3-mavzu. Metallarning kristallanish jarayonlari. Kristallanish jarayonining mexanizmi va kinetikasi. Asosiy tushunchalar. Po‘lat quymalarning ichki tuzilishi. Metallarda polimorf


 Metallarning elastik va plastik deformatsiyasi



Yüklə 24 Kb.
səhifə3/4
tarix14.12.2023
ölçüsü24 Kb.
#177133
1   2   3   4
3-mavzu. Metallarning kristallanish jarayonlari. Kristallanish j-fayllar.org

3.3. Metallarning elastik va plastik deformatsiyasi 

Metallarni bosim bilan ishlash deb, tashqi kuch ta‟siri ostida (masalan, bolg„a bilan urib,
press bosimi ostida) xomaki shaklini o„zgartirishga aytiladi. 
Zarb yoki bosim ta‟sirida oldi deformatsiya paydo bo„lishi bilan metall o„z shaklini kerakli
yo„nalishda emirilmasdan o„zgartiradi. Bunda bir yo„la metallning strukturasida, uning mexanik 
va fizik xossalarida o„zgarish ro„y beradi. YUqorida qayd qilganimizdek, bosim bilan ishlashda
xomakining shakli dastlabki holatiga aytmaydigan qilib o„zgartiriladi, bu esa xomaki metalida 
plastik holat mavjudligidan darak beradi. Demak, biror tashqi kuch ta‟sirida metall (qotishma)



emirilmay, o„z shaklini dastlabki holatiga qaytmaydigan tarzda o„zgartira olish xususiyati uning



plastikligi deb, metallar shaklining plastik tarzda o„zgarishi plastik deformatsiya deb ataladi.
SHunday qilib, bosim bilan ishlashi metallarning plastik deformatsiyalanishiga asoslangandir. 
Buning uchun deformatsiyaning o„zi qanday vujudga kelishini aniq tushunish kerak.
Ma‟lumki, detalga biror tashqi kuch ta‟sir ettirilganda uning geometrik shakli o„zgarishi 


deformatsiya deyiladi. har qanday normal haroratda metall asosan elastik va plastik
deformatsiyalardan iborat bo„ladi. Metallga ta‟sir ettirilgan tashqi kuch olingandan keyin metall 
dastlabki shakliga qaytsa, bunday deformatsiya elastik deformatsiya deb ataladi. Masalan, po„lat
prujinaga (yoki rezina bo„lagiga) ta‟sir ettirilgan kuch olingandan keyin yana u avvalgi holatiga 
qaytadi.

Plastik deformatsiyada esa metall kristall panjaralarining shaklio„zgaribgina olmasdan,
balki kristallning bir qismi boshqa qismiga nisbatan siljiydi ham, ta‟sir ettirilgan kuch olinganda 
kristallning siljigan qismi avvalgi joyiga qaytmaydi, ya‟ni deformatsiya saqlanib oladi. Bundan
tashqari, plastik deformatsiyada metall tarkibidagi donachalar maydalanadi va muayyan tartibda 
joylashib qoladi, natijada metall tola–tola tuzilishga ega bo„ladi.
Donalarning muayyan tartibda joylashib qolish hodisasi teksturalanish deyiladi. 
Teksturalanish darajasi deformatsiyalanish darajasiga to„g„ri mutanosibdir.
Metall odatdagi sharoitda plastik deformatsiyalanganda uning puxtaligi va qattiqligi 
ortib, plastikligi pasayadi. Bu hodisa naklyop (parchinlanish) yoki nagartovka deyiladi. Plastik
deformatsiyalanish natijasida metallda hosil bo„lgan naklyopni yo„qotish zarur bo„lsa, metall 
ma‟lum haroratgacha qizdiriladi. Masalan, naklyoplangan po„lat buyum 200–300 °C gacha
qizdirilsa, uning qattiqligi va puxtaligi 20–30 % pasayadi, plastikligi esa ortadi. Bu hodisa qaytish 
yoki hordiq deyiladi. Demak, aytishida metallning kristall panjaralari tiklanadi, ichki tuzilishi
esa uncha o„zgarmaydi va shuning uchun metallning mexanik xossalari faqat ma‟lum 
darajadagina tiklanadi. Metallning dastlabki xossalarini batamom tiklash kerak bo„lib qolsa,
albatta uni yuqoriroq darajagacha qizdirish zarur. 
Naklyoplangan metall yuqoriroq darajagacha qizdirilganda, shu metall xossalarining
tiklanishi rekristallanish deb ataladi. Rekristallanish vaqtida metallning deformatsiyalanishidan 
oldingi donalari tiklanmay, balki yangi donalar hosil bo„ladi, ya‟ni metall yangidan kristallanadi.
Rekristallanish darajasi (eng kichik darajasi) har xil metallar uchun turlicha bo„ladi. Masalan, 
misning rekristallanish arorati 270°Cga, alyuminiy va magniyniki 100°C ga, jezniki 250°C ga,
temirniki 450°C ga, nikelniki 600°C ga, molibdenniki 900°C ga, volframniki1200°C ga teng, 
qalay, qo„rg„oshin va oson suyuqlanuvchi boshqa metallarning rekristallanish darajasi esa normal
darajadan past bo„ladi. Metalialning rekristallanish darajasi bilan suyuqlanish darajasi orasida A. A. 
Bochvar formulasiga asosan quyidagicha yaqinlashtirilganbog„lanish mavjud:
T
rekr

= T
er



K
bunda: T


rekr
– mutlaq rekristallanish darajasi, gradus, K– metallning tozaligiga bog„liq 

koeffitsient, T


er
–mutlaq suyuqlanish darajasi, gradusda. 

Texnik toza metallar uchunK=0,2–0,3, qotishmalar (qiyin suyulanadigan metallar) uchun


esa K=0,6–0,7. SHuni qayd qilish lozimki, deformatsiyalanganlik darajasi rekristallanish haroratiga 
teskari mutanosib bog„lanishda bo„ladi.
Metall rekristallanish darajasidan yuqori darajada deformatsiya–langanda naklyop hosil 
bo„lsada, ammo shu darajada o„tadigan rekristallanishi naklyopni yo„qotadi. Metallarni
rekristallanish darajasidan yuqori darajada deformatsiyalash qizdirib, bosim bilan ishlash deb, 
rekristallanish darajasidan past darajada deformatsiyalash esa sovuqlayin bosim bilan ishlash deb
ataladi. Demak, metallarni qizdirib, bosim bilan ishlashda ularda naklyop hosil bo„lmaydi, 
sovuqlayin bosim bilan ishlashda esa naklyop hosil bo„ladi va aksincha, deformatsiyalashda
metall naklyoplansa, sovuqlayin bosim bilan ishlaganda esa naklyoplanmasa, uni izdirib, bosim 
bilan ishlagan ma‟qul bo„ladi. Masalan, qalay normal haroratda deformatsiyalansa, u
naklyoplanmaydi, temir esa 300°C gacha qizdirib deformatsiyalanganda naklyoplanadi. 
Binobarin, qalayning deformatsiyalanishi qizdirib bosim bilan ishlanadi, chunki sovuqlayin bosim
bilan ishlash orqali hosil qilingan buyumlarning sirti toza, o„lchamlari esa aniq chiqadi. 


Sovuqlayin deformatsiyalash natijasida hosil bo„lgan naklyop, zarur hollarda, rekristallanish


yumshatish yo„li bilan yo„qotiladi. 
SHuni aytish lozimki, plastik bo„lmagan (mo„rt) metallarni bosim bilan ishlab bo„lmaydi.
Masalan, cho„yan sovuq holatda ham, qizdirilgan holatda ham mo„rt bo„ladi, demak, cho„yanni 
bosim bilan ishlab bo„lmaydi.
Metallarning plastikligi ularning kimyoviy tarkibiga ham bog„liq ya‟ni toza metallarning 
plastikligi otishmalarnikidan ancha yuqori bo„ladi. Har xil elementlar metallarning plastikligiga
turlicha ta‟sir etadi. 
SHuning uchun qizdirib bosim bilan ishlashda metall (qotishma)ni qanday haroratgacha
qizdirish va bosim bilan ishlashni qanday haroratda to„xtatish zarurligini bilish nihoyatda 
muhimdir. SHunday qilib, metallar qizdirib, bosim bilan ishlanganda, ularning kimyoviy tarkibi
tekislanadi, donalari maydalashadi, qovaklari berkilib ketadi, boshqa ba‟zi nuqsonlari yo„qoladi, 
binobarin mexanik xossalari yaxshilanadi.
Metallga biror kuch ta‟sir ettirirlganda shu metall geometrik shaklining o„zgarishi 


deformatsiya deyiladi. Deformatsiya natijasida kristallik panjara o„zgaradi, ya‟ni panjara
tugunlaridagi atomlar o„z o„rnidan siljiydi. 
Normal temperaturada metalning deformatsiyasi uchbosqichdan iborat: 1 - elastik
deformatsiya, 2 - plastik deformatsiya, 3 - emirilish - buzilish (razrushenie). 



Yüklə 24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin