3-mavzu: iqlim oʻzgarishiga moslashuv reja iqlim oʻzgarishiga moslashuv haqida ma’lumot Rejalashtirilgan va operativ moslashuv



Yüklə 27,86 Kb.
səhifə1/2
tarix22.09.2023
ölçüsü27,86 Kb.
#147374
  1   2
3-мавзу


3-MAVZU: IQLIM OʻZGARISHIGA MOSLASHUV
REJA
1.Iqlim oʻzgarishiga moslashuv haqida ma’lumot
2. Rejalashtirilgan va operativ moslashuv
3. Iqlim oʻzgarishiga moslashish strategiyasi
4. Moslashish qobiliyati, moslashuv imkoniyatlar tengsizligi, moslashuvga misollar.
Respublika hududida ishlab chiqarishning keng miqyosda taraqqiy etishi tabiat bilan inson oʻrtasidagi munosabatlarni keskinlashtirmoqda. Bu keskinlashuv odatda atrof muhitning ifloslanishi, tuproq va oʻsimlik qoplamlarining buzilishi, kambagʻallashuvi va boshqa koʻrinishlarda ifodalanadi. Har bir tabiiy kompleks bu jihatdan ma’lum ekologik ahvolga ega, ular bir-birlaridan ushbu ahvolning ogʻiryengilligi, murakkabligi, majmualigi bilan farq qiladi.
Ekologik ahvol umumiy tushuncha va hudud uchun nisbatan barqaror xususiyatlarga ega. Shuning uchun ham uzoq muddat davomida deyarli oʻzgarmasligi, ya’ni birdek davom etishi mumkin. Lekin ekologik ahvol ba’zan ogʻirlashuvi, ba’zan yengillashuvi ham mumkin, bu hol ishlab chiqarish maromiga bogʻliq, uni atrof-muhitga ta’siri tezlashsa ahvol ogirlashadi yoki aksincha boʻlishi mumkin.
Ekologik ahvolni turli darajada sodir boʻlishi hududda har xil vaziyatlarni shakllantiradi. Ekologik vaziyat ekologik ahvolni ma’lum bir vaqt mobaynidagi holati, binobarin, u beqaror boʻlib makonda vaqt mobaynida bir vaziyatdan ikkinchi vaziyatga tez orada oʻzgarishi mumkin. Demak, ekologik vaziyat makonda ma’lum bir vaqt mobaynida sodir boʻladi hamda ahvolni aniq va ravshan aks ettiradi.
Oʻzbekistonda ekologik vaziyatlar joylarda tabiiy resurslardan foydalanish darajasi, ishlab chiqarishni rivojlantirish, atrof muhit ifloslanishining oldini olish tadbirlari koʻlanilishi koʻlamiga qarab turli miqyoslarda shakllanmoqda. Tadqiqotlar natijasiga koʻra, ekovaziyat majmuali, ayrim guruhli va ma’lum bir omil (yoki tabiiy komponent) bilan bogliq holda tarkib topishi mumkin.
Majmuali ekovaziyat deyarli barcha tabiiy komponentlarning oʻzgarishi oqibatida tarkib topadi. Masalan, Orolboʻyidagi vaziyatni haqiqatan ham majmuali, deb hisoblash joiz, chunki, u hududda barcha tabiiy komponentlar choʻllashish jarayonida tubdan oʻzgarishga uchrab, avvalgi gidromorf vaziyat endilikda kseromorf, gidrogalomorf va avtomorf vaziyat bilan butunlay almashmoqda.
Tabiiy komponentlarning ayrim guruhlari bilan bogʻliq boʻlgan ekovaziyat, koʻpincha tuproq oʻsimlik yoki atmosfera havosi bilan suvning degradatsiyasi yoxud ifloslanishi bilan bogʻliq boʻladi. Masalan, Surxondaryo viloyatining Sariosiyo, Uzun tumanlaridagi ekovaziyat qoʻshni Tojikiston Respublikasidagi Tursunzoda shahrida joylashgan aluminiy korxonasining chiqindilari evaziga paydo boʻlgan. Surxondaryoning bu tumanlarida ekovaziyat ftoridli vodorod gazi ta’sirida boʻlib, natijada odamda bosh ogrigi va boshqa kasalliklaridan aziyat chekmoqda.
Chorva mollarining tishlari tukilib ketishi, oʻlimi sodir boʻlib, ekinzorlar quridi, tuproqda ogʻir metallar va zaxarli moddalar toʻplanishi kayd etilgan. Demak, ekovaziyat bir necha tabiiy omillarning zararlanishi, shuningdek inson va chorva mollarining kasallanishi bilan bogʻliq.
Ekovaziyat ba’zan bir omil yoki komponent bilan bogʻliq holda yuzaga keladi. Oʻzbekistonda aksariyat katta hududlarda vaziyat suv resurslarining ifloslanishi tufayli xatarlidir. Daryo suvlarining ichimlik suvi sifatida ishlatib boʻlmasligi, ulardan sugʻorishda foydalanganda tuproqda shoʻrlanish hodisasining rivojlanishi, shuningdek tuproqning turli chiqindilar bilan ifloslanishi vaziyatni jiddiylashtirmoqda. Daryoning sifatsiz suvini aholi tomonidan isteʻmol qilinishi quyi Amudaryo, quyi Sirdaryo, quyi Zarafshon, quyi Qashqadaryo va boshqa hududlarda ular orasida turli kasalliklarning tarqalishiga ta’sir etmoqda. Ayniqsa, 1 yoshgacha boʻlgan goʻdak yosh bolalar, ayollarda ogʻir asorat qoldirmoqda, aholi orasida ulim ba’zi tuman va viloyatlarda nisbatan koʻp.
Tadqiqot natijalariga koʻra, respublikada suv resurslari bilan bogʻliq boʻlgan ekovaziyat ustuvor boʻlib, atmosfera havosining ifloslanishi va boshqa sabablar bilan bogʻliq vaziyatlar keyingi oʻrinlarni egallaydi. Falokatli ekovaziyat Orolboʻyida Qoraqalpogʻistonnining Muynoq tumani va butun Orol dengizi akvatoriyasiga mansub. Bunda geotizimlarning buzilishi va tiklanmaydigan tabiiy va ekologik jarayonlar kuchayadi.
Sanoat korxonalari va tutunlari (majmualari) tabiiy muhitga ta’sir etib turli darajadagi mahalliy ekovaziyatlarning tarkib topishi va shakllanishiga sharoit yaratadi. Bunda sanoat korxonasi (majmui) atrofida halqasimon bir necha ekovaziyat mintaqalari tarkib topadi. Aniqdanishicha, rangli metallurgiya korxonalarining atrof muhitga ta’sir radiusi 60 km masofagacha sezilishi kuzatiladi. Demak ular atrofida tang, keskin va oʻrtacha ekovaziyat darajalariga ega boʻlgan mintaqalarni ajratish mumkin. Bunday darajalarni Fargona, Olmaliq Kuvasoy, Navoiy, Chirchikmva boshqa shaharlardagi sanoat korxonalari atrofida ajratish joiz.
Lekin bu mikromintaqalarni mayda masshtab xaritalarda ajratish iloji boʻlmaganligini eʻtiborga olib, ushbu sanoat shaharlarini maxsus shartli belgilar asosida tasvirlash maqsadga muvofiq. Oʻzbekistan hududining talay qismida asosan oʻrtacha ekovaziyat hukm suradi, faqat muayyan kichik areallarda koʻproq keskin va tang, falokatli daraja esa hususan Orolbuyi va dengizga xos.
Ekologik vaziyatlarning tadrijiy (dinamik) oʻzgarishini oʻrganish natijalariga koʻra, respublika hududida ularning bir necha ustuvor yunalishlari ajratiladi:

  1. maydoni jixatdan muntazam kengayib boruvchi,

  2. quyi (oddiy) vaziyatdan yuqori (murakkab) vaziyatga barqaror oʻtib boruvchi,

  3. barqaror oʻzgarmas,

  4. murakkab vaziyatdan oddiy vaziyatga qarab oʻzgaruvchi, 5) majmuali tadrijiy.

Ekologik vaziyatlarning aksariyati maydoni jihatdan kengayib, muntazam ravishda rivojlanib boradi. Bu hol vaziyatni kuchaytiruvchi omillarning tadrijiy oʻzgaruvchanligi bilan bogʻliq. Antropogen omilning betuxtov keng miqyosdagi ta’siri vaziyatni makonda kengayib borishini ta’minlaydi. Yangi neft va tabiiy gaz konlarini ochish maqsadida burgʻulash ishlarining Qarshi dashtida muntazam rivojlantirilishi oʻrtacha ekovaziyatni keskin vaziyat bilan almashishi va uning hududda progressiv ravishda kengayib borishiga ta’sir etmoqda.
Qulay ekovaziyatni yuqori darajadagi murakkab vaziyatlar bilan almashishi ayrim arellarda sodir boʻladi. Quyi Amudaryoda 1961-yildan eʻtiboran gidroekologik vaziyatning tobora murakkablashuvi tufayli tabiiy muhit eng qulay vaziyatdan (1961-y.) falokat darajaga qadar (1976-1990-yillar) oʻzgardi. Oʻzgarish bir yoʻnalishda davom etib, barcha vaziyatlar darajalari bir-birlarini birin-ketin almashtirib borgan.
Barqaror oʻzgarish Amudaryoda suv sarfining kamayishi va minerallashuv darajasi oshib borishi bilan bogʻliq boʻlgan. Falokat darajaning eng daxshatlisi Orol dengizida yuz berdi. Qisqa vaqt mobaynida (1961-2000-yillar) uning sathi 20 m pasaydi, ya’ni har yili 0,5 m dan tushib borgan. Berk havzalar uchun bu katta koʻrsatkich hisoblanadi.
Barqaror ekovaziyat faqat ayrim kichik ekotizimlar uchun xos. Bu ekotizimlarda tabiiy va antropogen omillar vaziyat oʻzgarishiga deyarli ta’sir qilmaydi yoki ularning barqarorligi kuchli boʻladi. Baland tizma togʻlarning suv ayirgich qismlarida insonning hoʻjalik faoliyati nihoyatda chegaralangan, faqat ayrim alpinistlar va muzshunoslar ma’lum joylardagina ish olib boradilar. Ularning faoliyati tabiiy muhit oʻzgarishiga olib kelmaydi.
Murakkab ekovaziyatning oddiy vaziyatga qarab oʻzgarishi insonni tabiiy muhitni maqsadga muvofiq yoʻnalishda qayta oʻzgartirish va landshaft jarayonlarini barqaror boshqarishi bilan bogʻliq . Keyingi vaqtlarda sanoat oqava suvlarining katta qismini tozalashga erishilganligi tufayli Chirchik va Ohangaron daryolari suvlarini muayyan darajada tozalashiga erishildi. Shuningdek atmosfera havosiga chiqarilayotgan sanoat chitsindilarining miqdorini respublika miqyosida kamayib borayotganligi va boshqa ijobiy oʻzgarishlar atrof muhit tozalanishi va insonning yashash sharoitlari qulayligining ortib borishida sezilmoqda
Oʻzbekistonda ekologik havfsizlikni ta’minlash endilikda birinchi darajali va kechiktirib boʻlmaydigan vazifaga aylandi. Chunki, ichimlik suvlarining ifloslanganligi, joylarda atmosfera havosini chiqindilar bilan jiddiy toʻyinganligi, buning natijasida aholi orasida turli kasalliklar tarqalganligi, sugʻorma yerlarni shoʻrlanib, yaylovlarning mahsuldorligini pasayib borayotganligi qishloq hoʻjalik ishlab chiqarishiga salbiy ta’sir etayotganligi mamlakat miqyosida tub oʻzgarishlarni amalga oshirish zarurligini uqtiradi.
Ekologik havfsizlikni ta’minlash borasida bir kator bir-birlari bilan bogʻliq boʻlgan masalalarni hal qilish lozim boʻladi. Birinchi galda ekologik (bioekologik geosistemali, biosferali) monitoringni amalga oshirish ustuvor ahamiyatga ega. Oʻzbekistonda bu turdagi monitoring hozirda turli muassasalar va tashkilotlar tomonidan amalga oshirib kelinmoqda, lekin ularning koʻlami va egallagan hududi hozirgi talabga mutlaqo javob bermaydi. Chunonchi, tuproqning sanoat va kimyoviy ashyolar bilan ifloslanishi faqat ayrim qishloq jamoalari hududi boʻyicha nazorat qilinadi. Bunda barcha viloyatlarning sugʻoriladigan yerlari nazarda tutilmagan, hech boʻlmaganda xar bir viloyat boʻyicha tanlab olingan testli jamoa hoʻjaliklarini ma’lum hududlari nazarda tutilganda maqsadga muvofiq boʻlar edi. Faqat shundagina respublika hududi boʻyicha sugʻorma yerlarni texnogen ifloslanishi boʻyicha tegishli xulosa chiqarish mumkin boʻladi.
Xuddi shunday ahvol suv havzalarining ifloslanishi, atmosfera havosining chiqindilar bilan toʻyinishi va boshqa sohalarda ham mavjud, ularning belgilangan meʻyorda boʻlishi tabiiy muhit boʻyicha zarur boʻlgan monitoring axborotlarini olish va mavjud ekologik vaziyat toʻgʻrisida aniq xulosa chiqarishga imkon beradi. Ekologik ekspertiza yangi quriladigan sanoat korxonalari uchun ham xos. Lekin mantiqan qaraganda ishlab turgan barcha sanoat korxonalari, gidrotexnik inshootlar va boshqa muxandislik obʻektlar uchun muntazam ekspertiza oʻtkazish zarur.
Tabiatni muhofaza qilish boʻyicha chiqarilgan barcha Oliy Majlis qonunlari va Vazirlar Maxkamasining qarorlari, koʻrsatmalari va boshqa meʻyoriy xujjatlari oʻz vaqtida bajarilishi va ularga amal qilinishi lozim. Qonunga hurmat tabiatga ham hurmatni bildiradi. Ekologik havfsizlikni ta’minlash shuningdek meʻyoriy koʻrsatkichlar va boshqa qabul qilingan ma’lum andozalarga rioya qilishga ham bogʻliqdir.
Sanoat, avtotransport chiqindilari eng kam havfsiz koʻrsatkichlarga qadar kamaygan boʻlishi, ikkilamchi resurslar toʻliq qayta ishlanib ulardan foydali elementlar ajratib olinishi zarur. Eng muhimi, isrofgarchilikka chek qoʻyilib, tabiatdan ehtiyojga yarasha boyliklarni ajratib olib, chiqindilarni chiqarmaslik tamoyilida ish tutishga oʻtishdan iborat. Tabiatdan boyliklarni olishda “kimoshdi” tamoyilidan voz kechib uni boyitish, resurslarni qayta tiklash, kamayib borayotganlaridan extiyotkorlik bilan foydalanish, bu borada muqobil variantlar, ya’ni urnini bosadigan boshqa resurslardan foydalanishga oʻtish kabi tamoyillarni barcha joylarda, hamma ishlab chiqarish korxonalarida qoʻllashga oʻtish tabiatni asrash, uni eʻzozlash oʻz navbatida ekologik havfsizlikni ta’minlashni kafolatlaydi. Ekologik havf-xatarning eng kuchli obʻektlari AES, kimyo sanoati, neftni qayta ishlaydigan korxonalar, truboprovodlar transport hisoblanadi. Albatta, bulardan tashqari bizga sezilmaydigan texnologik chiqindilar havo, suv, tuproq, oʻsimlik va boshqa organizmlarni sekin-asta zaharlab kelmoqda, boʻlar ma’lum vaqtdan sung tusatdan katta hududga kuchli ta’sir qilishi ham mumkin
Inson salomatligiga texnogen chiqindilarning faol ta’siri toʻgʻrisida 70yillarda bir qator olimlar ogohlantirgan edilar. Masalan, yashash muhitida radiatsiya, kimyoviy birikmalarning ta’siri kabi mutagen omillarning keskin koʻpayishi kuzatilsa, u holda odamning genetik axboroti buzilishi mumkin. Bu xodisa insonning genetik asosining buzilishi havfidan darak beradi. Buning tasdigʻi sifatida keyingi 30 yil mobaynida rivojlangan mamlakatlarda nukson bilan tugʻilgan bolalar miqdori keskin koʻpayganligini koʻrsatish mumkin.
Rossiyaning Perm shaxrida yodorganik va ftororganik sintez ishlab chiqariladigan mintaqada 12-17 yoshdagi oʻgʻil bolalarning 57%, qiz bolalarning 82%i qalqonsimon bezining giperplazi (toʻqimalarda strukturali elementlar sonining ortishi), buyrak yuqorisining buzilishi (disfunksiya) va boshqa kasalliklar bilan xastalangan.
Ufa, Yekaterinburg, Samarada 3 yoshgacha boʻlgan yosh bolalar badanining meʻyordan kichikligi xarakterli. Qoʻrgʻoshin va simob chiqindilari nihoyatda tahlikali. Ularning ozgina miqdori ham bolalarning bosh miyasi oʻsishiga jiddiy ta’sir koʻrsatadi. Saraton kasalini oʻrganuvchi halqaro agentlikning xabariga koʻra, hozirgi vaqtda ishlab chiqarish jarayonida taxminan 50 turdagi modda kishini rak (oʻsma) kasali bilan ogʻrishiga ta’sir etishi mumkin, epidemiologiya tadqiqotlarining koʻrsatishicha, taxminan turdagi modda 100 kanserogenli xususiyatga ega ekan. Bularning barchasi kuchli ekologik havf toʻgʻrisida xabar beradi. Bizningcha, eng avvalo sanoat korxonalarida chiqindilarning eng kam miqdorda tashqariga chikishini ta’minlashga erishish oʻta dolzarbdir.
Bunday ekologik havfi mavjud boʻlgan joylar bir qancha hisoblanadi. Chunonchi, Moylisuv (Qirgiziston) daryosining qirgʻoqlari yoqasida 1944-yildan to 1964-yilgacha uran rudasini qayta ishlash chiqindilari koʻmilgan. Hozirgi vaqtda qoldiqlar saqlanadigan 23 ta joy mavjud. Bu yerlarda selni tusadigan tugʻonlarni mahkamlash va kuchki havfi boʻlgan joylardagi qiyaliklarni mustahkamligini ta’minlash lozim. Navoiy viloyatidagi uran qoldiqlari saqlanadigan joy ham ekologik jixatdan havfli ifloslantirish oʻchogʻi hisoblanadi. Bu yerdagi radioaktiv koʻmir aholi salomatligiga ziyon keltirish havfi bor.
Ekologik havfsizlik nuqtayi nazardan suv zaxiralarining takchilligi hamda ifloslanganligi katta tashvish tugʻdiradi. Daryo suvlarining ifloslanishi ekologiyagigiena va sanitariya epidemiologik vaziyatni, ayniqsa, daryolarning quyi oqimlarida yomonlashtirayotganligini katta tashvish tugʻdiradi. Haqiqatdan ham quyi Amudaryo, quyi Zarafshon va boshqa hududlarda suv taqchilligi va suvning ifloslanganligi aholi orasida turli kasalliklarning tarqalishi nuqtayi nazardan katta ekologik havf hisoblanadi.
Orol dengizining tezkorlik bilan qurib borayotganligi xususan Oʻzbekistan hududi uchun jiddiy havf, axir dengiz butunlay qurisa uning oʻrnida maydoni 6,6 mln. ga dan ziyod qum va tuzdan iborat ulkan Orol choʻli tarkib topadi, buning ekologik va ijtimoiy-iktnsodiy oqibatlari hozirdan ma’lum.
Qoraqalpogʻiston, Xorazm vohalarida tabiat-hoʻjalik-aholi tizimida jiddiy oʻzgarishlar boʻlmoqda. Qizilqum, Qarshi choʻli, Ustyurt platosida keyingi vaqtlarda ma’danlarni qidirish, neft va tabiiy gaz qazib olish va boshqa maqsadlarda keng miqyosda texnologik jarayonlar amalga oshirilmoqda. Buning oqibatida katta maydonlarda yaylovlar ishdan chiqmoqda, ya’ni xarakatdagi qumlar maydoni kengayishi tufayli qorakoʻl qoʻylari boqiladigan tabiiy yaylovlarda degradatsiyaga uchrash tendensiyasi yuz bermoqda. Bu xodisa vohalar bilan choʻl tutashgan mintaqada ham barqarorlashmoqda. Barxan qumlari maydonining kengayishi jiddiy ekologik havf, uning oqibatlari barchaga ayon. Bu borada uzoqa moʻljallangan ekologiyalashtirilgan iqtisodiy strategiya zarur hisoblanadi.
Kelajakdagi iqlim qanday boʻlishi va oqibatlari toʻgʻrisida turli olimlar fikr bildirib oʻtgan. Jumladan, Avstraliya iqlimshunosi va yozuvchisi T.Flanner turli olimlar tomonidan turli yillar, hatto turli asrlarda iqlim oʻzgarishi boʻyicha qilingan bashoratlarni roʻyxatini tuzdi. Quyida roʻyobga chiqqan 5 ta bashoratni keltiramiz. Bu global iqlimni bir koʻrishda afsona emasligini isbotlaydi va hamma insoniyat bunga oʻz eʻtibor berishlari kerak deb hisoblaymiz.

  1. Bundan 100-yil oldin (1893-yilda) shved olimi Nobel mukofoti laureati Svante Arrxenius ta’kidlagan edi: biz atmosferaga qancha koʻp karbonat angidrid gazini chiqarsak yer shuncha qiziydi. Zamonaviy ilmiy ishlar sayyoraning harorati va CO2 darajasi bir-biri bilan toʻgʻri propotsionalligini isbotlashdi.

  2. Yuz yil oldin qilingan bashorat, dovullarni kuchayib borish ham oqlandi. Misol uchun uzoqqa borish shart emas, “Katrina” bilan boshlangan dovullar ketma-ketligini eslashni oʻzi kifoya.

  3. NASA olimi Jeyms Xansen qutb muzlari tez erishini aytib oʻtgan. Hozir biz muzliklarni erishini kuzatmoqdamizki, Arktik muzlarining qalinligi qariyb 40%ga kamaydi. Bundan tashqari togʻ muzliklarining chekinishi, koʻl va daryolarni muz bilan qoplanishning yillik davomiyligi ikki haftaga qisqarishi, qor va muzlik qoplamlarining masofasi 10-15 %ga qisqarishi kuzatilmoqda.

  4. Yigirma yil oldin BMT iqlimni oʻrganuvchi bir guruh olimlari 2000yildan boshlab iqlim oʻzgarishlari sezila boshlaydi deb ta’kidlagan edilar. Shunday ham boʻldi – oxirgi issiq yoz kunlarini va favqulotda iliq qishlarni eslashni oʻzi kifoya.

  5. 1980-yillar bashorati-okean sathini koʻtarilish ham asoslandi. Bugun hammaga ma’lumki, iliq dengiz suvlarini kengayishi va qutb muzlarini erishi hisobiga 20-yuzlikda okean sathi 10-20 sm ga koʻtarildi.

Iqlim oʻzgarishini oldindan aytib berish-ob-havoni oldindan aytib berishga nisbatan ancha murakkab vazifa. Bunda ob-havoni oldindan aytishda ma’lum kunlar (2-3 kun kabi) yoki xalq iboralari, odatlari, oʻtgan yillardagi holat hisobga olinadi. Kelajak hisob-kitoblari, xususan, 2100-yilgacha atmosferaning radiatsion isishi asosan issiqxona samarasining antropogen kuchayishi sharoitlarida koʻrinadi. Bir yuz yillik masshtabining tabiiy omillari oʻrni u qadar ulkan emas. Shu bois model hisob-kitoblarni uch qadam koʻrinishida tasavvur qilish mumkin. Avval CO2 chiqindilari, shuningdek boshqa gazlar va aerozollarni prognoz qilinadi. Keyin atmosfearadagi CO2 va boshqa gazlar va aerozollar konsentratsiyasi hisoblanadi. Uchinchidan, eng qiyin bosqichda yildan yilga atmosfera va okeanlarning umumiy sirkulyatsiyasi modeli yordamida kelajak tuziladi: harorat, yogʻingarchilik qor qatlami holati va boshqalar. Agar oʻrtacha global oʻzgarishlar darajasi XX asrda 0,6oCni tashkil etgan boʻlsa, XXI asrda oʻzgarish 3 barobarga ortishi prgnoz qilinmoqda.
Oʻrtacha haroratning 2oC ga koʻtarilishi, qator hududlarda 5oC va undan yuqori ga oshishini bildiradi. Ayniqsa, kuchli oʻzgarishlar qutbdagi hududlarda boʻlishi kutilmoqda. Oʻzgarishlar yomonlashgan sharoitda esa oʻrtacha harorat 6oC ni, alohida joylarda 10-15oC ni tashkil etadi. Bu oʻz navbatida iqlim oʻzgarishining kardinalligini va ehtimol noqulay ob-havo koʻrinishlarini chastotasining kattalashuvini yuzaga chiqaradi. XXI asr insoniyatning havoga CO2 antropogen chiqindilarni, issiqxona gazlarining atmosfearaga chiqishini chegaralashi va qisqartirishiga bogʻliq.
Afsuski, isish oʻrtacha haroratning yumshoq va ravon koʻtarilishiga yoʻl qoʻymaydi. U barqaror boʻlmagan ob-havo sharoitida katta miqdorda anomal koʻrinishlar (jazirama, qurgʻoqchil, kuchli yogʻingarchiliklar va qor koʻchishi, kuchli suv toshqinlari, sellar va b.)da koʻrinadi. Umumiy qilib aytganda, butun dunyoda iqlim oʻzgarishi mahalliy muammolarni keskinlashuviga olib kelmoqda.
Yerdagi gidrologik sikl global mexanizm hisoblanib, okeanlar suvini materiallar yuzasiga aralashtiradi va atmosfera yuza qatlamiga chiqaradi, bizni oʻrab turgan sayyoraga yogʻingarchliK filtratsiya, bugʻlanish va boshqa yoʻllar bilan chiqadi.
Haroratning ortishi gidrologik sikl oʻzgarishi tezlashtirdi. Nisbatan iliq atmosfera namgarchiliklarning katta miqdorini ushlab qoladi, uncha barqaror boʻlmaydi va natijada bu yogʻingarchliklni, jumladan, kuchli jalalar soni koʻpayishiga olib keladi. Haroratning ortishi shuningdek bugʻlanishni kuchaytiradi. Buning yakuniy natijasi esa chuchuk suvlarning miqdori va sifatini pasayishiga olib keladi. Bu kabi oʻzgarishlarga shuningdek shamol tartiblari va siklonlar yoʻli ham kiradi. Tropik siklonlarni jala yogʻingarchilik va maksimal shkala koʻrsatkichli shamollar kuchayishi bilan intensiv (chastotasi emas) koʻpayishi kutilmoqda.
Agar dengiz sathi koʻtarilsa, dunyo okeani sathinnig koʻtarilishi ayniqsa, katta havf tugʻdiradi. Arktika muzlari va muzliklarni erishi va qisqarishi kuzatilmoqda. Grenlandiya va Antarktida muzliklar butunlig buzilishi va xattoki yangi dunyoni suv bosishi oldindan aytib berilgan maqolalar paydo boʻldi.
Olimlarning tahlillariga koʻra, qisqa vaqtdagi vaziyat xali qaltis tus olgan. XXI asrda dengiz sathining koʻtarilishi 10 dan 90 sm. gacha ortdi. Hatto 50-90 sm ortishining oʻziyoq ichimlik suvini shoʻrlanishi, koʻpgina qirgʻoqboʻyi inshootlarni buzilishiga olib keladi. Yaqin kelajakda dengiz suvlari sathini koʻtarilishi insoniyatning eng asosiy muammosiga aylanishi mumkin. Grenlandiya hamma muzliklarining erishi okean sathining 7 m.ga. koʻtarilishiga olib keladi, lekin bunga albatta uzoq yillar kerak. Masalan, agar Grenlandiyada havo harorati hozirgiga nisbatan 5-6 gradusga ortsa, 1000-yil ichida okean sathining koʻtarilishi yana 3 m ga ortadi. Antarktidani toʻliq erishi koʻtarilish darajasi taxminan 100 m boʻlishini bildiradi, lekin bu vaqt masshtabi – bir necha ming yilliklar hisoblanadi.
Dengiz oqimi va uning ta’siri. Dengiz oqimlari Yer iqlimi shakllanishida ulkan rol oʻynaydi. Nazarimizda dengiz va okeanlar suvi bizdan juda uzoqda va ular bizga mutlaqo havf solmaydigandek tuyuladi. Ammo bu adashish, chunki aynan ana shu dengizlar va okeanlar suvi ustida havo massalari shakllanib, bizga yogʻingarchiliklar, iliq yoki issiq havolarni olib keladi.
Golfstrim okean oqimi Grendaladiyaning sharqiy hududlarida ulkan “nasos”ni qoʻllab-quvvatlaydi. Bu oqim bilan Norvegiya dengiziga keluvchi iliq suvlar Sharqiy Grelandiyaning sovuq suvlari bilan aralashib, atmosferaga katta miqdorda issiqlik uzatadi va quyuqlashadi hamda chuqurroqqa kiradi. Chuqurlik suvlari Grelandiya-Norvegiya basseyndan Atlantika okeaniga quyiladi, bu esa oʻz navbatida janubdan yangi suv massalarini tushishiga olib keladi. Agar bunday nasos kuchsizlansa, bu Golfstrimni kuchsizlanishiga olib keladi. Bu jarayon boshlanganligi haqida ma’lumotlar bor. Golfstrim Shimoliy Yevropa mamlakatlarida yumshoq iqlimni shakllanishida aniq rolga ega ekan, bunday holni rivojlanishi uni sezilarli oʻzgarishiga va Yevropa mamlakatlarida sezilarli sovuq boʻladi. Masalan, 200-yildan soʻng Golfstrimni oʻzgarishidan Buyuk Britaniya muzlash ehtimoli bor, bu esa koʻpchilikni tashvishga solmoqda.
Jonli tabiat va biologik xilma-xillik qirilib ketish havfi ostida, bunga sabab albatta insonning faoliyatidir. Endilikda esa yangi chaqiriq, ya’ni iqlim oʻzgarishi havfi soya solmoqda. Ma’lumki, turli ekotizimlarning mavjudligi avvalo, iqlim sharoitlariga bogʻliq. Shunday turlar borki, iqlim oʻzgarishi natijasida hatto qisqa muddatli sovuq yoki qurgʻoqchilikda ham qirilib ketishlari mumkin.
Hayot belgilangan tabiiy sharoitlarga moslashib boradi. Agar iqlim tizimi belgilangan oʻzgarishni boshdan kechirsa yoki ular tez sodir boʻlsa, u holda ayrim turlar boshqa rayonlarga joylashuviga yoki moslashuviga yoki halok boʻlishiga toʻgʻri keladi. Quruqlikda ham dengizda ham haytning aborigen shakllarini siqib chiqarib, aloqida flora va fauna turlarini janubdan shimolga, “isib” ketgan hududlardan odatiy sovuqlariga harakat boshlanadi. Isishning intensiv boʻlishi ekotizim uchun shunchalik zarbalidir. Global isish sharoitida barcha oʻsimlik va hayvonlar ham yashab qololmaydi. Bu maydonda faqatgina insonlar bilan yaqinda yashaydigan, tez koʻpayadigan, shu bilan birga katta yashash arealiga ega va iqlim sharoitiga tez moslasha oladigan hayvonlargina yashab qolishlari mumkin.
Global isish faqat tabiatga emas, balki inson hayotiga ham ta’sir koʻrsatadi. Masalan, Amerika Qoʻshma Shtatlari hududlarda ketma-ket dovul va suv toshqinlari koʻrinishidagi bir qator tabiiy ofatlar sodir boʻldi. Bizning sayyoramizning ayrim hududlarida yogʻingarchilikni kamligidan hosillar nobud boʻlmoqda, oʻrmonlar yonmoqda, insonlar ichimlik suviga ehtiyoj sezishmoqda.
Olimlarni dastlabki bashoratlariga koʻra, yaqin kelajakda 3,2 mlrd. aholi suv yetishmaslik muammosi bilan, yer aholisini beshdan bir qismi aksincha, suv toshqinlari bilan toʻqnashadi. Yaqin kelajakda turli qochoqlar va migrantlar singari yana bir iqlimiy koʻrinishi qoʻshilishi va 2100-yilga borib iqlim migrantlari 200 mln. ni tashkil etishi mumkin.
Eng katta havf va tahdid hali rivojlanmagan mamlakatlar aholisi boshiga yogʻilishi mumkin, chunki ular bunday global iqlim oʻzgarishlarini bartaraf etishga qodir emaslar. Havo haroratinig 1,5-4,5 oC ga ortishi okean sathining koʻtarilishiga sabab boʻladi, va bu tufayli koʻplab kichik orolchalarni suv bosadi va qirgʻoqbuyi joylarda toshqinlar yuzaga keladi. Markaziy Osiyo mamlakatlarida haroratni koʻtarilish bir tomondan, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida qurgʻoqchilikka olib kelsa, ikkinchi tomondan, muzliklarning erishini tezlashtirib, yogʻingarchilik tartibini oʻzgarishi, togʻlardagi muzliklardan oziqlanadigan daryolar toshqinini olib keladi. Bunday vaziyatlarda qishloq joylarda hayot kechirish yildan-yilga qiyinlashadi. Muzliklarni erishi va yogʻingarchilkilar tartibini oʻzgartishi natijasida sellar va koʻchishlar yuzaga keladi.
Umumjahon sogʻliqni saqlash tashkilot (USST) ma’lumotlariga koʻra, ichak infeksiyalarini (suv quvurlari va kanalizatsiya tizimini buzilishidan), malyariya (choʻktirilgan hududlarda chivinlarni koʻpayishidan) boshqalar natijasida yuzlab million aholining sogʻligʻi havf ostida qoladi.
Uzoq kelajakda iqlimni global oʻzgarishlari navbatdagi insoniyat evolyusiyasi bosqichiga olib kelishi mumkin. Bizning ajdodlarimi bunday muammo bilan muzlik davrida havo haroritini birdaniga 10 oC ga oshganda toʻqnashishgan. Bu bizning sivilizayamizni rivojlanishiga katta turtki boʻlgan.
Iqlim isishi natijasida iqlim hududlari ham qutblarga tomon siljiy boshlaydi. Oʻrtacha yogʻingarchilik miqdori oshadi, ayrim mintaqalarda suv toshqinlari, boshqalarida esa qurgʻoqchiliklar kuzatiladi. Muzliklar qaytishi va tez erishi davom etadi. Iqlimni antropogen davrdagi qisqa muddatli “samarali oʻzgarishi” ming yillar va hattoki, million yillar davomi tabiiy oʻzgarish samarasi bilan tenglashtiriladi, zero odamlarni biologik tur sifatida yashab qolishiga hech qanday havf tugʻdirmaydi. Biroq yaqin yuz yillikdagi iqlimni oʻzgarishi insonlar hayotida koʻpgina salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Oʻzgarish tabiat moslashuvidan jadalroq ravishda kechadi, bu esa hayvonot va oʻsimlik dunyosini ham moslashuvga yoki qulay joylarga koʻchishga ulgirmasligiga ham olib keladi.
Odamlar dinozavrlar yashagan iqlimda ham yashay oladi, lekin ushbu muhitgaga ham moslashish zarur, tropik hududdagi kasalliklarga qarshi immunitet hosil qilish uchun muayyan muddat kerak boʻladi. Shu tariqa, iqlim oʻzgarishi, bir tomondan boshqa global muammolardan keskin farq qilsada, ikkinchi tomondan, ularni keskin ravishda kuchaytiradi. Yerning iqlim tizimini juda inertsiyali, shuning uchun unda nimanidir oʻzgartirish (yoki jarayonni sekinlashtirish) uchun oldindan harakat qilish lozim, bizning holatda bunga bir necha oʻn yilliklar bor.
Iqlimni rivojlanishini hududiy darajada prognozlash global darajadan ham mushkulroqdir. Shunga qaramasdan, oxirgi yillarda olimlar bu sohada oldinga qadam qoʻyishda va quyidagi xulosalarga kelishdi:
Afrika. iqlim oʻzgarishi va tebranishlariga oʻzining boshqaruv idoralarining kuchsizligi, mojaro va ofatlar majmui, kambagʻallik sabablaridan juda zaifdir. 1970-yillardan beri qurgʻoqchilik maydonlari kengayishi, XX yuz yillikda Saxel va Janubiy Afrika hududlarida qurgʻoqchilik ortdi. Suv ta’minoti tizimi va qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi ham katta havf ostida turibdi. 2020-yilga kelib hosildorlikni 50 % ga kamayishi kutilmoqda va qishloq xoʻjaligiga kirishni minimal tabiiy-iqlimiy sharoitlariga ega yirik hududlarda unumdorlik hajmini tushib ketish ehtimoli bor.
Oʻrmonlar, adirlar va boshqa tabiiy ekotizimlar, jumladan Janubiy Afrikaga ham tegishli, allaqachon oʻzgarishga yuz tutgan. 2080-yilga kelib Afrikadagi aridli va yarim aridli yerlar maydoni 5-8 % ga oshdi.
Antarktida. Ushbu materikdagi vaziyatni tushunish va oldindan bashorat qilish ancha murakkab. Tez oqimli isish kuzatilgan Antarktika yarim oroli bundan mustasno. Kontinentda butunligicha keyingi 50 yil ichidagi harorat koʻrsatkichi va qor yogʻish miqdori turgʻunligicha qolmoqda. Antarktika muzliklari sayyoramizdagi muzlatilgan holatdagi chuchuk suvlarning 90% ini tashkil etadi, tadqiqotchilar muzliklarning erishi va materikda toʻsiq boʻlgan muzliklar alomatlarini diqqat bilan kuzatishadi.
Osiyo. Iqlim oʻzgarishi natijasida 2050-yilga kelib milliarddan ortiq odamlar, ayniqsa, katta daryolar basseynlarida chuchuk suvga tanqisligidan aziyat chekadilar. Himolay muzlarining erishi rognozga asosan, toshqinlar va tosh koʻchkilarining ketma-ket yuz berishi va keyingi ikki-uch oʻn yilliklar mobaynida suv resurslarining holatiga ta’sir qiladi. Muzliklarning kamayishi jarayoni suv oqimlarini pasaytiradi. Agar dengiz sathini, ba’zida daryolarda suv koʻtarilish holatlarida asosan qirgʻoq boʻyi, ayniqsa qirgʻoq deltasidagi zij aholili hududlari katta havf ostida qoladi.
Yevropa. Muzliklar va koʻp yillik muzliklar erimoqda, vegetatsion davrlar choʻzilmoqda, 2003-yildagiga oʻxshash halokatli iliq oqim kabi ekstremal tabiiy sharoitlar tez-tez kuzatilmoqda. Tadqiqotchilar Yevropaning shimoliy hududlarida qishni iliq kelishi, yogʻingarchiliklar koʻpayib, oʻrmon hududlari kengayishi hamda qishloq xoʻjaligi unumdorligini oshishiga amin boʻlmoqdalar. Oʻrta Yer dengizi doirasidagi janubiy hududlarda yozda haroratni oshishiga, yogʻingarchiliklar sonini kamayishiga, qurgʻoqchilik intensivligi kengayishiga, oʻrmon maydonlari qisqarishi va qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi qisqarishiga guvoh boʻladilar. Yevropa hududidagi koʻpgina qirgʻoqboʻyi pasttekislik hududlarida dengiz sathining koʻtarilishiga duchor boʻlishi mumkin. Shuningdek koʻplab oʻsimliklar, sudralib yuruvchilar, quruqlikda yashovchi hayvonlar va boshqa biologik turlar ming yillik oxiriga kelib yoʻqolish havfi ostida qoladi.
Lotin Amerikasi. Sharqiy Amazonkaning tropik oʻrmonlari, shuningdek janubiy va markaziy Meksika bashoratlarga qaraganda, asta-sekin savannalarga aylanadi. Iqlim oʻzgarishi va insonning yerdan foydalanishi tufayli Braziliyaning shimoli-sharqiy qismining ayrim rayonlari qurgʻoqchilikka yoʻliqadi. 2050-yilga kelib qishloq xoʻjaligi yerlarining 50%i choʻllanish va shoʻrlanishi ehtimoli katta hisoblanadi.
Shimoliy Amerika. Kelgusida iqlim oʻzgarishi natijasida shahar, sanoat, qishloq xoʻjaligida suvdan foydalanish ehtiyojlarini oʻsishi natijasida suv resurslarining tanqisligi sezilarli darajada boʻlishi oldindan aytilmoqda. Havo haroratini koʻtarilishi, togʻli hududlarda qor qatlamlarining kamayishi, suvlarni bugʻlanishi va shunga asosan suvning mavsumga qarab taqsimlanishini oʻzgartirib yuborishi mumkin. Buyuk koʻllar regioni va asosiy daryolarda suv sathining pasayishi kema yurgizish, reaksion industriya, gidroenergetika, suv sifatiga ta’sir oʻtkazadi. Tabiiy yongʻinlar va zararli hasharotlarning bostirib kelishi buning davomchisi boʻlib, bu dunyoda isish va quruq tuproq holatini kuchaytiradi. XXI asr mobaynida biologik turlarning shimolga majburiy ravishda koʻchishi va ularning yer yuzasining yuqori pozitsiyalariga joylashuvi Shimoliy Amerika ekotizimini toʻlaqonli oʻzgartiradi.
Arktika. Keyingi 100-yilda butun dunyoning oʻrtacha havo harorati koʻrsatkichlari qatorida Arktikada ham havo harorati deyarli ikki barobarga ortdi. Arktika suvlarining muz qatlamining oʻrtacha hajmi oʻn yillik ichida 2,7%ga kamaymoqda; inson faoliyati oqibatida atmosferaga chiqadigan chiqindilar miqdori joriy koʻrsatkichlardek oʻsib boraversa, XXI asr oxiriga kelib Shimoliy Muz okeanining ulkan hududida yillik muz qatlami yoʻqolishi mumkin. Arktikadagi bu salbiy oʻzgarishlar global darajadagi jiddiy oqibatlarga olib keladi. Masalan, Yerda muzning erishi va qor qatlami albedo (qaytarish qobiliyati) havoning iliqligi tufayli pasayadi, bu esa sayyoramizning yuzasini katta miqdorda isitadi.
Avstraliya va yangi Zelandiya suv ta’minoti, qishloq xoʻjaligi, tabiiy ekotizimlarning oʻzgarishi, qor qatlami va muzliklarning mavsumiy darajasini tushishi kabi salbiy holatlari haqida havotir olmoqda. Keyingi oʻn yilliklar mobaynida Avstraliya hududining shimoliy-gʻarbiy hududi va Yangi
Zelandiyaning janubi-gʻarbiy qismlarida katta miqdorda iliq toʻlqinlar, shuningdek kuchsiz sovuq havo va yogʻingarchiliklar kuzatilmoqda; Avstraliyaning janubiy va sharqiy hududlari hamda Yangi Zelandiyaning shimoli-sharqiy hududlarida yogʻingarchilik miqdori pasaydi; Avstraliya hududida qurgʻoqchilik intensivligi kuchaydi.
Global iqlim isishi bundan keyin ham ekstremal ob-havo sharoitlari sonini oshirib, ekologik-iqtisodiy-ijtiomiy muammosi bor davlatlarning ahvolini yanada ogʻirlashtiradi. Chuchuk suv tanqisligi barqaror rivojlanish imkoniyatlarini kamaytiruvchi asosiy omil boʻlib, u ayniqsa, bu koʻpgina agrar davlatlarning ishlab chiqarishida va aholining foydali mehnat bilan bandligida aks etadi.

Yüklə 27,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin