3-mavzu. Mutaxassislik masalalarida axborot texnologiyalarini qo‘llash. Elektron jadvallar va ma’lumotlar bazasi


«Oтчёты»  (Hisobotlar) ilovasini tanlang.  2.  «Создать»



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/67
tarix07.01.2024
ölçüsü0,78 Mb.
#208827
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67
3 mavzu Mutaxassislik masalalarida axborot texnologiyalarini qo‘llash

«Oтчёты» 
(Hisobotlar) ilovasini tanlang. 
2. 
«Создать» 
(Yaratish) tugmachasini bosing. 
3. 
«Новый отчёт» 
(Yangi hisobot) muloqot oynasining 
«Koнструктор»
holatini tanlang. 
4. Hisobot tuzishda ishlatiladigan ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan jadval yoki 
so‘rovlarni tanlang. (Agar bo‘sh hisobot yaratish kerak bo‘lsa, hech qanday jadval 
yoki so‘rov tanlanmaydi). 
5. 
OK
tugmachasini bosing. 
Yangi hisobot
 «Koнструктор»
holatining hisobot oynasida paydo bo‘ladi. 
Hisobot tuzilmasi.
Har qanday hisobot tuzilmasi 5 ta bo‘limdan iborat: 
hisobot sarlavhasi, yuqori kolontitul, ma’lumotlar sohasi, quyi kolontitul
hisobot izohlari.
Hisobot sarlavhasi
hisobotning umumiy sarlavhasini chop etish uchun 
ishlatiladi. 
Yuqori kolontitulni
hisobot murakkab tuzilmali yoki ko‘p sahifali bo‘lganda 
kichik sarlavhalarni chop etish uchun ishlatish mumkin. 
Ma’lumotlar sohasida
baza jadvallarning maydonlaridagi ma’lumotlar bilan 
bog‘liq boshqaruv elementlari joylashtiriladi. Bu elementlarga jadvallardan chop 
etish uchun ma’lumotlar beriladi. Boshqaruv elementlarining joylashtirish va 


tekislash tartibi yuqorida keltirilgan shakl tuzilmasini yaratishdek amalga 
oshiriladi. 
Quyi kolontitul
xuddi yuqori kolontituldek ishlatiladi. 
Izoh
bo‘limi qo‘shimcha ma’lumotni joylashtirish uchun ishlatiladi.
 
Savol va topshiriqlar
1.
MBni yaratishning necha xil usuli bor? 
2.
«Мастер» (Usta) yordamida MB qanday yaratiladi? 
3.
MBni mustaqil yaratish uchun qanday ishlarni bajarish kerak? 
4.
MBni ochish jarayonini aytib bering.
5.
Ma’lumotlar bazasi nima?
6.
Ma’lumotlar bazasining qanday turlari bor? Ularning farqlarini aytib 
bering. 
7.
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBТ) nima? 
8.
Qanday MBBТ larini bilasiz? 
9.
MBlarida ustun va satrlar nima deb ataladi? 
10.
Maydonlarning xususiyatlarini aytib bering. 
11.
MBBТ bilan ishlash texnologiyasini aytib bering.
12.
MS Access boshlang‘ich oynasining ilova (ob’yekt) larini sanab bering. 
13.
So’rovlar ob’yekti qanday vazifalarni bajaradi? 
14.
MS Access dasturi qanday ishga tushiriladi? 
15.
Bo‘sh jadval yaratish usullarini aytib bering. 
16.
Jadvallar ustasi yordamida jadval qanday yaratiladi? 
17.
So‘rovlarning qanday turlarini bilasiz? 
18.
Shakl nima? Uni yaratishning qanday usullari bor? 
19.
Shakl va hisobot orasidagi asosiy farq nimadan iborat? 
20.
 Avtohisobot
yordamida hisobot qanday yaratiladi? 
21.
Hisobot ustasi yordamida hisobot yaratish jarayonini aytib bering. 
22.
Hisobot tuzilmasi haqida nimalarni bilasiz?

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin