bilan katta ziyon keltiradi. Chivinlardan bezovta bo‘lgan
chorva mollarining
mahsuldorligi pasayib ketadi. Bezgak chivinlari tro-pik mamlakatlarda
odamlar o‘rtasida
bezgak kasalini, ayrim chi-vinlar virusli Yapon ensefaliti,
tulyaremiya kasalligini tarqatadi. Chivinlarni yo‘qotish
uchun ularning barcha
rivojlanish davr-larini hisobga olgan holda chora tadbirlarni amalga oshirish kerak.
Voyaga yetgan chivinlar yoz paytlarida kunduzi qo‘nib turadigan joy-larda, qish
paytida esa qishlash joylarida har xil insektitsidlar yordamida yo‘qotiladi.
Lichinkalari va g‘umbaklariga qarshi kurashish uchun suv havzalari tekshiriladi.
Anopheles
lichinkalari sho‘r,
kislorodi kam, soya suv havza-larida
yashamaydi. Suvi tez oqib turadigan daryo va
anhorlarda ham lichinkalari
uchramaydi.
Chivinlarning
lichinkalariga
qarshi
kura-shishda
xo‘jalik
maqsadlari uchun keraksiz bo‘lgan kichikroq suv havzalari tuproq bilan ko‘mib
tashlanadi. Baliq ko‘paytirilmaydi-gan va xo‘jalik maqsadlari uchun
ishlatilmaydigan
suv
havzalariga
zaharli
kimyoviy
moddalar
sepiladi,
neftlanadi. Neft suv betiga nihoyatda yupqa parda ko‘rinishida yoyilib,
lichinkalar va g‘umbak-larning nafas olish teshiklarini berkitib qo‘yadi va
ular o‘ladi. Kimyoviy moddalar zarrachalarining kattaligi lichinkalar oziqlanadigan
mikroorganizmlardan kichik bo‘lishi kerak,
shundagina ular kimyoviy
moddalarni
yutadi.
Hozirgi
vaqtda
kurashning
biologik
usuli
rivojlanib
bormoqda.
Lichinkalar va g‘umbaklari bor suv havzalarida ular bilan oziqlanadigan
gambuziya
balig‘ini
ko‘paytirish
yaxshi
natija
bermoqda. Sholipoyalarni esa uzib-uzib sug‘orish, ya’ni
qisqa vaqt ichida suvni
chiqarib tashlash yo‘li bilan parazitlarni yo‘qotish mumkin. Bundan tashqari,
hovuz suvlarini vaqti-vaqti
bilan oqizib turish, suv havzalarining organik
chiqindilar
bilan
ifloslanishiga
yo‘l
qo‘ymaslik
kerak.
Dostları ilə paylaş: