3-mavzu. Iste`molchi tanlovi nazariyasi



Yüklə 91,73 Kb.
tarix22.12.2023
ölçüsü91,73 Kb.
#189929
55586 3-mavzu


3-MAVZU. ISTE`MOLCHI TANLOVI NAZARIYASI
Reja
3.1. Budjet chizig`i: iste’molchining qanday imkoniyatlari mavjud?
3.2. Tanlov: iste’molchi nimani xohlaydi?
3.3. Optimallashtirish: iste’molchi nimani tanlaydi?
3.4. Uch qo‘llanma.

TАYANCH SO‘Z VA IBORALAR:

asosiy tushunchalar, byudjet sig`imi, befarqlik egri chiziqlar, chekli almashtirish darajasi mukammal o‘rnini bosuvchilar, mukammal to‘ldiruvchilar, normal tovar, arzon tovarlar daromad ta'siri, almashtirish ta'siri, Giffen tovari.

3.1. Byudjet chizig`i: iste’molchining qanday imkoniyatlari mavjud?



Ko‘p odamlar o‘z ehtiyojlari soni va sifatini yaxshilashnga urinishadi – ko‘proq ta’tillar, qimmatroq mashina haydash yoki yaxshiroq restoranlarda ovqatlanish va hokazo. Kishilar o‘z xohishlaridan ko‘ra kamroq sarflashni istashadi, chunki ularda kirim ta’siri borligi sababli xarjlari ham chegaralangan bo‘ladi. Biz iste’molchining tanlov nazariyasini kirim va chiqim orasidagi mutanosiblikni tekshirish orqali boshlaymiz.
Obyektlarning oddiy va sodda bo‘lishini ko‘zlab, biz iste’molchi xarid qilishi mumkin bo‘lgan faqat ikkita narsani olamiz: pitsa va Pepsi. Albatta, hayotda kishilar minglab turdagi tovarlarni xarid qilishlari mumkin. Taxminimizcha, iste’molchi tanlovi tushunchasining asosiy mazmunini o‘zgartirmay turib sodda tushuntirish uchun ikkita mahsulotni olish yetarli. Avvalo, pitsa va pepsiga bo‘lgan xarajat iste’molchi kirimining qancha qismini cheklab olishini ko‘rib chiqamiz. Taxminan iste’molchi kirimi oyiga 1000$ va uning hammasi Pepsi va pitsaga ketadigan bo‘lsin. Pepsi narxi 2$, pitsaniki 10$.
Rasm 1 dagi jadval iste'molchi sotib olishi mumkin bo‘lgan pitsa va Pepsining ko‘plab kombinatsiyalarining ayrimlarini ko‘rsatadi. Jadvalning birinchi qatori, agar iste'mol pizzaga o‘zining barcha daromadini sarflasa, u oy davomida 100 ta pizza yeyishi, lekin u hech qancha Pepsi sotib olishi mumkin emasligini ko‘rsatadi. Ikkinchi qatorga boshqa ehtimolni ko‘rsatadi, iste'mol to‘plami: 90 ta pitsa va 50 pint pepsi. Va hokazo. Jadvaldagi har bir iste'mol to‘plami aniq $ 1000 turadi.
Rasm 1dagi grafik iste'molchi tanlashi mumkin bo‘lgan iste'mol to‘plamlarni ko‘rsatadi. Vertikal o‘q Pepsi pintlari sonini va gorizontal o‘q pizza sonini o‘lchaydi. Bu rasmda uchta nuqta belgilangan. A nuqtada iste'molchi hech qancha Pepsi sotib olmaydi va 100 pizza iste’mol qiladi. B nuqtada iste'molchi hech qancha pizza sotib olmaydi va 500 pint Pepsi iste'mol qiladi. C nuqtada iste'molchi 50 pizza va 250 pint Pepsi sotib oladi.
Aynan C nuqtada AB chizig`i o‘rtasida iste'molchi teng sarflaydigan nuqtadir, unda pizza va Pepsi miqdori ($ 500). Bu iste'molchi tanlashi mumkin bo‘lgan pizza va Pepsi ko‘plab kombinatsiyalarning faqat uchtasidir. AB chizig`i bo‘yicha barcha nuqtalarni tanlash mumkin. Byudjet sig`imi deb nomlangan bu chiziq iste'molchi qurbi yetadigan iste'mol to‘plamlarini ko‘rsatadi. Bu holda, u iste’molchi to‘qnashadigan pizza va Pepsi o‘rtasidagi tanlovni ko‘rsatadi. Byudjet sig`imi qiyaligi iste'molchi duch keladigan tanlov darajasini o‘lchaydi. Eslatib o‘tamiz, bu ikki nuqta orasidagi chiziq vertikal masofa o‘zgarishi gorizontal masofa o‘zgarishiga bo‘lib hisoblanadi ( "muddatda o‘sish"). A nuqtadan B nuqtagacha vertikal masofa 500 pint bo‘lgan, va gorizontal masofa 100 pitstsa hisoblanadi. Shunday qilib, chiziqda 1 ta pizzaga 5 pint Pepsi to‘g`ri keladi.
B irinchi jadval iste’molchining yuqorida aytib o‘tilgan mahsulotlardan qay usullarda xarid qilishi mumkinligini hisoblovchi kombinatsiyalardan biri ko‘rsatilgan. Birinchi jadval shuni ko‘rsatadiki, agar iste’molchi hamma pulini pitsaga sarflasa u 100 ta pitsa xarid qilishi va birorta ham Pepsi ololmasligi mumkin. Ikkinchi qatorda boshqacha variant: 90 ta pitsa va 50 dona Pepsi, va hokazo. Har bir chiqim summasi 1000$ni tashkil etadi. Birinchi jadvaldagi grafik iste’molchi tanlashi mumkin bo‘lgan “to‘plam”larga misol bo‘ladi. Vertical chiziq Pepsining miqdorini o‘lchasa, gorizontali esa pitsaning donasini ifodalamoqda. Grafikda uchta nuqta keltirilgan. A nuqtada, iste’molchi faqat 100 ta pitsa oladi, ammo Pepsi olmaydi, B nuqtada u pitsa xarid qilmaydi, lekin, 500 ta Pepsi sotib oladi, A va B nuqtalarining o‘rtasi bo‘lmish C nuqtada iste’molchi har ikkalasigayam teng ravishda 500 $ dan pul sarflashi tasvirlangan. Bunda u 50 ta pitsa va 250 ta Pepsi iste’mol qila oladi. Yuqorida aytib o‘tilganlar ko‘plab kombinatsiyalardan uchtasi edi, xolos. A nuqtadan B nuqtagacha bo‘lgan har bir variant bizga to‘g‘ri kela oladi. Xarajatlar sig`imii deb ataluvchi ushbu chiziq bizga iste’molchining qurbi yetadigan iste’mol “guruh”larini ko‘rsatib beradi. Shu bilan iste’molchi xarid qilishi mumkin bo‘lgan Pepsi va pitsa miqdorlarini jadvallar yordamida o‘rganib chiqdik.
Budjet sig`imi egri chizig‘i iste’molchining bir tovarning boshqasiga nisbatan xarid qila olish imkoniyatini narxlar mutanosibligi orqali o‘lchashda ishlatiladi. A nuqtadan B nuqtagacha vertikal oraliq 500 ichimlik va gorizontal masofa 100 ta pitsaga teng. Demak, beshta Pepsi bitta pitsaga to‘g‘ri kelmoqda. (Aslida, budjet sig`imii egri chizig‘i pasayganda, natija musbat son chiqadi. Lekin biz manfiy ishorani chetlab o‘tishimiz mumkin.)
Budjet taqchilligi bir mahsulot narxining boshqa bir mahsulot narxiga taqqoslanishi orqali paydo bo‘lgan taxminiy narxga teng ekanligini eslab qoling. Pitsa Pepsidan besh marta qimmat, shuning uchun pitsa olish ehtimolligi Pepsiga qaraganda besh marta past. Bozor ite’molchiga quyidagicha tanlovni taklif qila oladi: bitta pitsaga beshta Pepsi.

3.2. Tanlov: iste’molchi nimani xohlaydi?


Bu bo‘limdagi maqsadimiz iste’molchi qanday qilib tanlov amalga oshirishini o‘rganish. Budjet sig`imi analizning bir qismidir: bu iste’molchining daromadiga qarab qanday tovarlarga qurbi yetishining kombinatsiyasini ko‘rsatadi. Iste’molchining tanlovi nafaqat uning moliyaviy ahvoliga, balki, uning tanloviga ham bog‘liq. Shunday qilib, iste’molchi tanlovi bizning keyingi o‘rganish obyektimiz bo‘ladi.

Tanlovni befarqlik chizig`i orqali ifodalashi


Iste’molchining tanlovi unga Pepsi va pitsa kombinatsiyalaridan birini tanlash imkonini beradi. Agar biz unga ikki turdagi variantni ko‘rsatsak, u o‘ziga mosrog‘ini tanlaydi. Agar ko‘rsatilgan ikki variant unga teng ma’qul bo‘lsa, iste’molchi ikkkalasini ham birdek qabul qiladi.
Biz hozir iste’molchining budjet sig`imini grafik ko‘rinishida tasvirlaymiz, shuningdek, uning tanlovini ham grafikda ifodalashimiz mumkin. Buni befarqlik egri chiziqlaridan foydalanib amalga oshiramiz. Befarqlik egri chizig`i iste’molchini birdek xursand qila oladigan variantlarni taqdim etadi. Shu tufayli befarqlik egri chizig`i doim iste’molchini qoniqtira oladigan takliflar kiritadi.
Ikkinchi chizma iste’molchining befarqlik egri chiziqlaridan ikkitasini o‘zida aks ettirgan. Iste’molchiga A, B va C kombinatsiyalar birdek maqbul yechim chunki ularning hammasi deyarli bir xil. Shunisi aniqki, agar iste’molchining pitsaga xohishi kamaysa, A nuqtadan B nuqtagacha bo‘lgan variantlar uni birdek xursand qilishga qodir. Agar pitsaga bo‘lgan ehtiyoj yana kamaysa, B nuqtadan C nuqtagacha Pepsi iste’moli yana ortadi va hokazo.

Iste’molchi tanlovi
Iste’molchi tanlovi iste’molchining ehtiyojini qondirishi uchun zarur bo’lgan Pepsi va Pitsani xarid qilish kombinatsiyalarini ko’rsatib beradi. Chunki iste’molchi tanlovi I1 egri chiziqda yuqori farq qiladi, I2 egri chiziqda esa kamroq farq qilishini ko’rsatib beradi. Chekli almashtirish normasi iste’molchining 1 ta pitsa o’rniga qancha pepsi xarid qila olishini ko’rsatadi.

Befarqlik egri chizig`i iste’molchining xohishini bir-birining o‘rnini bosuvchi tovarlar majmui bilan ham qondira oladi. Bu chekli almashtiruv darajasi (MRS) deyiladi. Yuqoridagi holatda chekli almashtiruv darajasi nazariyasi bo‘yicha Pepsining nechtasi pitsaning bittasi o‘rnini “egallay olishi”ni o‘lchash mumkin. Iste’molchining befarqlik egri chizig`idek o‘zgarmas bo‘lmagani bilan chekli almashtiruv darajasi befarqlik egri chizig`i bilan bir xil bo‘lolmaydi. Iste’molchining bir tovarni boshqasidan ortiq ko‘rishi uning xohishidagi tovarlar miqdoriga va iste’molchining ahvoliga ham bog‘liq. Masalan, iste’molchining pitsa yoki Pepsi xarid qilishida uning och yoki chanqaganligiga, shuningdek, qancha iste’mol qila olishiga qaraladi.
Iste’molchi barcha befarqlik egri chiziqlaridan birdek qoniqish hosil qiladi. Ammo u ba’zilarini afzalroq ko‘rishi ham mumkin. Chunki u kamroq chiqimni, pastroq xarajatni afzal ko‘rishi mumkin. 2-chizmada I2 chiziqning istalgan nuqtasidan I1 chiziq yaxshiroqdir.
Iste’molchining befarqlik egri chizig`i uning nimani boshqalaridan afzal ko‘rishini ko‘rsatib beradi. Shu tufayli biz biz befarqlik egri chizig`ini ikki turdagi mahsulotlar variantini solishtirish uchun ishlatamiz. Masalan, D nuqta A ga qaraganda ko‘proq foydaliroqligi tufayli yaxshiroq deb qaralsin (aniqroq qilib aytganda, D variat A ga qaraganda ikki hissa ko‘p pitsa va Pepsi taklif qilsin). Befarqlik egri chizig`i nazariyasiga ko‘ra, D nuqta C nuqtadan ham yaxshiroq chunki u C ga qaraganda foydaliroq variantni taklif etmoqda. D nuqtada C ga qaraganda Pepsi taklifi kamroq bo‘lishiga qaramay, unda iste’molchini afzal ko‘rishga undovchi pitsalar miqdori ko‘pligi mavjud. Qaysi bir nuqtaning foydaliroqligini o‘rgana turib, biz befarqlik egri chiziqlarni ham o‘zaro solishtirishimiz mumkin ekan.
Befarqlik egri chizig`ining to‘rt xususiyati.
Befarqlik egri chizig`i iste’molchining afzal deb bilgan variantlarini ko‘rsatib bera oladi. Biz befarqlik egri chizig`ining to‘rtta afzalligini ko‘rib chiqamiz:
Yuqoriroq befarqlik egri chiziqlarini pastlariga qaraganda afzal ko‘rish. Odamlar odatda ko‘proq tovarlar xarid qilishga odatlanishgan. Katta hajmdagi eng munosib tanlov befarqlik egri chizig`ida o‘z ifodasini topadi. 2- chizmada keltirilganidek, yaxshiroq bo‘lgan befarqlik egri chizig`i boshqalaridan ko‘ra ko‘proq ijobiy “xarakterga ega”. Shuning uchun iste’molchi yaxshiroq variantga ega bo‘lishni xohlaydi.
Befarqlik egri chizig`i beqaror. Befarqlik egri chizig`i iste’molchining bir variantdan boshqasini afzal ko‘rganda o‘zini namoyish etadi. Ko‘pincha, iste’molchiga ikkala mahsulot ham yoqadi. Shu sababli, agar birinchi mahsulot miqdori kamaysa, iste’molchini xursand qilish uchun ikkinchisiniki ortadi. Shu sababli, ko‘pincha befarqlik egri chizig`i o‘zgarib turadi.

Befarqlik egri chizig‘ining kesishmasligi
Bunday vaziyat hech qachon sodir bo’lmaydiganga o’xshaydi.

Befarqlik egri chizig`i kesishmaydi. Buning rostligini ko‘rish uchun, tasavvur qiling, 3-chizmada ikkita befarqlik egri chizig`ikesishgan bo‘lsin. A nuqta B nuqta kabi bir xil befarqlik egri chizig`i bo‘lgani sababli, iste’molchini birdek qoniqtiradi. Qo‘shimchasiga, B nuqta ham C nuqta kabi bir xil befarqlik egri chizig`i bo‘lgani tufayli, C nuqta iste’molchini qoniqtira oladi. Ammo, bu nazariya C nuqta ikkala turdagi mahsulotdan ko‘proq hajmda taklif etishiga qaramay, A va C nuqtalar iste’molchini birdek qoniqtira oladi degani. Taxminimizga zid holatda iste’molchi har doim ikkala mahsulotdan ham arzonroqqa ko‘proq olishni afzal ko‘radi. Shu tufayli befarqlik egri chizig`i kesishmaydi.

Egiluvchan befarqlik egri chiziqlari
Befarqlik egri chizig‘I odatda ichkariga qayrilgan bo’ladi. Bunday shakl shuni nazarda tutadiki, chekli almashtirish normasi (MRS) iste’molchi ehtiyoji bo’lgan ikkita tovarning miqdori bilan bog‘liq bo’ladi. A nuqtada iste’molchi kamroq pitsa va ko’proq pepsi iste’mol qiladi.

Befarqlik egri chizig`i bu ichki rozilikdir. Kishilar o‘zlarida ortig‘i bilan bo‘lgan mahsulotlarni kamroq bo‘lganiga qaraganda sotib yuborishni ko‘proq xohlaydilar, shu paytda befarqlik egri chizig`i bu ichki rozilikdan kelib chiqadi. Misol tariqasida 4-chizmani muhokama qilamiz. A nuqtada iste’molchida bir nechta pitsa va ko‘p miqdorda Pepsi borligi tufayli u och, ammo, umuman chanqamagan. Iste’molchini bitta pitsaga oltita Pepsi almashtirishga ko‘ndirish mumkin: bitta pitsa = oltita Pepsi. Aksincha, B nuqtada iste’molchida kam Pepsi va ko‘p potsa mavjud. Shu tufayli u och emas ammo juda chanqagan. Bu yerda u bitta Pepsiga bitta pitsa alishtirishga ham tayyor: bitta Pepsi = bitta pitsa. Xullas, befarqlik egri chizig`ining ichki hissiyot orqali qabul qilinishi iste’molchining qoniqib bo‘lgan mahsulotlaridan voz kechishiga sababch bo‘la oladi.

Befarqlik egri chizig`i ikki eng yirik namunasi.


Befarqlik egri chizig`i bizga iste’molchining bir tovarni ikkinchi biriga alishtirmaslik xohishi haqida “ma’lumot beradi”. Bir mahsulot or’nini boshqasi bosa olsa, befarqlik egri chizig`ini tanlash osonlashadi, aks holat bo‘lsa, aksincha, qiyinlashadi. Buning to‘g‘riligini ko‘rish uchun, bir holni ko‘rib chiqamiz.
Mutloq o‘rin bosuvchilar: tasavvur qiling, kimdir sizga 10 sentlik tanga bilan nikel bo‘lagi to‘plamini taklif qildi. Siz ushbu farqli narsalarni qanday baholar edingiz?
Odatga ko‘ra, siz ikkalasining ham pulga chaqsa bo‘ladigan qiymati haqida o‘ylar ediniz. Agar shunday bo‘lsa, siz to‘plamdagi nikel va pulning qanchaligini e’tiborga olmay, ikkita nikel bo‘lagini bitta o‘n sentlik tangaga ayirboshlardingiz. Sizning ushbu nikel va pul orasidagi o‘rin bosish qiymatingiz ikkiga bir bo‘lar edi.
Biz sizning befarqlik egri chizig`iingiz ya’ni nikel va pul o‘rtasidagi afzal ko‘rish sig`imingizni 5-chizmada aks ettirib beramiz. O‘rin bosish qobiliyati o‘zgarmas bo‘lgani sabab, befarqlik egri chizig`i to‘g‘ri chiziq vazifasini o‘taydi. Bu to‘g‘ri befarqlik egri chizig`i tufayli yuqoridagi ikki Tovar bir-birining o‘rnini mukammal bosa oladi.
Mutloq bir-birini to‘ldiruvchilar: Tasavvur qiling, kimdir sizga oyoq kiyimlar to‘plamini tavsiya etdi. Ularning ba’zilari oyog‘ingizga mos tushdi, ba’zilari esa yo‘q. Siz ularni qanday baholar edingiz? Bu vaziyatda siz, albatta, o‘lchami mos kelganlarga e’tibor qaratasiz. Boshqa so‘z bilan aytganda, siz faqat tanlab olgan oyoq kiyimlaringiz ustidan “hukm chiqarasiz”. Beshta chap va yettita o‘ng poy oyoq kiyimidan faqat beshta juftlik olishingiz mumkin.

Qachonki ikkita tovar xuddi 5 sentlik tanga bilan 10 sentlik tanga kabi bir-birining o’rnini oson egallasa, befarqlik egri chizig‘I to’g‘ri chiziq bo’ladi (a). Qachonki ikkita mahsulot chap va o’ng oyoq kiyimlari kabi bir-biriga kuchli bog‘langan bo’lsa, befarqlik egri chizig‘I to’g‘ri buchak ostida bo’ladi (b).

Agar chap jufti bo‘lmasa, bitta o‘ng oyoq kiyimni olganning foydasi yo‘q. Biz chap va o‘ng oyoq kiyimlarining befarqlik egri chizig`iga qanday mos kelishini 5-b chizmada tasvirlaymiz. Bu yerda 5 ta o‘ng va 5 ta chap oyoq kiyimlari 5 ta o‘ng va 7 ta chap hamda 5 ta chap va 7 ta o‘ng oyoq kiyimlari bilan teng rol o‘taydi. Shuning uchun befarqlik egri chizig`i to‘g‘ri chiziqlardir. To‘g‘ri chiziqli befarqlik egri chizig`i ular holatiga ko‘ra biz ikki xil variant bir-birining o‘rnini to‘la bosa oladi deyishimiz mumkin. Haqiqiy hayotda, albatta, na mukammal o‘rin bosa oladi (nikel va sent pullar kabi) va na mukammal bir-birini to‘ldiradi(o‘ng va chap oyoq kiyimlari kabi). Odatda, befarqlik egri chizig`i ichki xohishdan kelib chiqadi, to‘g‘ri chiziq kabi bir xil bo‘lavermaydi.
3.3. Optimallashtirish: iste’molchi nimani tanlaydi?
Bu bobning ham maqsadi iste’molchi qanday qilib tanlov amalga oshirishini tushuntirish hisoblanadi. Bizda analiz uchun - ikki muhim manba mavjud: iste’molchining moliyaviy ahvoli (u qancha pul sarflay oladi) va iste’molchining xohishlari (u nimaga pulini sarflaydi). Endi biz ushbu ikki qismni birlashtirib, iste’molchining nima xarid qilish haqidagi qarorini tahlil qilamiz.
Iste’molchining eng qulay tanlovi.
O‘zimizning qadrdon Pepsi va pitsamizni yana bir marotaba “davraga taklif etamiz”. Iste’molchi o‘zi uchun eng yaxshi bo‘lgan Pepsi va pitsa xaridi variantiga to‘xtashi mumkin – bu uning eng so‘nggi tanlovi bo‘ladi. Ammo, iste’molchi o‘z budjet sig`imiga ham qarashi kerak. Chunki bu uning yagona moliyaviy o‘lchov manbasi hisoblanadi.

Iste’molchi uchun optimal nuqta
Iste’molchi yuqori befarqlikka ega bo’lgan budjet chizig‘idagi nuqtani tanlaydi. Bu optimal nuqtada chekli almashtirish normasi ikkita mahsulotning bir-biriga aloqador narxiga teng bo’ladi. Bu yerda yuqori befarqlikka I2 grafikda tasvirlangan iste’molchi erishadi. Iste’molchi I3 befarqlik egri chizig‘idagi A nuqtani tanlasa, bunday miqdordagi pepsi va pitsani sotib olishga qurbi yetmaydi.

Oltinchi chizmada iste’molchining budjet sig`imii va befarqlik egri chizig`i variantlaridan uchtasi tasvirlangan. Iste’molchi yetishishi mumkin bo‘lgan eng befarqlik egri chizig`i variant bu chizmada uning budjet sig`imiiga tekkan nuqtadir (asimptota o‘qi). Budjet sig`imi va befarqlik egri chizig`i kesishgan nuqta optimal nuqta deyiladi. Iste’molchi A nuqtani afzal ko‘rishi mumkin, ammo, budjet taqchilligi bois u nuqtaga “chiqa olmaydi”. Iste’molchi B nuqtani ham tanlashi mumkin, bu nuqtada befarqlik egri chizig`i mavjud lekin bu nuqta uni qoniqtirmaydi. Optimal nuqta Pepsi va pitsaning eng zo‘r kombinatsiyasi mavjud bo‘lgan nuqta hisoblanadi.
Eslab qoling: optimal nuqtada befarqlik egri chizig`i va budjet sig`imiteng bo‘ladi. Biz befarqlik egri chizig`ini urinma, budjet sig`imini o‘zgarmas deb olamiz. Urinish nuqtasi Pepsi va pitsa o‘rtasida ham budjet tomonidan, ham qoniqish tomonidan eng befarqlik egri chizig`i. Xullas, iste’molchi ikki xil tovarni tanlaydi, shuning uchun befarqlik egri chizig`i nisbiy qiymatga ega bo‘ladi.
Yettinchi bo‘limda biz bozor narxlari iste’molchining mahsulotlarga munosabatini ko‘rib o‘tgan edik. Iste’molchi tanlovini tekshirish ba’zi xulosalarning aslida boshqachaligini ko‘rsatmoqda. Tanlovni amalga oshirishda iste’molchi narxlarni ko‘rib chiqadi songra, befarqlik egri chizig`i bilan nisbiy narx to‘g‘ri keladigan optimal variantni tanlaydi. Nisbiy narx bu bozor sotishiga, iste’molchi esa xarid qilishiga mos bo‘lgan narx hisoblanadi. Iste’molchining budjeti optimal qiymatida bozorning narx taklifi va iste’molchi sig`imi teng bo‘ladi. Iste’molchi budjet optimali tufayli bozor narxlari iste’molchi xarid qila olishi mumkin bo‘lgan tovarlar sonini cheklaydi.
Iste’molchi daromadining o‘zgarishi uning tanloviga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
Yuqorida biz iste’molchi qanday qilib tanlovni amalga oshirishi haqida gaplashdik, keeling, endi ushbu tanlovga uning oylik kirimi qanday ta’sir ko‘rsatishini muhokama qilamiz. Aniqlikka erishish uchun, tasavvur qiling, iste’molchi kirimi o‘sib bormoqda. Yirikroq daromad evaziga iste’molchi ikkala tovar (Pepsi va pitsa)dan ko‘proq xarid qila oladi. Kirimdagi o‘sish 7-chizmada ko‘rsatilgandek, tashqi tomondan budjet sig`imini siljitadi.

Iste’molchi daromadining ortishi
Iste’molchilarning daromadi ortganda budjet chegarasi oldinga siljiydi. Agar ikkala tovar ham normal bo’lsa iste’molchi bunga javoban ularning har birini sotib olish hajmini oshiradi. Ushbu chizmada xaridor ko’proq pitsa va pepsi sotib oladi.

Ikki tovarning nisbiy narxi hali o‘zgarmaganligi sababli, yangi budjet sig`imi birinchisidek haliyam o‘zgarmagan. Bu yerda kirimning ortishi budjet sig`imining parallel ko‘chishiga olib keladi.
Kengaygan budjet sig`imi iste’molchiga ko‘proq Pepsi va pitsa xaridiga imkon beradi, ya’ni bu yirikroq befarqlik egri chizig`i degani. Budjet holati va iste’molchining befarqlik egri chizig`i holati orasidan eng ma’qul deb topgani uning optimal tanlovini “ilk optimal”dan “yangi optimal”ga siljitadi.
Eslab qoling, 7-chizmada iste’molchi o‘zi uchun ko‘proq Pepsi va pitsa tanlaydi. Kirimning ko‘payishiga iste’molning ortishi mantiqiy javob bo‘la olmasada, bu vaziyatda eng mos holat ko‘proq pitsa va Pepsi deb baholanadi.
To‘rtinchi bo‘limga murojaat qilsangiz, iqtisodchilarning daromad oshganda iste’molning ham ortish holatiga normal tovar deb baho berishlarini ko‘rishingiz mumkin. 7-chizmadagi befarqlik egri chizig`i sifatidagi Pepsi va pitsa taxminan normal tovarlardir.
8-chizmada iste’molchining mablag‘i oshganda ko‘proq pitsa hamda kamroq Pepsi xarid qilishini ko‘rishimiz mumkin. Agar iste’molchi budjeti ortganda bir tovarni boshqalariga nisbatan ko‘proq xarid qilsa, bu mahsulot turi iqtisodchilar
tomonidan past darajadagi tovar deb qaraladi. 8-chizma pitsaning normal tovar va Pepsining past darajadagi Tovar ekanligi ehtimoli ostida chizilgan.
Dunyodagi ko‘pgina tovarlar normal tovarlar bo‘lishiga qaramay, ba’zi bir past darajadagi tovarlar ham mavjud. Masalan velosipedlar. Kirim oshsa, kishida avtobus yoki taksida yurish, yoki, shaxsiy avtomobil xarid qilish xohishi paydo bo‘ladi. Avtobusda yurish ham past darajadagi “tovar” hisoblanadi.


Past kategoriyali tovar
Iste’molchining daromadi ortganda kamroq sotib oladigan tovari past kategoriyali tovar hisoblanadi. Bu yerda Pepsi past kategoriyali tovar: iste’molhcini daromadi ortib, budjet chegarasi oldinga surilganda ham pepsining iste’moli kamayib pitsaning iste’moli ortgan.

Narxlardagi o‘zgarishlar iste’molchi tanloviga qanday ta’sir o‘tkazadi?
Keling endi narxlardagi o‘zgarish iste’molchi tanloviga qanday ta’sir ko‘rsatishini bashorat qiluvchi modelni ko‘rib chiqsak. Aytaylik, Pepsining narxi $2 dan $1 ga tushdi. Pastroq narx iste’molchining xarid imkoniyatini orttirishi hayratlanarli emas. Boshqacha aytganda, istalgan Tovar narxining tushishi budjet sig`imini yuqoriga siljitadi.

Narx o‘zgarishlari
Pepsi narxining tushishi budjet chegarasining oldinga siljishiga va qiyaligining ortishiga sabab bo’ladi. Iste’molchining muvozanat nuqtasi Pepsi va pitsani sotib olish miqdori o’zgaradigan yangi nuqtaga ko’chib o’tadi. Mazkur holatda pepsining iste’mol hajmi ortgan, pitsaning iste’mol hajmi kamaygan.

9-chizma narxlarning tushishi budjet sig`imiga qanday ta’sir ko‘rsatishini tasvirlab beradi. Agar iste’molchi o‘rtacha kirimining $1000 ini pitsaga sarflasa, Pepsining narxi ahamiyatsiz bo‘lib qoladi. Shunday qilib chizmadagi A nuqta o‘zgarishsiz qoladi. Aksincha, agar iste’molchi kirimining $1000 qismini Pepsiga sarf etsa, 500 tadan ko‘ra 1000 ta Pepsi xarid qila oladi. Demak, budjet sig`imining so‘nggi to‘xtami B nuqtadan D nuqtaga ko‘chish bo‘ladi.
Eslab qolingki, bu vaziyatda budjet sig`imi o‘zining o‘rnini o‘zgartiradi (Demak, narxlar o‘zgarmay, ammo, kirim ortganda nima sodir bo‘ladi). Tahlil qilganimizdek, budjet sig`imio‘zgarganda o‘zining ta’sirini Pepsi va pitsa narxida namoyish etadi. Chunki, pitsa narxi $10 dan o‘zgarmay turgan bir vaziyatda Pepsi narxi $2 dan $1 ga tushdi. Endi iste’molchi bitta pitsa o‘rniga 5 tadan ko‘ra 10 ta Pepsi olishi mumkin. Natijada, yangi budjet sig`imitikkaroq siljiydi.
Budjetdagi o‘zgarishlarga qaramay ikkala Tovar iste’moli o‘zgarishi iste’molchi xohishiga bog‘liq. Chizmada berilgan befarqlik egri chizig`iga asosan iste’molchi ko‘proq Pepsi va kamroq pitsa xarid qilishi ham mumkin.
Daromad va o‘rin bosish ta’sirlari
Iste’moldagi tovarlar narxidagi o‘zgarishning ta’siri ikkiga bo‘linadi: daromad va o‘rin bosish ta’siri. Bu ikki ta’sir nima ekanligini ko‘rish uchun, bizning iste’molchimiz Pepsi narxi pasayganini bilganda, qanday munosabat bildirishini ko‘rib chiqamiz. U quyidagi ikki yo‘l orqali xulosa chiqarishi mumkin:
Ajoyib yangilik! Hozir Pepsi arzonroq, mening daromadim sotib olish kuchida. Men foydadaman, avvalgidan ko‘ra boyroqman.
Chunki men boyroqman, men pizzani ham pepsini ham sotib ola olaman.
Hozir pepsining narxi tushdi, men har bir pizza uchun ko‘proq litrni topshirishim kerak. Chunki pizza hozir birgalikda ancha qimmat, kamroq pizza va ko‘proq pepsi sotib olishim kerak.
Qaysi gap ko‘proq o‘ziga tortadigan deb topdingiz?
Haqiqatda, ikki gapda ham tuyg‘u bor. Pepsining narxidagi tushish xaridorni yaxshiroq undaydi. Agar pizza va pepsi ikkalasi mo‘tadil tovarlar bo‘lsa, xaridor o‘zining xarid kuchini ikkalasiga yoyishni xohlaydi. Bu daromad ta’sirini xaridorni ikkalasini ko‘proq pizza va pepsini olishga undashga o‘rgatib qo‘yadi. Shunga qaramasdan bir xil vaqtda, pepsining iste’moli kamroq qimmat bo‘ladi pizzaning iste’molidan ko‘ra. Bu o‘zgartirish ta’siri kamroq pizza va kamroq pepsi olishga odatlantirib qo‘yadi.
Hozir bir xil vaqtda ishlaydigan ikki ta’sirlarning natijasini o‘ylab ko‘rish ko‘raylik. Xaridor albatta ko‘proq pepsi sotib oladi, chunki daromat o‘rniga o‘zgartirishi pepsi xaridlarining o‘sishi uchun ta’sir qiladi. Lekin xaridor ko‘proq pizza sotib oladimi bu mujmal chunki bu ikki holat ta’sirlari qarama qarshi yo‘nalishda ishlaydi. Bu xulosa birinchi chizmada umumlashtirilgan.
Biz bu ikki holat ta’sirlarini turli bo‘lmagan chiziqlarda ekanligini o‘rganishimiz mumkin. Daromad samarasi iste'molning yuqori befarqlik egri chizig`i harakati natijasidagi o‘zgarishi bo‘ladi. Almashtirish samarasi iste'molning chekli almashtirish darajasi bilan befarqlik egri chizig`ining bir nuqtada bo‘lishi natijasida o‘zgarishi bo‘ladi.
10-rasmda daromad va o‘zgarish ta’sirida xaridorning qaroridagi o‘zgarishni qanday qismlarga ajratilishini batafsil ko‘rsatiladi. Pepsining narxi tushsa, xaridor dastlabki eng mos variantdan A nuqta, yangi ma’qul variantga siljiydi, C nuqta.


Daromad samarasi va almashtirish samarasi
Narxlar darajasidagi o’zgarish daromad va almashtirish samarasini keltirib chiqaradi.
Daromad samarasi - bu turli narxlar darajasida befarqlik egri chizig'idagi A nuqtadan daromad samarasi natijasida I2 befarqlik egri chizig'idagi B nuqtaga o'zgarishidir.

Biz bu o‘zgarishni ikki qadamda ko‘rsatilish sifatida o‘rganamiz. Dastavval, xaridor dastlabki bir xil bo‘lmagan chiziq bo‘ylab boradi, I nuqta, A nuqtadan B nuqtaga. Xaridor ikki nuqtalarda ham teng ravishda mamnun bo‘ladi. Keyingi xaridor chiziq I2 da yuqoriroq bir xil bo‘lmagan joyga o‘zgartiradi, ya’ni B nuqtadan C nuqtaga siljish orqali. Hattoki B nuqta va C nuqta bir xil farqi bo‘lmagan chiziqdaligiga qaramasdan, ularda o‘zgarishning bir xil oz miqdordagi o‘rni bo‘ladi. B nuqtada I2 bir xil bo‘lmagan chiziqning qiyaligi C nuqtada I2 bir xil bo‘lmagan qiya chizig‘iga tenglashadi.
Xaridor B nuqtani hech qachon tanlamaganiga qaramasdan, bir bashoratli nuqta xaridorning qarorini belgilab beradigan ikki ta’sirlarni aniqlab berish uchun foydalidir. Eslatma shuki, A nuqtadan B nuqtaga o‘zgarish xaridorning ijtimoiy yordamida hech qanday o‘zgarishlarsiz o‘zgarishning oz miqdordagi o‘rnida sof o‘zgarishni namoyish qilib beradi. O‘xshashlik jihati, B nuqtadan C ga o‘zgarish o‘zgarishning oz miqdordagi o‘rnida o‘zgarishsiz ijtimoiy yordamning sof o‘zgarishini namoyish qilib beradi. Shunday ekan, A dan B gacha siljish o‘zgarish ta’sirini ko‘rsatadi va B dan C ga siljish esa daromad ta’sirini ko‘rsatadi.
Talab chizig‘ini hosil qilish.
Hozirgina qanday xaridorning budjetidagi sig`imilarning tovar o‘zgarishi narxidagi o‘zgarishini ko‘rib chiqdik, shuningdek, u sotib olish uchun tanlagan ikki tovarning miqdorini ham. Har qanday Tovar uchun talab chizig‘i iste’mol qarorlariga ta’sir ko‘rsatadi. Ta’kidlash lozimki, talab chizig‘i har qanday berilgan narx uchun tovarning miqdori talab etilganini ko‘rsatadi.

(a) panelda ko’rinib turganidek, pepsi narxining 2 $ dan 1 $ ga tushishi natijasida muvozanat nuqta A nuqtadan B nuqtaga o’zgaradi va pepsi iste’moli 250 birlikdan 750 birlika ortadi. Talab egri chizig‘I pepsi narxi bilan uning iste’mol hajmi o’rtasidagi bog‘liqlikni ko’rsatadi.

Masalan, 11-shaklda pepsi uchun talabni ko‘rib chiqamiz. Panel a pepsining litr narxi ikki dollardan bir dollarga tushganda, xaridorning byudjet sig`imi tashqariga o‘zgarishini ko‘rsatadi. Ikkala daromad va o‘zgarish ta’sirlari sababli, xaridorda pepsini 250 dan 750 litrga sotib olish o‘sadi. Panel b esa xaridorning qarorlaridan natijalarni talab chizig‘idaligini ko‘rsatadi. Bu yo‘l bilan, xardidor tanlovining nazariyasi xaridorning talab chizig‘i uchun nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Bu shunga afzallik yaratishi mumkinki, talab chizig‘i xaridor tanlov fikridan tabiiy ravishda o‘sadi, lekin bu jarayonning o‘zi fikrni rivojlantirish ko‘rsatib bergani yo‘q. Bu yerda hech qanday qat’iy, tahliliy qolip yo‘qki, narxlarda odamlar o‘zgarishi uchun javobni yaratib bersa. Xaridor tanlovining nazariyasi odamlar ularning hayotlari boradigan turli xil qarorlar o‘rganilganda foydalidir.

3.4. Uch qo‘llanma


Hozir xaridor tanlovining dastlabki nazariyasini rivojlantirdik, keling endi iqtisodning qanday ishlashni va unda foydalanishlarni o‘rganib chiqsak. Bu uch savollar birlashgandek tuyilgandek. Lekin chunki har bir savol ro‘zg‘or qaror berish o‘z ichiga oladigan bo‘lsa, hozirgina rivojlantirgan xaridor tutishining tuzilishi bilan biz yetkazib bera olamiz.
Barcha talab chizig`i pastga qarab yo‘nalganmi?
Tovarning narxi oshganda odamlar uni kamroq sotib olishadi. Bu odatiy odat, talab huquqi deyiladi, talab chizig‘ining past tarafga qiyalashishiga ta’sir etiladi.
Iqtisodiy nazariya sifatida talab chizig‘i bazida yuqoriga boradi. Boshqacha qilib aytganda, xaridor ba’zida talab qonunini buzadi va narxlar ko‘tarilsa ko‘proq tovar sotib oladi. Buni qanday sodir bo‘lishini ko‘ra olish uchun, 12-shaklni qarab ko‘rish kerak. Bu misolda, xaridor ikki tovar sotib oladi – go‘sht va kartoshka. Xaridorning budjet sig`imi a nuqtadan b nuqta chizig‘ida bo‘ladi. Rivojlangani C nuqta. Kartoshkaning narxi oshsa, budjet sig`imi ichkari tarafga o‘zgaradi va chiziq a dan d gacha bo‘ladi. O‘rtacha hozir E. Eslatma kartosha narxidagi o‘sish xaridorni katta miqdorda kartoshka sotib olishga olib boradi.
Nima uchun xaridor bunday yo‘l bilan javob beryapti? Bu misolda, kartoshka qat’iyan pastroq tovar. Kartoshka qiymati oshsa, iste’molchi kamayadi. Daromad ta’siri xaridorni kamroq go‘sht va ko‘proq kartoshka sotib olishga undaydi. Bir xil vaqtda kartoshkalar go‘shtga nisbatan qimmat bo‘ladi, o‘zgarish ta’siri xaridorlarni ko‘proq go‘sht va kamroq kartoshka sotib olishga undaydi. Bunday o‘ziga xos holatlarda, daromad ta’siri shunchalik kuchli bo‘ladiki, o‘zgarish ta’sirini oshirib yuboradi. Oxirida, xaridor kamroq go‘sht va ko‘proq kartoshka sotib olish orqali kartoshkaning narxiga javob qaytaradi.
Iqtisodchilar talab qonunini buzuvchi bu tovarni tasvirlash uchun Giffen tovari atamasidan foydalanishadi. (Bu holatni birinchi bo‘lib iqtisodchi Robert Giffen qayd etgani sababli shunday nomlanadi.) Bu misolda, kartoshka Giffen tovari. Giffen tovarlari arzon Tovar bo‘lgani uchun daromad ta'siri almashtirish ta'sirdan yuqori bo‘ladi. Shuning uchun, talab egri chizig`i yuqoriga qarab yo‘nalgan.

Giffen tovarlari
Bu holatda kartoshka narxining ortishi natijasida muvozanat nuqta C dan E ga ko’chadi. Bu holda, yuqori bahoga javoban
kamroq sotib kartoshka
go'sht va yana kartoshka sotib oladi.

Keys stadi. Giffen tovarlarini izlash.
Oldin har qanday haqiqiy Giffen tovarlari hech o‘rganilganmi? Ba'zi tarixchilar, kartoshka 19-asrda Irlandiyada kartoshka ocharchilik paytida Giffen tovari bo‘lgan deb taxmin qilishgan. Kartoshka xalq oziqlanishining katta bir qismi bo‘lganda, shunday edi kartoshka narxi oshdi, bu holda katta daromad ta'siri bo‘lgan. Odamlar o‘zlarining past turmush standartiga javoban qimmat bo‘lgan go‘shti iste’molini qisqartirib, asosiy tovar kartoshkani ko‘proq sotib olishdi. Shunday qilib, kartoshkaning yuqori narxi aslida kartoshkaga talab miqdorini ko‘tardi deb ta'kidlandi.
Robert Jensen va Nolan Miller tomonidan o‘tkazgan tadqiqotlarida Giffen tovarlari borligi uchun shunga o‘xshash, lekin ko‘proq aniq dalillar asosida ishlab chiqildi. Bu ikki iqtisodchilar Xitoyning Hunan viloyatida 5 oy davomida dala tajriba o‘tkazishdi. Ular tasodifiy tanlangan uy ho‘jaliklariga mahalliy asosiy oziq-ovqat bo‘lgan guruchni sotib olishga subsidiyaga vaucher berib, guruch iste'moli qanday o‘zgarishini o‘lchash uchun tadqiqotlarda narxni o‘zgartirildi. Ular kuchli dalil bo‘lgan kambag'al uy ho‘jaliklari Giffen holatini namoyish etdilar. Guruch narxining pasayishiga vaucher subsidiyalari guruchga talab hajmini kamaytirdi va subsidiyani olib tashlash qarama-qarshi ta'sir qilgan. Jensen va Miller "bizning bilimimizning eng yaxshisi, bu birinchi keskin empirik dalil Giffen holati bo‘ladi" deb yozgan edi.
Shunday qilib, iste'molchi tanlovi nazariyasi, talab egri chizig`ini yuqoriga yo‘naltiradi va ba'zan aslida g'alati hodisa sodir bo‘ladi. Natijada, biz birinchi 4-bo‘limda ko‘rgan talab qonuni butunlay ishonchli emas. Bu Giffen mahsulotlar juda kam deb aytish xavfsiz.
Ish haqi ishchi kuchi taklifiga qanday ta'sir qiladi?
Hozircha, iste'molchi tanlovi nazariyasini biz bir kishi daromadini ikki tovarlar o‘rtasida qanday ajratishini tahlil qilish uchun foydalandik. Biz shu nazariyani inson qanday qilib vaqtni taqsimlashini tahlil qilishda foydalanishimiz mumkin. Odamlar vaqtlarining ayrimini dam olishga va ba'zisini ishlashga sarf qiladi, chunki ular iste'mol mollarini sotib olishlari kerak. Vaqt-taqsimotining mohiyati dam olish va iste'mol o‘rtasidagi tanlov muammosidadir.
Salli erkin dasturiy ta'minot dizayneri duch kelgan qarorni ko‘rib chiqaylik. Sally haftasiga 100 soat uyg'oq. U bo‘sh vaqtini velosiped uchish, televizor tomosha qilish va iqtisodiyotni o‘rganishgasarflaydi. U qolgan vaqtini kompyuter dasturi ishlab chiqishgasarflaydi. U dasturiy ta'minot rivojlantirishninghar soatiga u 50$ oladi va uni iste'mol mollari — oziq-ovqat, kiyim-kechak vamusiqa yuklab olishga sarflaydi. Uning ish haqi (50$) Sally duch keladigan hordiq va iste’mol o‘rtasidagi tanlovda aks etadi. Dam olgan vaqtida u yutqazadi, ishlashning qo‘shimcha har soatida u iste'molning 50$ni oladi.
13-rasm Salli byudjet sig`imini ko‘rsatadi. Agar u barcha 100 soatni dam olishga sarflasa,u iste'molga ega emas. U barcha 100 soatiniishgasarflasa, u 5000$ haftalik iste'molga ega, lekin hordiq chiqarishi uchun vaqti yo‘q. U haftasiga normal 40-soat ishlasa, u 60 soat bo‘sh vaqt va 2000$ haftalik iste'mol ega bo‘ladi.
13-rasm Sallining iste'mol va hordiq afzalliklarini tasvirlovchi befarqlik egri chiziqlaridan foydalanadi.

Bo‘sh ish vaqti uchun qaror
Bu chizmada Sallyning budjeti tasvirlangan bo’lib, iste’mol bilan dam olish hajmi o’rtasidagi bog‘liqlik ko’rsatilgan

Bu yerda iste'mol va dam olish Sally tanlayotgan ikki “tovarlar” bo‘ladi. Sally har doim ko‘proq bo‘sh vaqt va ko‘proq iste'molni afzal ko‘rgani uchun u quyidagi befarqlik egri chizig`idagi nuqtalardan ko‘ra yuqoridagi egri chiziqlardagi nuqtalarni afzal ko‘radi.
Soatiga 50$ ish haqida, iste'mol va hordiq kombinatsiyalaridan Sally belgilangan nuqta orqali ifodalangan "optimal"ni tanlaydi. Bu byudjet sig`imi chizig`ida yotgan eng yuqori I2befarqlik egri chizig`i nuqtasi hisoblanadi.
Endi Sallining ish haqi soatiga $ 50 dan $ 60 ga ortsa nima bo‘lishini muhokama qilamiz. 14-rasm ikki mumkin bo‘lgan natijalarini ko‘rsatadi. Har bir holda, byudjet sig`imi chap grafikda ko‘rsatilgan, BC1 dan BC2ga tashqariga siljiydi. Jarayonida, byudjet sig`imi tik bo‘lib narxlarning nisbiy o‘zgarishi akslantiradi: Yuqori ish haqida Salliboy berilgan bo‘sh vaqtning har soati uchun ko‘proq iste'mol oladi.
Sallining afzalliklari, uning befarqlik egri chizig`ida ko‘rsatigan, yuqori ish haqi qanday qilib iste'mol va bo‘sh vaqt bog'liq uning tanloviga javob berishini aniqlaydi. Har ikki qismda, iste'mol o‘sadi. Hali ham bo‘sh vaqtning ish haqi o‘zgarishiga javobi ikki hollarda farq qiladi. (a)qismda Salli yuqori ish haqiga javoban kamroq hordiq oladi. (b)qismda Salli ko‘proq hordiq bilan javob beradi.
Hordiq va iste’mol o‘rtasidagi Sallining qarori uning mehnat taklifini belgilaydi, chunki ko‘proq dam olsa, u kamroq vaqt ishlaydi. 14-rasmning har bir qismida, o‘ng rasm Sallining qarorida nazarda tutilgan mehnat taklifi egri chizig`i ko‘rsatilgan. (a)qismida, Sallining yuqori ish haqi kam dam olish va ko‘p ishlashni ko‘rsatadi, bunda mehnat taklifi egri chizig`i yuqoriga yo‘nalgan. (b)qismda, Sallining yuqori ish haqi ko‘proq dam olish va kam ishlashni ko‘rsatadi, shunday ekan, mehnat taklifi egri chizig`i "Orqaga" yo‘nalgan.
Avvaliga, orqaga yo‘nalgan mehnat taklifi egri chizig`i boshqotirmali bo‘ladi. Nima uchun shaxs kam ishlab yuqori ish haqi olishi kerak? Javob yuqori ish haqiga daromad va almashtirish ta'siridan kelib chiqadi.
Birinchi bo‘lib almashtirish ta'sirini ko‘rib chiqaylik. Sallining ish haqi ko‘tarilsa, hordiq iste'mol nisbatan ko‘proq qimmatroqbo‘ladi va bu Sallini hordiq o‘rniga iste'molga yetaklaydi. Boshqacha aytganda, almashtirish ta'siri Sallini yuqori ish haqiga javoban qattiqroq ishlashga undaydi va bu mehnat taklifi egri chizig`ini yuqoriga yo‘naltiradi.
Endi daromadga ta'sirini ko‘rib chiqaylik. Sallining ish haqi ko‘tarilsa, u yuqoriroq befarqlik egri chizig`iga ko‘tariladi. U oldingiga qaraganda endi yaxshiroqdir. Modomiki iste'mol va dam olish ham normal tovar ekan, u yuqori iste'molni va ko‘proq dam olishdan bahramand bo‘lishni istaydi. Boshqacha qilib aytganda, daromad ta'sir kam ishlashga va bu mehnat taklifi egri chizig`ini orqaga yo‘nalishiga olib keladi.

2. … dam olish vaqti ortadi

… ish vaqti qisqaradi

1.Ish haqi oshsa

2. … dam olish vaqti qisqaradi

… ish vaqti ortadi

1.Ish haqi oshsa

(a) tanlovga ega bo’lgan insonlar uchun…

(b) …ishchi kuchi taklifi egri chizig‘i tik va yuqoriga yo’naladi

Ish haqining ortishi

Ishchi kuchi taklifi

(b) …ishchi kuchi taklifi egri chizig‘i pastga yo’naladi

Ishchi kuchi taklifi

(b) tanlovga ega bo’lgan insonlar uchun…

RASM

Ushbu chizmadagi grafiklar iste’molchining ish haqi o’zgarganda qanday o’zgarish bo’lishini ko’rsatib beradi. Chap tarafdagi grafik iste’molchining BC1 nuqtadagi dastlabki budjet chegarasini ko’rsatadi BC2 nuqta esa iste’molchining iste’mol va dam olishdan tashqari optimal tanlovini ko’rsatib beradi. O’ng tarafdagi egri chiziq ishchi kuchi taklifini ko’rsatadi.

Oxir-oqibat, iqtisodiy nazariya ish haqining o‘sish Sallini ko‘proq yoki kamroq ishlashga undashi haqida aniq taxmin bermaydi. Agar almashtirish ta'siri Salliga daromad ta'siridan katta bo‘lsa, u ko‘proq ishlaydi. Agar daromad ta'siri almashtirish ta'siridan katta bo‘lsa, u kam ishlaydi. Mehnat taklifi egri chizig`i shuning uchun, yuqoriga yoki orqaga yo‘nalgan bo‘lishi ham mumkin.


Keys stadi. Mehnat taklifiga daromad ta’siri: tarixiy yo‘nalishlar, lotereya g'oliblari va karnegi taxmini
Orqaga yo‘nalgan mehnat taklifi egri chizig`i g'oyasi dastlab oddiy nazariy qiziquvchanlik kabi tuyulishi mumkin, lekin aslida, unday emas. Dalillar mehnat taklifi egri chizig`i uzoq vaqt davomida orqaga yo‘nalishini ko‘rsatadi. Yuz yil avval ko‘p odamlar bir haftada olti kun ishlashgan. Bugungi kunda, haftada besh kunlik ish norma. Shu bilan birga ish haftasi uzunligi kamayib, tipik ishchi ish haqi (Inflyatsiya o‘zgarishi bilan) ortib bormoqda.
Bu yerda iqtisodchilar bu tarixiy voqeani qanday tushuntirishadi: Vaqt o‘tishi bilan texnologiya ishchilar samaradorligini va shuningdek, mehnatga talabni oshirdi. Mehnatga talab ortishi muvozanat ish haqini ko‘tardi. Ish haqi ko‘tarilishi, mehnat uchun mukofot bo‘ladi. Biroq, juda ko‘p mehnatni rag'batlantirishga javoban, ishchilar ko‘proq hordiqni tanlashadi. Boshqa so‘zlar bilan aytganda, yuqori ish haqining daromad ta'siri almashtirish ta'siridan baland bo‘ladi.
Mehnat taklifiga daromad ta'siri kuchli ekanligining yana boshqa dalillari juda ko‘p, masalan: lotereyalar g'oliblari. Lotereyada yirik mukofotlar sovrindorlarining, daromadlari o‘zgarishi natijasida ularning byudjet sig`imini tashqariga siljitadi. G'oliblarining ish haqi o‘zgarmagani sababli ularning byudjet sig`imi o‘zgarmay qoladi. Shuning uchun almashtirish ta'siri yo‘q. Lotereya g'oliblarining xatti-harakati o‘rganilib, biz mehnat taklifiga daromad ta'sirini izolyatsiyalashimiz mumkin.
Lotereya g'oliblarini o‘rganish natijalari ajoyib bo‘ladi. O‘sha g'oliblardan kim 50000 $ dan ortiq yutsa, deyarli 25 foizi bir yil ichida ishlashni kamaytiradi va boshqa 9 foizi mehnat soati sonini kamaytiradi. Yana $ 1 milliondan ortiq yutuq g'oliblarining deyarli 40 foizi ishlashni to‘xtatadi. Bunday katta yutuq mehnat taklifiga daromad ta'siri sezilarli bo‘ladi.
Huddi shunday natijalar 1993-yilda “Quarterly Journal of Economics “ jurnalida chop etilgan vasiyat olish qanday qilib shaxsning mehnat taklifiga ta'sir qilishini o‘rganishda topilgan. Tadqiqot bir kishi 150,000$ danortiq meros olsa, 25,000$dan kam meros olgan shaxsdan ko‘ra to‘rt marta ko‘p ishlashni to‘xtatadi degan ehtimoli topildi. Ushbu topilma 19-asr sanoatchisi Endryu Karnegini hayron qoldirmadi. Karnegi "Odatda o‘g'liga ulkan boylik qoldirgan ota-ona o‘g'lining iqtidori va kuchini o‘ldiradi, va uni foydasiz va kam munosib hayot kechirishga olib keladi." deb ogohlantirgan.
Bu Karnegi mehnat taklifiga daromad ta'sirini sezilarliligini va uning otalik nuqtai nazardan qayg'ulidir. Karnegi hayoti davomida va vafotidan keyino‘zinig ulkan boyligidan ko‘p sadaqa berdi.
Foiz stavkalari uy ho‘jaliklari jamg`armasiga qanday ta'sir ko‘rsatadi?
Har bir kishi bugun qancha iste’mol qilishi va kelajak uchun qancha jamg`arishi kerakligi to‘g`risidagi muhim qarorga duch keladi. Biz odamlar bu qarorni qanday qabul qilishlari va jamg`arma miqdori oladigan foiz stavkasiga bog'liqligini iste'molchi tanlovi nazariyasidan foydalanib tahlil qilishimiz mumkin.
Nafaqani rejalashtirayotgan Sam duch kelgan qarorni ko‘rib chiqaylik. Murakkablashtirmasdan Sam hayotini ikki davrga ajratamiz. Birinchi davrida, Sam yosh va ishlayapti. Ikkinchi davrda, u eski va nafaqaga chiqqan bo‘ladi. Yosh Sam 100,000$ daromad oladi. U bu daromadinijoriy iste'mol va jamg`armaga ajratadi.U qariganda jamg`armasini iste'mol qiladi foiz, shu jumladan, omonatdan olgan foizlarni ham.
Foiz stavkasi 10 foizni tashkil etadi deylik. So‘ngra Sam jamg`armasining har bir dollari uchun qariganda u 1.10$ iste'mol qilishi mumkin. Biz “yoshlikdagi iste'mol” va “qarilikdagi iste’mol” ni tanlashi kerak bo‘lgan ikki Tovar sifatida ko‘rishimiz mumkin. Foiz stavkasi bu ikki tovarning narxini belgilaydi.
15-rasm Samning byudjet sig`imini ko‘rsatadi. U hech narsa jamg`armasa,u yoshligida100,000$ iste'mol qiladi va qariganda hech narsa iste'mol qilmaydi. U hammasini jamg`arsa, yoshligida hech narsa va qariganda 110.000$ iste'mol qiladi. Byudjet sig`imi bu barcha oraliq imkoniyatlarini ko‘rsatadi.
15-rasm ikki davrda befarqlik egri chizig`idan foydalanib iste'molga Samning afzalliklarini ko‘rsatadi. Sam har ikki davrda ko‘proq iste'molni afzal ko‘rgani uchun u yuqori befarqlik chiziqlaridagi nuqtalarni afzal ko‘radi. Berilgan afzalliklaridan Sam iste'molning optimal kombinatsiyasini tanlab byudjet sig`imi eng yuqori befarqlik egri chizig`idagi nuqtani tanlaydi. Bu optimumda, Sam yoshligida 50,000 $ va keksaligida 55000 $ iste’mol qiladi.

Iste’mol-jamg‘arish qarori

Bu chizma iste’molchining turli yosh davrlarida iste’molga qancha sarflashini, befarqlik egri chizig‘ini va optimal nuqtasini ko’rsatib beradi,



Endi foiz stavkasi 10 foizdan 20 foizga oshganda nima sodir bo‘lishini ko‘rib chiqamiz. 16-rasm ikki mumkin natijalarni ko‘rsatadi. Har ikki holatda ham byudjet sig`imi tashqariga siljiydi va tik bo‘ladi. Yangi yuqori foiz stavkasida Sam yoshligida voz kechgan iste'mol har bir dollar uchun qariganida ko‘proq iste'mol oladi.
Ikkala qism Samning turli afzalliklari bergan natijalarini ko‘rsatadi. Har ikki holatda ham, qariganda iste'mol oshadi. Hali foiz stavkasi o‘zgarishiga yoshlikdagi iste'molning javobi ikki holda farq qiladi. (a)qismda Sam yoshligida yuqori foiz stavkasiga javobankam iste'mol qiladi. (b)qismda Sam yoshligida ko‘p iste’mol bilan javob beradi.
Samning jamg`armasi yoshlikdagi daromadi minus yoshlikdagi iste'mol miqdori orqali hisoblanadi. (a)qismda foiz stavkasi oshsa yoshlikdagi iste'mol tushadi shuning uchun jamg`arma ko‘tarilishi kerak. (b)qismda Sam yoshligida ko‘piste’mol qiladi, shuning uchun jamg`arma tushadi.
(b)qismda ko‘rsatilgan holda dastlab g'alati tuyulishi mumkin: Sam jamg`armadan keladigan daromadning oshishi hisobigakam jamg`aradi. Biroq, bu tuyulishi mumkin bo‘lganidek o‘zgacha holat emas. Biz buni yuqori foiz stavkasiga daromad va almashtirish ta’sirlari deb olgan holda tushunishimiz mumkin.
Birinchi bo‘lib almashtirish ta'sirini ko‘rib chiqaylik. Foiz stavkasi oshsa, yosh bo‘lgandagi iste'molga nisbatan qarigandagi iste'mol arzonroq bo‘ladi. Shuning uchun, almashtirish ta'siri Samni yoshlik-da kamroq iste'mol qilib, qariganda ko‘proq iste’mol qilishga undaydi. Boshqa so‘zlar bilan aytganda, almashtirish ta'siri Samni ko‘proq jamg`arishga undaydi.

2… natijada yoshlikdagi iste’molni kamaytirib, ko’proq jamg‘aradi

1. Yuqori foiz stavkasi budjet chizig‘ini yuqoriga aylantiradi

1. Yuqori foiz stavkasi budjet chizig‘ini yuqoriga aylantiradi

Yoshlikdagi iste’mol

Yoshlikdagi iste’mol


Keksalikdagi iste’mol


Keksalikdagi iste’mol




Ikkala chizmada ham qiziqishning ortishi budjet chizig‘ini oldinga siljitadi. (a) panelda iste’molchi iste’mol yoshlikda kamayib, qariganda ortadi. Natijada yoshlikdagiga qaraganda jamg‘arish ortadi. (b) panelda iste’mol ikkala davrda ham o’sadi. Natijada yoshlik payti jamg‘arma kamayadi.


2… natijada yoshlikdagi iste’molni oshirib, kamroq jamg‘aradi

RASM

Endi daromad ta'sirini ko‘ramiz. Foiz stavkasi ko‘tariladigan bo‘lsa, Sam yuqoriroq befarqlik egri chizig`ini tanlaydi. U oldingiga qaraganda endi yaxshiroqdir. Modomiki, har ikki davrda ham iste'mol normal tovarlardan iborat bo‘lar ekan, uning farovonlikning bu ortishidan foydalanish istagi ikki davrda yuqoriroq iste'moldan bahramand etadi. Boshqacha aytganda, daromad ta'siri kamroq jamg`arishga undaydi.


Natija daromad va almashtirish ta'siriga bog'liq. Agar yuqori foiz stavkasining almashtirish ta'siri daromad ta'siridan kattaroq bo‘lsa, Sam ko‘proq jamg`aradi. Agar daromad ta'siri almashtirish ta'siridan kattaroq bo‘lsa, Sam kam jamg`aradi. Shunday qilib, iste'molchi tanlovi nazariyasi foiz stavkasining o‘sishi jamg`armani rag'batlantiradi yoki qaytaradi deydi.
Bu noaniq natija iqtisodiy nazariya nuqtai nazaridan qiziqarli bo‘lsa-da, u iqtisodiy siyosat nuqtai nazaridan hafa bo‘ladigan hol. Bu soliq siyosatidagi muhim masala jamg`armafoiz stavkasiga javoban qanday bo‘lishidir. Ba'zi iqtisodchilar dividend va boshqa kapital daromadga soliqlarni kamaytirishni qo‘llab quvvatladilar, bunday siyosat o‘zgarishi soliqdan keyingi foiz stavkasini oshirishi va jamg`aruvchilarni jamg`armaga rag'batlantiradi, degan fikrni ilgari surdi. Boshqa iqtisodchilar daromad va almashtirish ta’sirini siljitgani uchun, bunday soliq o‘zgarish jamg`armani oshirmaydi va hatto uni kamaytiradi deb da'vo qildilar. Afsuski, ilmiy-tadqiqot foiz stavkalarining jamg`armaga qanday ta'siri haqida bir to‘xtamga kelinmadi. Natijada, iqtisodchilar o‘rtasida soliq siyosatidagi o‘zgarishlar, aslida, jamg`armani rag'batlantirish maqsadida mo‘ljallangan edimi yoki yo‘qmi degan kelishmovchiliklarga sabab bo’lmoqda.
Yüklə 91,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin