5.Web saxifalarda grafika va multimediya. Xozirgi kunda o’rin olayotgan web-saxifalarga ob`ektlarni qo’shish kundan- kunga o’zgarib rivojlanayotganligi sababli brauzerlar xar doim xam uning ichidagi multimedia ma`lumotni o’qiy olmaydilar. Ilk brauzerlar faqat matn ko’rsatishlari mumkin edi (gipermurojaatlar bilan). Zamonaviy ko’rish vositalari ko’plab ob`ektlar bilan ishlashlari mumkin, lekin baribir xammasi bilan emas.
Web-saxifalardagi ob`ektlarni to’liqligicha o’qiy olmaslik muammosi yoki qo’shimcha dasturlarni o’rnatish yoki brauzer imkoniyatlarini kengaytirish yo’li bilan xal qilinadi.
6.Internetdan fayllarni ishga tushirish. Dunyo tarmog’i serverlarida ko’plab qiziqish uygotadigan fayllar mavjud. Bu dastur, arxiv, xujjatlar. Faylni yuklash uchun mos gipermurojaatdan o’tish kerak. Fayllarni yuklash va saqlash web-saxifalarni o’qishdan farqli chunki bu xolda boshqa ma`lumot almashish protokollari ishlaydi. Fayl yuklashdan oldin kerak bo’lgan qo’shimcha ma`lumotni berish kerak. Fayllarni qabul qilish uchun Internet explorer Fayllarni yuklash ustasini chaqiradi.
Birinchi bo’lib faylni shunchaki ochish yoki qattiq diska saqlash kerakligini tanlaymiz. Internetni xavfsiz sanay olmaymiz, va shuning uchun fayllarni to’g’ridan- to’g’ri yuklash tavsiya etilmaydi. Ularni lokal diska saqlab, kerakli choralarni ko’rib keyin ochishingiz mumkin bo’ladi.
Faylni saqlashdan oldin Fayllarni yuklash ustasini papkani ko’rsatishni so’raydi(internetdan olingan xujjat va fayllar uchun aloxida papka ochish tavsiya etiladi).
Fayl yuklanish jarayoni maxsus dialog oynada aks ettiriladi va foydalanuvchi uni kuzatib kerakli paytda to’xtatishi xam mumkin.
Internet Explorer birdaniga bir necha fayllarni yuklashga imkon beradi, ammo yuklanish tezligi bu xolda ancha pasayadi.
Fayllarni saqlash uchun maxsus dasturlarni ishlatish tavsiya etiladi, masalan, Gethright yoki FlashGet.
Test savollari
1. Web-brauzerning asosiy vazifalari qaysilar? A.*Web-saxifani xotiraga yuklash va ko’rish,saqlash,chiqarish;
B. Web-saxifani xotiraga yuklash va ko’rish,chiqarish;
C. Web-saxifani saqlash,chiqarish
D. Kiritish-chiqarish