Fermer xo ’jaligi: -
o’ziga qarashli xo’jalik imoratlari, qishloq xo’jalik ekinzorlari va ko’chatzorlari, dov-
daraxtlar, mahsuldor chorva mollari, parrandalar, qishloq xo’jaligi texnikasi, inventar, asbob-
uskunalar, transport vositalari, pul mablag’lari, intellektual mulk obyektlari, shuningdek fermer
xo’jaligi balansida bo’lgan boshqa mol-mulkning;
- ishlab chiqarish faoliyati natijasida yetishtirilgan mahsulotning;
- olingan daromad (foyda)ning;
- qonunda taqiqlanmagan asoslarda olingan boshqa mol-mulkning egasi hisoblanadi.
Fermer-fermer xo’jaligining muassisi va rahbari hisoblanadi. U o’n sakkiz yoshga to’lgan,
muomalaga layoqatli, qishloq xo’jaligida tegishli malaka oshirgan va ish tajribasiga ega bo’lishi
kerak.
Fermer xo’jaligining rahbari: - fermer xo’jaligi nizomini qabul qiladi va unga belgilangan tartibda o’zgartirishlar kiritadi;
- fermer xo’jaligi faoliyatining biznes-rejasini tasdiqlaydi;
- fermer xo’jaligi faoliyatini tashkil qiladi;
- yuridik va jismoniy shaxslar bilan o’zaro munosabatlarda fermer xo’jaligi nomidan ish
ko’radi;
- ishonchnomalar beradi, shartnomalar tuzadi va ularning bajarilishini ta’minlaydi,
shuningdek fermer xo’jaligi xodimlari bilan mehnat shartnomalarini imzolaydi;
- fermer xo’jaligi xodimlari o’rtasida vazifalarni taqsimlaydi;
- ichki mehnat tartibi qoidalarini belgilaydi;
- daromadni o’z xohishiga ko’ra tasarruf etadi;
- xodimlarning xavfsiz hamda unumli mehnat qilishlari uchun sharoit yaratib beradi;
-
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mehnat daftarchalari yuritilishini tashkil etadi, ish
haqini to’lanishini ta’minlaydi, mehnatga haq to’lash miqdorini va moddiy rag’batlantirish
usullari va intizomiy jazo choralarini belgilaydi;
- fermer xo’jaligi nomidan hujjatlarni imzolaydi;
- fermer xo’jaligini qayta tashkil etish va tugatish masalalarini hal etadi.