Yer uchastkalarining o’lchami va chegaralari yer ijarasi shartnomasiga o’zgartirishlar
kiritilgandan keyingina o’zgartirilishi mumkin.
Fermer xo’jaligiga berilgan yer uchastkalari xususiylashtirilishi, oldi-sotdi, hadya,
ayirboshlash, garov obyekti bo’lishi, shuningdek ikkilamchi ijaraga berilishi mumkin emas.
Fermer xo’jaligiga ijaraga berilgan qishloq xo’jaligi yerlari maqsadsiz foydalanilganda, shu
jumladan shartnomada nazarda tutilgan qishloq xo’jaligi ekinlari o’rniga boshqa ekinlar ekilishi
ijara shartnomasini qo’pol ravishda buzish hisoblanadi.
Fermer xo’jaligiga berilgan yer uchastkasidan foydalanganlik uchun to’lanadigan haq yagona
yer solig’i tariqasida undiriladi.
Chorvachilik mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo’jaligi xo’jalikning biznes-
rejasida nazarda tutilgan kamida 30 shartli bosh chorva mollarini boqish
shartlari bilan tashkil
etiladi. Bunda shartli ravishda har bir bosh mol hisobiga quyidagi koeffisiyentlardan
foydalaniladi: qoramollar va otlar uchun 1.0, yosh qora-mollar uchun - 0.6, qO’y va echkilar
uchun-0.1, chO’chqalar uchun -0.3, hamda parrandalar uchun-0.025.
Fermer xo’jaligiga beriladigan yer uchastkalarining eng kam o’lchami
har bir shartli bosh
chorva moliga hisoblanganda:
-
Andijon, Namangan, Samarqand,
Toshkent, Farg’ona va Xorazm viloyatlaridagi
sug’oriladigan yerlarda-kamida 0.30
gektarni;
-
Qoraqalpog’iston Respublikasi, Buxoro, Qashqadaryo, Jizzax, Navoiy, Surxondaryo va
Sirdaryo viloyatlaridagi sug’oriladigan yerlarda kamida -0.45 gektarni;
-
sug’orilmaydigan (lalmikor) yerlarda -kamida 2 gektarni tashkil etadi.
Dehqonchilik mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashayotgan fermer xo’jaliklariga ijaraga
beriladigan yer uchastkalarining eng kam o’lchami:
- paxtachilik va g’allachilik uchun kamida-10 gektarni
-
bog’dorchilik va uzumchilik, sabzavotchilik va boshqa ekinlar
yetishtirish uchun -
kamida 1 gektarni tashkil qiladi.
Yer uchastkasi fermer xo’jaligiga imkoni boricha yagona mavze bo’yicha, konturlar
yaxlitligi saqlab qolingan holda beriladi, uchastka chegaralari sug’orish tarmoqlari, kollektorlar,
yo’llar va boshqa topojadval elementlar bo’yicha belgilanadi. Fermer xo’jaligiga berilayotgan
yer uchastkasi boshqa yerdan foydalanuvchilarning yerlardan foydalanishi
uchun noqulayliklar
vujudga keltirmasligi kerak.
Fermer xo’jaliklarining suvdan foydalanish limitlari vakolatli organlar tomonidan belgilanadi
va suv sarfini hisobga olish hamda undan foydalanish, suv yetkazib berish,
xizmatlarga haq
tO’lash, shuningdek imtiyozlar berish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: