Ritualizatsiya - tug‘ma asosga ega bolib, hayot davomida murakkablashib
boyib boradi. Erikson nazariyasining asosiy mohiyati shundan iboratki, har bir
inson o‘z hayoti davomida sakkizta bosqichdan oladi, har bir bosqichda unga
ijtimoiy talablar qo‘yiladi. Ijtimoiy rivojlanishda individ oldida turgan muammolar
unga inqirozli vaziyatlarni tug‘diradi. Inqiroz - rivojlanishning o‘tish, burilish davri
bo‘lib, inson unga nizoni qanday hal qilishni bilmaydigan, kuchli, moslashuvchan
shaxs sifatida kirishi mumkin. Odamlar rivojlanish bosqichidagi qarama-
qarshiliklarni turlicha muvaffaqiyat va har xil tezlikda bartaraf etadi — Erikson
konsepsiyasining epigenetik tamoyili shundan iborat. Eriksonning ta’kidlashicha,
avlodlarning ehtiyojlari va imkoniyatlari simmetrikdir, uning konsepsiyasida
ularning o‘zaro bog‘liqligi aks ettirilgan.