3-Mavzu: Iqlim hosil qiluvchi omillar va jarayonlar Reja



Yüklə 33,8 Kb.
səhifə2/6
tarix23.11.2022
ölçüsü33,8 Kb.
#70084
1   2   3   4   5   6
3-mavzu

Tashqi geofizik omillar. Ularga quyidagilar kiradi:

Sanab o‘tilgan omillar orasida vulkan jarayonlari iqlim o‘zgarishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Vulkanlar otilishi natijasida atmosferaga bir yilda 15-25 mln. tonna aerozol qo‘shiladi. Bunday katta miqdordagi aerozol zarrachalari bir tomondan Quyoshdan kelayotgan qisqa to‘lqinli radiatsiyaga ta’sir ko‘rsatsa, ikinchi tomondan atmosfera va yer sirtidan uzun to‘lqinli nurlanishga ham ta’sir etadi. Yerning aylanish burchagi tezligining o‘zgarishi atmosfera sirkulyatsiyasiga, bu esa, o‘z navbatida, atmosferaning asosiy ta’sir markazlarining holatiga va jadalligiga ta’sir etadi.
Geotermal issiqlik oqimlari esa iqlimning mahalliy o‘zgarishlariga ta’sir etishi mumkin. Yer shaklining nosimmetrikligi va uning gravitatsion maydonining hamda Yer mantiyasi va sub’yadrosidagi jarayonlarning iqlimga qanday ta’sir etishi hozirgacha kam o‘rganilgan masalalardan hisoblanadi.
Ichki geofizik omillar. Bu omillar iqlimiy sistemaning alohida tarkibiy qismlari va ularning o‘zaro ta’sirlashuv qonuniyatlari uchun xosdir. Ularga quyidagilar kiradi:

  • atmosferaning kimyoviy tarkibi;

  • materiklar va okeanlarning ta’sirlanish xususiyatlari;

  • quruqlik yuzasi relefi;

  • okean massasi va xususiyatlari;

  • atmosfera va okeandagi sirkulyatsion jarayonlar;

  • atmosfera tiniqligi va bulutlilik.

Sanab o‘tilgan omillar orasida iqlim o‘zgarishiga sezilarli ta’sirni suv bug‘lari va karbonat angidrid ko‘rsatadi, chunki ular tabiiy issiqxona effektining shakllanishiga imkoniyat yaratadi. Hisoblashlarning ko‘rsatishicha, atmosferada suv bug‘lari bo‘lmaganda yer sirtidagi havo harorati 250S qiymatda pasaygan bo‘lar edi. Xuddi shu kabi atmosferada karbonat angidrid bo‘lmaganda harorat 60S ga pasayadi.
Quruqlik va okeanlarning notekis taqsimlanishi namlik va issiqlik aylanishi jarayonlarida muhim ahamiyatga ega. Atmosfera va okeanning umumiy sirkulyatsiyasi ta’sirida asosiy iqlim mintaqalari shakllanadi. Iqlim hosil qiluvchi tabiiy omillarni aniqlashda boshqacha yondashuv ham mavjud bo‘lib, unda quyidagi uchta guruh ajratiladi: radiatsion, geografik va sirkulyatsion.

Yüklə 33,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin