Domenli adres bir-biridan nuqta bilan ajratiladigan bir nechta harf-raqamli domenlardan (Damain - soxa) tashkil topgan. Bu adres ierarxik tasnif asosida qurilgan: eng chap chetdagidan tashqari har bir domen kompyuterlarning biror-bir belgilar bo’yicha ajratilgan butun bir guruhini aniqlaydi, bunda chapda joylashgan guruhlarning domeni o’ng domenning qism guruxi hisoblanadi. Hozirda tarmoqda hammasi bo’lib 120000 dan ortiqroq har xil domenlar mavjuddir.
Masalan, ba’zi mamlakatlarning geografik ikkita harfli domenlari:
• Avstriya — at,
•Bolgariya—br,
;• Kanada — sa,
• Rossiya — ga,
• AQSh-Sh,
• Franciya — fr.
Biror mavzuga bagishlangan belgilar bo’yicha ajratilgan domenlar ham bordir. Bunday domenlar uchta harfli qisqartma nomga ega:
• davlat muassasalari — gor;
• tijorat tashkilotlari — com;
• o’quv yurtlari — edu;
• harbiy muassasalar — mil; • tarmoq tashkilotlari — net;
• boshqa tashkilotlar — org.
Domenli adres ixtiyoriy uzunlikka ega bo’lishi mumkin. Raqamli adresdan farqli ularoq u teskari tartibda o’qiladi.Oldin quyi darajadagi domen ko’rsatiladi — xost-kompyuter nomi, keyin xost-kompyuter joylashgan qism tarmoq va tarmoq nomlari domeni va, nixoyat, yuqori darajadagi domen — ko’pincha geografik hudud (mamlakatlar) identifikatori.
Shunday qilib, xost-kompyuterning domen adresi domenlarning bir nechta darajalarini o’z ichiga oladi. Har bir daraja boshqasidan nuqta bilan ajratiladi. Yukori darajadagi domenning chap tarafida boshqa nomlar joylashtiriladi. Chapda joylashgan hammasi umumiy domen uchun qism domendir.
Misol. Domen adresi comp.engec.spb.ru — Rossiya mamlakatining domeni; spb — Sankt-Peterburg shaxrining qism domeni: engec—Davlat muxandislik-iqtisodiyot akadeniyasining qism domeni; satr— kompyuterlar bilan bog’liq qism domen.
Internet dan foydalanuvchilar uchun pochta adreslari sifatida tarmoqka ulangan kompyuterda qayd qilingan bo’limlarning, tashkilotlarning nomlanishlari yoki oddiygina ularning nomlari qabul qilinishi mumkin. Nomdan keyin @ belgisi keladi. Buning hammasi chap tarafdan xost-kompyuterning adresiga biriktiriladi.
Misol. Internet da comp.engec.spb.ru nomiga ega bo’lgan kompyuterda priem nomi ostida qayd qilingan foydalanuvchi quyidagi adresga ega bo’ladi: priem@comp.engec.spb.ra (Sankt-Peterburg muxandislik-iqtisodiyot akademiyasining qabul komissiyasi).
Domen adresini mos raqamli IP-adresga o’zgartirishni maxsus serverlar — nom serverlari bajaradi. Shuning uchun foydalanuvchining raqamli adreslarni bilishining keragi yo’q.
Internet da ishlash uchun siz aloqa o’rnatmoqchi bo’lgan kompyuter yoki foydalanuvchining faqat domen adresini bilishingiz kerak.
Ishlatilayotgan texnologiyaga bog’liq ravishda domen adresining oldida uning foydalaniladigan bayonnomasi yoki xizmati ko’rsatilishi mumkin. Masalan, Web-server bilan ishlaganda odatda gipermatnni uzatish bayonnomasi ko’rsatiladi va yuqorida keltirilgan adres quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi: http://engec.spb.ra. Bu URL-adres deb ataladigan adresdir (URL — Uniform Resourse Locftor yoki resurslarning universal ko’rsatkichi).