3-mavzu. Mutaxassislik masalalarida axborot texnologiyalarini qo‘llash. Elektron jadvallar va ma’lumotlar bazasi



Yüklə 1,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/58
tarix20.10.2022
ölçüsü1,42 Mb.
#65646
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   58
7-mavzu

Progressiyalar 
Kataklarning katta bloklarini qiymatlari arifmetik yoki geometrik 
progressiyaga bo‘ysunuvchi sonlar bilan avtomatik ravishda to‘ldirish mumkin. 
Sana ko‘rinishidagi qiymatlar uchun ma'lum davr va qadam bilan progressiyani 
yaratish mumkin. Правка

Заполнить 

Прогрессия buyrug‘i parametrlarni 
kiritish uchun Прогрессия muloqot oynasini chiqaradi. 
3.1.8-rasm. “Прогрессия” muloqot oynasi. 
Muloqot oynasi parametrlari progressiya turini hisobga olib to‘ldiriladi. Sonli 
qiymatlar uchun arifmetik yoki geometrik progressiya tanlanadi, aylanish qadami 
yoki qadamni avtomatik aniqlash ko‘rsatiladi. Sana uchun davriy birlik(kun,ish 
kuni,oy,yil) tanlanadi.


Progressiyani yaratish uchun harakatlar ketma-ketligi quyidagilardan iborat:
1. 
Sonli satr birinchi va oxirgi qiymatlari dastlabki katagiga kirish. 
2. 
To‘ldirish uchun qarashli kataklar. 
2-misol. Ish kunlari grafigini, shanba va yakshanba kunlardan tashqari har 2 
kundan 02.01.2006y. dan 30.12.2006y. gacha oraliqda tuzing.
Masala quyidagi ketma-ketlikda bajariladi: 
1. 
Файл

Открыть menyu buyrug‘i yordamida "Misollar" faylini 
oching. 
2. 
Yangi sahifani (agar kerak bo‘lsa) Вставка ► Лист menyu buyrug‘i 
yordamida qo‘ying. 
3. 
Yangi sahifa nomini Формат ► Лист ► Переименовать menyu 
buyrug‘i yordamida o‘zgartiring. Sahifa nomi 2 - Misol.
4. 
A1 katagiga 06.09.2005y. sanasini kiriting. 
5. 
A ustuni kataklari blokini belgilang. 
6. Правка ► Заполнить ► Прогрессия menyu buyrug‘ini bajaring, turi - 
Даты (Sanalar), qadam- 3, birliklar- Рабочий день (ish kuni), chegara qiymat -
01.11.2005y. 
7. Faylni xotiraga olib yoping.
MS Excel da formulalar bilan ishlash 
Jadvaldagi hisoblashlar formulalar yordamida bajariladi. Formula matematik 
operatorlar, qiymatlar, katak va funksiyalar nomiga tayanishlardan tashkil topishi 
mumkin. Formulani bajarish natijasi sifatida formula joylashgan katak ichidagi 
muayyan bir yangi qiymat xizmat qiladi. Formula tenglik belgisi "=" dan 
boshlanadi. Formulada arifmetik operatorlar + - * / ishlatilishi mumkin. 
Hisoblashlar tartibi oddiy matematik qonunlar bilan belgilanadi. 
Formulalarga misollar: =(А4+В8)*С6, =F7*С14+B12. 
O`zgarmaslar - katakka kiritiladigan va hisoblashlar vaqtida o‘zgarishi mumkin 
bo‘lmagan matn yoki son qiymatlari.
Ссылка на ячейку или группу ячеек - yordamida aniq katak yoki bir necha katak 
ko‘rsatiladigan usul. Alohida katakka jo‘natma - uning koordinatalari. Bo‘sh katak 
qiymati nolga teng.
Jo‘natmalar ikki turli bo‘ladi: 
nisbiy - kataklar formula yordamda katakdan nisbiy siljish bilan ifodalanadi 
(masalan: F7).
absolyut - kataklar $ belgisi (masalan: $F$7) bilan birikmada kataklar 
koordinatalari orqali ifodalanadi.
Oldingi turlar birikmalari (masalan: F$7).
Formulalardan nusxa ko‘chirishda nisbiy jo‘natmalar ko‘chish kattaligiga


o‘zgaradi. 
Kataklar guruhiga murojaat qilish uchun maxsus belgilardan foydalaniladi:
: (ikki nuqta) - kataklar blokiga murojaat qilishni shakllantiradi. Ikki nuqta orqali 
blokning chap yuqori va o‘ng pastki kataklari ko‘rsatiladi. Masalan: S4:D6 -S4, S5, 
S6, D4, D5, D6 kataklariga murojaat qilish. 
; (nuqtali vergul) - kataklar birlashmasini ifodalaydi. Misol uchun, D2:D4;D6:D8 
-D2, D3, D4, D6, D7, D8 kataklariga murojaat qilish. 
Katakka formulani kiritish uchun '=' belgisini va hisoblash uchun formulani 
kiritish zarur. Enter tugmasini bosgandan so‘ng katakda hisoblash natijasi paydo 
bo‘ladi. Formulani o‘z ichiga olgan katakni belgilashda, formula tahrir qilish 
satrida paydo bo‘ladi.

Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin