishi kerak. Shu sababli fuqarolarning o‘zi uchun zarur axborotlarni izlash, olish va tarqatish huquqi kafolatlanadi.
Bu huquq yana Konstitutsiyaning 33-moddasi bilan ham kafolatlangan. Ya’ni Konstitutsiyaning mazkur moddasi axborot olish imkoniyatini kengaytiradi. Unga asosan: «Har kim fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega.Har kim istalgan axborotni izlash, olish va tarqatish huquqiga ega. Davlat Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanishni ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratadi.
Axborotni izlash, olish va tarqatishga bo‘lgan huquqni cheklashga faqat qonunga muvofiq hamda faqat konstitutsiyaviy tuzumni, aholining sog‘lig‘ini, ijtimoiy axloqni, boshqa shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamoat xavfsizligini hamda jamoat tartibini ta’minlash, shuningdek davlat sirlari yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sir oshkor etilishining oldini olish maqsadida zarur bo‘lgan doirada yo‘l qo‘yiladi.». Bu bilan Konstitutsiya barcha organ va mansabdor shaxslarga fuqarolarning huquqlarini ro‘yobga chiqarish uchun aniq majburiyat yuklaydi.
Konstitutsiya normalarida nafaqat fikrlash, so‘z erkinligi, shuningdek, e’tiqod erkinligi ham belgilangan. Bu orqali fuqarolar o‘z dunyoqarashiga ega bo'ladi, bo‘layotgan voqealarga o‘z munosabatini bildiradi. E’tiqod erkinligi dinga, siyosatga munosabatda namoyon bo’ladi.
«... Vijdon erkinligi, millatlararo totuvlik, dinlararo bag‘rikenglik, mamlakatimizda va xorijda fuqarolarimizni kafolatli himoya qilish bundan buyon ham davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan boiib qoladi»', - deb e’tirof etdi Sh. Mirziyoyev Konstitutsiya qabul qilinganligining 27 yilligiga bag'ishlangan marosimdagi ma’ruzasida.
Fuqarolarning vijdon erkinligi orqali dinga munosabat aniqlanadi. Mamlakatimizdagi barcha shaxslar uchun (millati, irqidan qat’iy nazar) vijdon erkinligi kafolatlanadi. Bu Konstitutsiyaning 35-moddasida quyidagicha ifodalangan: « Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har kim xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi».
Demak, vijdon erkinligi quyidagilarda o‘z ifodasini topadi:
har bir fuqaroning xohlagan diniga e’tiqod qilishi;
hech qanday dinga e’tiqod qilmasligi;
hech qanday diniy qarashlarni majburiy singdirilishiga yo‘1 qo'yilmasligi.
Har qanday dinda insonni ma’naviy-axloqiy kamol topishga, birodarlik,
bag'rikenglikka undovchi ijobiy ma’lumotlar (g'oyalar) mavjud. Shuning uchun ham dinga e’tiqod qilish, uning qoidalariga amal qilish taqiqlanmaydi. Shuningdek, biror-bir dinga e’tiqod qilish uchun da’vatlar qilish, targ'ibot qilishga, ma’lum bir dinning ustunligini ko'rsatishga ham yo‘l qo'yilmaydi.
Vijdon erkinligi xalqaro miqyosda e’tirof etilgan erkinlik bo'lib, u «Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi»da ham mustahkamlangan.
Vijdon erkinligi Konstitutsiyamizdan tashqari boshqa qonunlarda ham belgilangan bo'lib, bu qonunlar fuqarolarning Konstitutsiyaviy vijdon erkinligini ta’minlashni, kafolatlashni nazarda tutadi.
1998-yil 1-mayda 0‘zbekiston Respublikasining «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi Qonuni yangi tahrirda qabul qilindi. 2008 va
yillarda bir necha o'zgartirish va qoshimchalar kiritildi.
Siyosiy huquqlar fuqarolik bilan bog‘liq bo‘lib, u tegishli davlatning fuqarolariga davlat va jamiyat ishlarini boshqarish imkoniyatini beradi. Siyosiy huquqlarga faqat mamlakat fuqarosi ega bo‘lishi mumkin.
Siyosiy huquqlar orqali fuqarolar tegishli davlat organlarini tuzish, ularning ishida ishtirok etish, davlat organlari va mansabdorlar faoliyatini nazorat qilish, qonunlar yaratilishida ishtirok etish, siyosat va davlat faoliyati haqida o‘z fikrlarini bildirish imkoniyatiga ega bo'ladi.
Agar shaxsiy huquqlar insonning ajralmas huquqi bo'lib, undan inson fuqaroligidan qat’iy nazar foydalansa va davlat har qanday hollarda ularni ta’minlashga majbur bo'lsa, siyosiy huquqlar davlatning xarakteridan kelib chiqib, o‘z fuqarolari uchungina o'rnatiladi. Davlat qanchalik demokratik bo'lsa, siyosiy huquqlar ko'proq bo'ladi va ulardan foydalanish kengroq bo‘ladi. Aksincha, davlat nodemokratik bo‘lsa, siyosiy huquqlar doirasi tor bo'ladi va mavjud huquqlarni ham turli vositalar bilan cheklash hollari uchrab turadi.
Siyosiy huquqlar, eng avvalo, davlatni boshqarishda ishtirok etish, davlat faoliyatiga ta’sir etish imkoniyatini yaratuvchi huquqlar bo'lgani uchun ularning miqdori, amalga oshirish chora-tadbirlar doirasi qanday bo'lishini davlat belgilaydi.
Shaxsiy huquqlardan farq qilib, siyosiy huquqlarga, asosan, ma’lum yoshga yetgan fuqarolar ega bo'ladi. Shuningdek, siyosiy huquqlardan foydalanishda ayrim hollarda chegaralar o'rnatilishi mumkin. Masalan, saylash huquqi 18 yosh qilib belgilangan bo'lsa, yana saylovlarda sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek, sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylanishi mumkin emas va saylovda qatnashmaydilar, degan qoida Konstitutsiyada (128-modda) ko'rsatilgan. Saylanish huquqidan foydalanish uchun ham ma’lum yoshga yetgan bo'lish kerak. Masalan, O'zbekiston Respublikasida fuqarolar Oliy Majlis deputatligiga 25 yoshdan, Prezidentlikka 35 yoshdan saylanish huquqiga ega. Bundan tashqari, saylov qonunlarida harbiy xizmatchilar, diniy arboblar uchun ham qonun doirasida cheklashlar o'rnatilgan.
Siyosiy huquqlarni amalga oshirishda o'rnatiladigan ayrim cheklashlar boshqa xorijiy mamlakatlar qonunchiligida ham mavjud.
Siyosiy huquqlar fuqarolarning davlat va jamiyat ishlarida ishtirok etishini ta’minlaydi. Konstitutsiyaning 36-moddasida: « O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga ega. Bunday ishtirok etish o‘zini o‘zi boshqarish, referendumlar o‘tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda shakllantirish, shuningdek davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati vositasida amalga oshiriladi», - deb belgilangan.
Demak, fuqarolarning davlat va jamiyat ishlaridagi ishtiroki, eng avvalo, davlat va jamiyatni boshqarishda namoyon bo‘ladi. Ya’ni bu - davlat va jamiyat ishlarini boshqarish huquqidir. Ana shu huquq turli shakllar, vositalar orqali ro'yobga chiqariladi.
Konstitutsiyaning o'zida qayd qilinishicha, fuqarolar davlatni boshqarishda bevosita hamda vakillari orqali ishtirok etadi. Fuqarolarning davlatni boshqarishdagi ishtirokini ta’minlovchi huquq, eng avvalo, saylov huquqidir.
Dostları ilə paylaş: |