hisoblashda, maxsus funksiyalar matnlarni qayta ishlashda hamda katakdagi
boshqa qiymatlarni hisoblashda ishlatiladi.
Sonlar va matnlar. Formuladagi hisoblashlarda
qatnashayotgan sonlar va
matnlar boshqa kataklarda joylashgan bo’lishi mumkin bo‘lsa-da, ularning
ma’lumotlarini oson almashtirish mumkin. Masalan, boshlang‘ich ma’lumotlar
o‘zgartirilsa, MS Excel formulalarni qayta hisoblab chiqadi.
Formula quyidagi elementlardan ixtiyoriysini o‘z ichiga olishi mumkin:
— Operatorlar. Bittadan oshiq operatordan tuzilgan formulani tuzishda MS
Excel bu operatorlarni tahlil qiladi. Bunda standart
matematik qoidalarga
asoslanadi. (Arifmetik amallarni bajarish tartibi saqlanib qoladi.)
MS Excelda formulalarni hisoblash va bajarish quyidagi tartib asosida
amalga oshiriladi:
Birinchi bo‘lib qavs ichidagi ifodalar qarab chiqiladi.
Undan keyin amallar bajarish tartibi saqlangan holda operatorlar bajariladi.
Agar formulalarda bir xil tartibli bir necha operatorlar bo‘lsa, ular ketma-ket
chapdan o‘ngga qarab bajariladi.
Quyidagi jadvalda formulalarda qo‘llaniladigan operatorlarning bajarilish
tartibi
ko‘rsatilgan.
Belgilar
Operatorlar
Bajarilish tartibi
^
Darajaga ko’tarish
1
*
Ko’paytirish
2
/
Bo’lish
2
+
qo’shish
3
-
ayirish
3
&
Konkatensiya
4
>
dan katta
5
<
dan kichik
5
—
Diapazon va kataklarga yuborish — kerakli ma’lumotlarni saqlovchi
diapazon va kataklar nomi yoki manzili ko’rsatiladi. Masalan: D10 yoki A1:E8.
—
Sonlar.
—
Ishchi jadval funksiyalari. Masalan, SUM.
Agar formula katakka kiritilsa, unda katakda kiritilgan
formula asosidagi
hisob-kitob natijasi ko‘rinadi. Formulaning o‘zi esa tegishli katak faollashtirilsa
formulalar satrida paydo bo’ladi.
Formulalar har doim «=» belgisi bilan boshlanadi. Ushbu belgi yordamida
MS Excel matn va formulalarni farqlaydi.
Katakka formulalarni kiritishning ikkita usuli mavjud:
1.
Formulani klaviatura orqali kiritish: «=» belgisini qo’yib,
keyin
formulalar kiritiladi. Kiritish paytida belgilar formulalar satrida hamda faollashgan
katakda paydo bo‘ladi. Formulalarni kiritishda odatdagi taxrirlash tugmalaridan
foydalanish mumkin.
2.
Kataklar manzilini ko‘
rsatish yo‘
li bilan formulalar kiritish: Bu usulda
ham formulalar klaviaturadan kiritish orqali, lekin kamroq foydalangan holda
amalga oshiriladi. Ushbu usulda kataklar manzilini kiritish o‘rniga ular
ko‘rsatiladi, xolos. Masalan, A3 katakka =A1+A2
formulasini kiritish uchun
quyidagilarni bajarish kerak.
Dostları ilə paylaş: