yexr(v) ifodalarni hisoblab bo’lmaydi, ya’ni tizim bunday ifodalarni xato deb beradi.
MATLABda esa agar berilgan o’zgaruvchi vektor bo’lsa, natija ham mazkur o’lchamdagi
vektor bo’ladi, agar matrisa bo’lsa, natija ham matrisa bo’ladi.
Komandali rejimda bir qatordagi belgilarning maksimal soni - 4096, m - fayllarda esa
chegaralanmagan.
Barcha matematik tizimlarning markaziy tushunchasi bu matematik ifodalardir.
Ma’lumki, ular ustida amallar bajarilayotganda, asosan ularning sonli qiymatlaridan
foydalaniladi (kam holatlarda belgi ko’rinishlaridan ham foydalaniladi).
MATLAB ham matematik tizim bo’lgani uchun bu yerda ham asosiy tushuncha
matematik ifodalardir. MATLABda matematik ifodalarni ifodalashni qarab chiqaylik.
MATLABda ifodalar bir qator ko’rinishida ifodalanib, sonlarni butun qismlarini ajratish uchun
verguldan emas balki nuqtalardan foydalaniladi. Quyida ba’zi bir ifodalarni MATLAB va
oddiy matematikadagi ifodalanishini ko’rib chiqamiz:
Dostları ilə paylaş: |